1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

5-bob. Harbiy sudlar
43-modda. Harbiy sudlar tizimi
O‘zbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va
hududiy harbiy sudlardan iboratdir.
44-modda. Harbiy sudlarning tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqi asosida ish yuritadi hamda rais, rais
o‘rinbosari, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqi asosida ish yuritadi va rais, xalq maslahatchilaridan
iborat bo‘ladi.
45-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari quyidagi ishlarni ko‘radi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar
vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan
boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida bo‘lgan vaqtda
harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni;
harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining
qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini hamda
harbiy boshqaruv organlari qarorlari, harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning
huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni;
alohida holatlar tufayli sudlar faoliyat ko‘rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat
ishlarini;
qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni;
davlat sirlariga taalluqli ishlarni.
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham ko‘rishi
mumkin.
46-modda. Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish
Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda
belgilanadi.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling