1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi


Download 44.12 Kb.
bet43/55
Sana06.11.2021
Hajmi44.12 Kb.
#171016
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
investitsiya

49-modda. Harakatlanish erkinligi

Investitsiya faoliyati bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatlanish 


huquqiga ega.

Ayrim cheklovlar, agar erkin harakatlanishga doir bunday cheklovlar qonunda belgilangan boʻlsa, faqat Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi mumkin.



50-modda. Investitsiyalarni sugʻurtalash

Investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda faoliyat koʻrsatayotgan har qanday sugʻurta tashkilotida sugʻurta himoyasiga boʻlgan huquqdan foydalanadi. Investitsiyalarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sugʻurtalash xalqaro tashkilotlar, chet el agentliklari, boshqa sugʻurta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Investitsiyalarni sugʻurtalashni amalga oshiruvchi sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi. Davlat sugʻurta tashkilotlarining majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi, bundan taraflarning bitimlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Investitsiyalarni sugʻurtalash siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan, shu jumladan quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tavakkalchiliklardan sugʻurta himoyasini hamda kafolatlarini taʼminlaydi:

mulkning rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinishini, shuningdek mulkni olib qoʻyishga yoki uni boshqa shaxsga berishga, uning ustidan yoki undan olinadigan daromadlar ustidan nazoratning yoʻqolishiga olib keladigan har qanday qonunchilik yoki maʼmuriy choralarni;

chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga oʻtkazish boʻyicha cheklovlar joriy etishni;

davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining investorlar shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini;

urushlarni, fuqarolarning tartibsizliklari va boshqa shunga oʻxshash voqealarni; 

investorlar va chet el investitsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan siyosiy 
va oʻzga tavakkalchiliklarning boshqa turlarini.


Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling