1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 167.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana05.08.2023
Hajmi167.06 Kb.
#1665441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O‘RQ-406-сон 14.09.2016

sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni
ishlab chiqadi va qabul qiladi;


yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok
etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning borishini umumlashtirish va tahlil
qilishni tashkil etadi hamda uni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha davlat organlari va
muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining
hamkorligini ta’minlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
7 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarga oid davlat
siyosati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi
maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat
organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi, tegishli
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi;
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini tahlil qiladi, shuningdek uni
takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xorijda o‘qiydigan yoshlar bilan ishlarni tizimli asosda tashkil etadi;
yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga
imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlari va tashkilotlari
rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha davlat organlari va
tashkilotlarining hamkorligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan
hamkorlik qiladi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-
tadbirlar ko‘radi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
Maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari hamda
tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha normativ-huquqiy
hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar
to‘g‘risida asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etish talabi bilan so‘rovlar yuborishga haqli.
1


Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari maxsus vakolatli davlat organi bilan majburiy tartibda
kelishiladi.
(7 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 25-yanvardagi O‘RQ-747-sonli 
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son “O‘zbekiston
Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 
qarori
.

Download 167.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling