1-Bob Xojalik yurituvchi subektlarda auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tashkilotlarining audit otgazish turlari va masalalari


Audit xillari bo’yicha ichki vatashqi auditga ajratiladi


Download 92.15 Kb.
bet4/13
Sana17.06.2023
Hajmi92.15 Kb.
#1529729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi

Audit xillari bo’yicha ichki vatashqi auditga ajratiladi.
Ichki audit boshqaruv nazoratining ajralmas va muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Yirik korxonalarda rahbariyatning yuqori bo’g’ini tashkilot faoliyati va quyi rahbariyat tizimi yuzasidan kundalik nazorat bilan shug’ullanmasligi oqibatida ichki auditga ehtiyoj vujudga keladi. Ichki audit aynan ushbu faoliyat to’g’risida ma’lumot beradi va menejerlar hisobotining ishonchliligini tasdiqlaydi. Ichki auditning kerakliligi asosan zahiralar kamomadini oldini olish va korxona ichida kerakli bo’lgan o’zgarishlarni amalga oshirishdan kelib chiqadi.
Yirik korxonalarda ichki auditorlarning ma’lum vazifalarini bosh buxgalter yoki moliyaviy deriktorga bo’ysingan buxgalteriya qoshidagi taftish gruhlari bajaradilar, lekin ichki auditorlarning vazifa doiralari kengroq va quydagilardan iborat .
-ichki tizimga oid nazorat muolajalarini bajarilishini taminlash
-aktivlar holati yuzasidan nazorat qilish rahbariyat tomonidan qaror qabul qilinishida foydalanadigan ma’lumot aniq ekanligini tastiqlash.
-ichki nazorat tizimi samaradorliligini taxlil qilish va ma’lumot ustidan ishlash;
-boshqaruv ma’lumot tizimi tomonidan taqdim etiladigan malumot sifatiga baho berish.
Ichki auditning maqsadi korxonada to’liq foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash korxona xodimlarining o’z vazifalarini to’liq bajarilishiga yaqindan yordan berishdan iborat.
Bu borada yuqoridagi fikriga qo’shilib bo’lmaydi, chunki ichki audit korxona boshqaruvining ajralmas qismi bo’lib, korxonaning shtatdagi ichki auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi audit-korxonalar buyurtmalari shartnomalarga asoslangan mustaqil auditorlar, auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, tashqi auditning xususiyatlaridan biri tekshiruvni amalga oshirayotgan auditorlar tekshiruv olib borayotgan xo’jalik yurutuvchi sebekt hech qanday manfaatga ega emasligidir, ya’ni tasischi, mulkegasi,aksiyador,tekshirilayotgan iqtisodiy su’bektning buxgalteriya hisobotiga qo’yiladigan talablariga roiya qilinishi uchun mas’ul rahbar va boshqa mansabdor shaxslar emas hamda korxona rahbariyati bilan qarindosh (akasi ukasi xotini otasi onasi singlisi) va ular bilan xizmat aloqador emas.
Qonunda belgilanishicha ‘’ Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik tekshiruvi o’tgazilishini qo’zg’atuvchi xo’jalik yurutuvchi se’bekt, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo’lmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar nazorat qiluvchi yoki huquni muhofaza qiluvchi organlardir.
Tashqi auditni o’tgazishdan maqsad tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektning moliyaviy-xo’jalik holatini aniqlash va yillik moliyaviy hisobotni tasdiqashdir. Shuningdek, tashqi audit shartnomaga asosan buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yilganligini yaxshilash, moliya samaradorligini oshirish, soliqqa tortish bazasi yuzasidan, tekshirilayotgan seb’ekt va uning segmentlari faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo’yicha bir qator tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
Auditorlar yoki auditorlik firmalari tomonidan amalga oshirilgan tashqi audit natijalari tekshirilgan korxonaning hisobi, ichki nazorati holatlari, yillik hisobi ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzish va taqdim etish yo’li bilan rasmiylashtiriladi.
Auditorlar nazorat yoki huquni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga binoan faqat auditorlik tashkiloti bilan nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’rtasida tuzilgan shartnoma aosida turli tekshiruvlarni o’tgazishda mutaxasislar sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Download 92.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling