56-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) belgilangan muddatda taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda shakllantira olmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlmagan darajagacha kamaytirishi yoki oʻzi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning aktivlariga ushbu korxonalar tugatilgan taqdirda soliq solinadi. Aktivlarning qolgan qismi, agar taʼsis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ishtirokchilari oʻrtasida ularning korxona mol-mulkidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona tarkibidan chiqqan yoki ushbu korxona tugatilgan taqdirda korxonaning
mol-mulkidagi oʻz ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga ega boʻladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda oʻzlari bilan mehnat shartnomalari tugatilgan xodimlarning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |