1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

65-modda. Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik
Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, mansabdor
shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligi prinsipiga rioya etishi shart.
Sudyaga hurmatsizlik qilish, xuddi shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat
beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
66-modda. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga
yo‘l qo‘yilmasligi
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilish yoki
g‘ayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin ta’sir
ko‘rsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
112-moddasi
.
Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha biron-bir tushuntirishlar
berishni talab qilish, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga
bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etish taqiqlanadi.
Ommaviy axborot vositalari o‘z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi
natijalarini oldindan o‘zicha hal qilib qo‘yishga yoki sudga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir
ko‘rsatishga haqli emas.
10-bob. Sudyalarni saylash va tayinlash
67-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
O‘ttiz besh yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin emas:
jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs;
ilgari sudlangan yoki o‘ziga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo‘yicha
tugatilgan shaxs;


chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini
tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega bo‘lgan shaxs;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan
shaxs;
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxs;
sudyaning vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan boshqa kasallikka chalingan
shaxs.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling