1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyaning qasamyodi


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

60-modda. Sudyaning qasamyodi
Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod
qiladi:
“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga
bo‘ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek beg‘araz, xolis va
adolatli bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman”.
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i oldida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘i oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladi.


Sudyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida qasamyod qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi rayosati majlisida qasamyod
qiladi.
Ilk bor lavozimga saylangan yoki tayinlangan sudya o‘z vakolatlarini amalga oshirishga
qasamyod qilganidan keyin kirishadi.
61-modda. Sudyaning huquqlari
Sudya quyidagi huquqlarga ega:
mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z
farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
axborotni olish;
odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat organlarining va
boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan bepul asosda olish hamda shaxsga doir ma’lumotlar
mavjud axborot tizimlaridan foydalanish, shu jumladan masofadan turib foydalanish;
davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan odil sudlovni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni fuqarolarning yozma roziligisiz
bepul asosda olish;
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtirok etish;
uyushmalarga birlashish.
Sudya qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy
shaxslar sudyaning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan talablari hamda
farmoyishlarini so‘zsiz bajarishi shart. Sudyaning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda
belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling