1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar


-modda. Adolat, halollik va xolislik prinsipi


Download 30.02 Kb.
bet3/14
Sana19.03.2023
Hajmi30.02 Kb.
#1283830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
d53846358028cf20796c97b7a18026a7

8-modda. Adolat, halollik va xolislik prinsipi
Universitet professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlari o‘z xizmat va o‘qish faoliyatlarini amalga oshirishda adolatli, halol va xolis bo‘lishlari hamda universitetga, unga tegishli bo‘lgan saytlar va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu prinsip talablari asosida munosabatda bo‘lishlari shart.
9-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi
Universitet professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlari o‘z faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar. Universitet professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlari, o‘z navbatida universitetning mulkiga, o‘zining va boshqa shaxslarning vaqtiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.

3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish
10-modda. Korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaslik
Universitet professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlari korrupsiyaning har qanday shakli va ko‘rinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon bo‘lishiga qarshi hamjihatlikda qonuniy choralarni ko‘radilar.
Professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlar korrupsiyaga qarshi kurashishlari va uning profilaktikasiga faol ko‘maklashishlari, shuningdek, universitet korrupsiyaga qarshi kurashish Dasturi va universitet professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba, o‘quvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risida Nizom talablarini so‘zsiz bajarishlari, o‘z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan holda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etishlari shart.
4-bob. Universitet professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlar yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablar

Download 30.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling