1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi


-modda. Chet ellik investorlarning xoʻjalik faoliyati


Download 44.12 Kb.
bet45/55
Sana06.11.2021
Hajmi44.12 Kb.
#171016
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
investitsiya

54-modda. Chet ellik investorlarning xoʻjalik faoliyati

Chet ellik investorlarning xoʻjalik faoliyati, shu jumladan 


chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni, ularning shoʻba korxonalarini, filiallarini hamda boshqa tuzilmalarini, shuningdek xoʻjalik uyushmalari va birlashmalarini tashkil etishga, sotishga, qayta tashkil etishga yoki tugatishga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlarini shakllantirishga, ijara shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga doir xoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliqlar 


va toʻlovlar toʻlaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning oʻz valyuta tushumlari, shuningdek chet el valyutasini olishning qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobidan taʼminlanishi kerak. Ularning oʻzini-oʻzi valyuta bilan qoplashi tashkil etiladigan birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar faoliyati doirasida ham taʼminlanishi mumkin.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksport-import operatsiyalarini qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shaxsiy ishlab chiqarish mahsulotlarining eksporti litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksport uchun yetkazib berilayotgan shaxsiy ishlab chiqarish mahsulotini va korxonalar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun import qilinayotgan mahsulotni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mol-mulk ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida bojxona bojini undirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod etiladi. Chet ellik investorlarning, chet davlatlar fuqarolarining va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojxona boji undirilmaydi.

Ixtirolarni va sanoat namunalarini investitsiyalar sifatida kirituvchi chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tegishli boʻlgan ixtirolarni patentlash hamda sanoat namunalarini joriy etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona fondlarining roʻyxatini, ularni tuzish va ulardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yer uchastkasini ellik yilga qadar, biroq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun arizada koʻrsatilganidan kam boʻlmagan uzoq muddatli ijaraga olish huquqiga ega.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlar asosida yer uchastkalarini olishi mumkin.

Qurilishga va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi ushbu obyektlar bilan birga boshqa shaxsga oʻtganda yer uchastkalaridan foydalanish huquqi 


ham qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlar asosida boshqa shaxsga oʻtadi.

Mol-mulkni chet ellik investorlarga ijaraga berish ijaraga beruvchi tomonidan tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlarining mehnatga oid munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar xodimlarining pensiya taʼminoti qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.




Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling