48-modda. Chet ellik xodimlarni jalb qilish
Investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday chet davlat fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar mehnat shartnomasining butun amal qilish davrida tegishli koʻp martalik vizalarni olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida boʻlish huquqiga ega.
Chet ellik xodimlar mehnatiga haq toʻlash, ularga taʼtil berish, ularni pensiya bilan taʼminlash masalalari ushbu xodimlarning har biri bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida hal etilishi kerak. Ushbu xodimlarning ish haqi va qonuniy yoʻl bilan olingan boshqa daromadlari qonunda belgilangan soliq va toʻlov toʻlangandan keyin ular tomonidan boshqa davlatlarga hech bir cheklovlarsiz oʻtkazilishi mumkin.
Investor, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona chet ellik xodim uchun pensiya taʼminoti boʻyicha toʻlovlarni ushbu xodimning doimiy yashash joyi boʻlgan mamlakatning tegishli fondlariga oʻtkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |