7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizm sohasidagi
vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
turizm sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
turizm sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishi hamda amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
turistik zonalar, turistik klastyerlarni tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari
faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
turistik faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi;
turizm sohasida xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi;
turistlar va ekskursantlarni sug‘urta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa
turdagi yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi;
vakolatli davlat organi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini
belgilaydi;
turistik resurslardan, tabiiy va madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanilishini
hamda ularning saqlanishini, shuningdek atrof tabiiy muhitning muhofaza qilinishini
ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
turistlar va ekskursantlar borishi taqiqlangan obyektlar hamda hududlarni belgilaydi;
turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish loyihalarini
amalga oshirish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
mehmonxona
xizmatlarini
(joylashtirish
bo‘yicha
xizmatlarni),
shuningdek
turoperatorlar va turagentlar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlaydi;
turistlar va ekskursantlarning ayrim toifalariga imtiyozlar berish tartibini belgilaydi;
turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
tartibini belgilaydi;
turizm sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hukumatlararo shartnomalar
tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |