1 bob xona o'simliklari va ularning kelib chiqishi


Download 205.13 Kb.
bet1/11
Sana03.02.2023
Hajmi205.13 Kb.
#1149266
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Madina Kurs ishi


MUNDARIJA:
KIRISH ……………………………………………………………………………2
Asosiy qism………………………………………………………………………...
1 BOB Xona o'simliklari va ularning kelib chiqishi ……………………………5

    1. Molochoy Milya o'simligining kelib chiqishi.…………………………….....8

    2. Urug'larning ko'payishi …………………………………………………….10

II BOB Kastryultlarni ko'paytirish …………………………………………...13
2.1 Gullash biologiyasini o`rganish uslubiyati...……………………………….19
2.2 Xona o’simliklarining turlari……………………………………………….21
Xulosa…………………………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….28


Kirish
Magnoliyatoifa o‘simliklar o‘zlarining tuzilishi va tarqalishi bo‘yicha nafaqat o‘simliklar dunyosida, balki butun organik olamdagi eng katta guruh hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ularning 250 mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, 533 ta oila va 13 ming turkumni tashkil etadi. Demak, barcha tuban va sporali yuksak o‘simliklarni birga qo‘shib hisoblaganda ham, gulli o‘simliklar ustunlik qiladi. Gulli o‘simliklar Yer sharining deyarli barcha zonalarida uchraydi va o‘simliklar qoplamida muhim rol o‘ynaydi.
Gulli (Yopiq urug‘li) o‘simliklar boshqa o‘simliklarga nisbatan tashqi sharoitlariga yaxshiroq moslashgan, chunki ularda reproduktiv va vegetativ organlar takomillashgan bo‘lib, urug‘kurtaklari mevachi barglar bilan qoplangan. Shuning uchun gulli o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklar deyiladi. Yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘i tashqi tomondan meva bilan o‘ralib turganligi uchun noqulay sharoitdan (qurib qolishdan, harorat ta’siridan va hayvonlardan) himoya qilinadi.
Eng qadimgi gulli o‘simliklar hasharotlar va shamol vositasi bilan changlangan. Gulli o‘simliklar hayotida tuguncha ham katta rol o‘ynaydi. Tuguncha bu mevachi barglarning qo‘shilib o‘sishi natijasida vujudga kelib, undan meva hosil bo‘ladi. Gulli o‘simliklar o‘ziga kerakli ozuqani vegetativ organlardan qabul qiladi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda gametofit juda qisqarib ketgan, anteridiylar yo‘qolib ketib, spermalar vujudga kelgan. Yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xos yana bir muhim belgi shundan iboratki, ularda qo‘sh urug‘lanish sodir bo‘ladi. Qo‘sh urug‘lanish natijasida deyarli bir vaqtda, ya’ni murtak (embrion) bilan endosperm vujudga keladi.
Bular shakli va hajmi bo‘yicha ham eng yirik organizmlar hisoblanib, ular orasida 1 sm dan (suvda o‘suvchi Lemna) 150 metr balandlikdagi (Avstraliyada o‘suvchi evkalipt) ulkan daraxtlar mavjud. Gulli o‘simliklar yoshi, kelib chiqishi bo‘yicha eng yosh, Mezozoy erasining bo‘r davridan boshlab rivojlangan o‘simliklar hisoblanadi. Hozirda ular yer yuzi bo‘ylab tarqalishi va tuzilishi bo‘yicha eng murakkab va xilma–xil moslashuvga ega bo‘lgan o‘simliklar hisoblanadi. Ular dunyoning hamma qit’alarida: ekvatorning issiq tropik o‘rmonlaridan tortib, Shimoliy Arktika muzliklarigacha tarqalgan. Ekologik nuqtai-nazardan ham ular turli xil sharoitlarda (muhitda) o‘sishga moslashgan: issiq jazirama cho‘ldan eng baland tog‘ cho‘qqilarigacha, chuchuk va sho‘r suv xavzalaridan (ko‘l, soy, daryo, dengiz, okean) boshlab ohakli, gipsli, toshli va boshqa jinslardan iborat bo‘lgan joylarda tarqalgan. Gulli o‘simliklarning bu darajada turlar sonining ko‘p bo‘lishi, shaklan xilma-xilligi, geografik va ekologik diapazonining kengligi ularning murakkab tuzilganligiga va qator o‘ziga xos belgilarga ega ekanligiga olib kelgan.

Download 205.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling