1. bob xususiy tadbirkorlik to’g’risida tushuncha


Xususiy tadbirkorlikni muammolari va hal etish imkoniyatlari


Download 0.66 Mb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1539516
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi xususiy tadbirkorlik

2.2 Xususiy tadbirkorlikni muammolari va hal etish imkoniyatlari
So`nggi yillarda sanoatning asosiy tarmoqlarida, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati hamda farmatsevtika sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining oshib borayotganligi va ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o`sish sur`atlari qayd etilayotganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushini barqaror ravishda oshib borishini ta`minlashda asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilmoqda.
24
Shu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son O`zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmoniga muvofiq, sanoatning sermehnat tarmoqlari bo`lmish oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va qurilish materiallari sanoati tarmoqlarida kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik cheklangan soni 200 kishigacha oshirilganligi mazkur tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining ko`payishiga imkoniyat yaratib berayotganligini alohida qayd etish zarur.
1-jadval ma`lumotlariga asosan 2019 yilda hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent tumanida 93,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Quyichirchiq tumanida bu ko`rsatkich 86,6 foizni va Parkent tumanida 85,7 foizni tashkil etgan. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha o`rta darajada bo`lgan Oqqo’rg’on tumanida 59.0 foizni hamda Chinoz tumanida 57,5 foizni qayd etgan. Olmaliq shahrida bu ko`rsatkich 2,0 foizni va Bekabod shaharda 4,3 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan.
25
Qurilish. Qishloq joylarda namunaviy uylar qurish bo`yicha Hukumat dasturlarining qabul qilinishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan respublikamizda, shu jumladan qishloq joylarda qurilish ishlari hajmining barqaror o`sishini ta`minladi. Turar joylarning qurilishi bilan birga, ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari, qishloq vrachlik punktlari, umumta`lim muassasalari, xizmat ko`rsatish va servis sohalaridagi ob`ektlarning qurilishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining qurilish sohasidagi ulushi 2000 yilda 33,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 78,3 foizga yetib, 40,1 foiz birlikka sezilarli darajada oshgan (6-rasm).

6-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilishdagi ulushi
2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 3821,4 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 78,3 foizi) yoki 2018 yilga nisbatan 3,2 foizga o`sgan. Shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2445,1 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 50,1 foizi) yoki 2018 yilga nisbatan 7,0 foizga o`sgan. Shuningdek, yakka tartibdagi turar-joylar va noturar joy obektlari qurilishida 1376,2 mlrd. so`mlik ishlar amalga oshirildi (jami qurilish ishlari hajmining 28,2 foizi) Savdo.Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ulushi 2000 yildagi 74,1 foizdan 2019 yilda 90,4 foizga yetib, 16,3 foiz birlikka oshgan (7-rasm).
26

7-rasm. Xususiy tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasi hajmidagi ulushi
2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 15747,4 mlrd. so`mni tashkil etgan (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 90,4 foizi). 2019 yil kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi oshirish surati 109,9 foizni tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi savdo faoliyati.Import o`rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes sub`ektlarining davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi eksport hajmida kichik biznesning hissasini oshirish imkonini bermoqda. Viloyat eksportining umumiy hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yilda 6,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 31,5 foizga yetgan, ya`ni 25,2 foiz birlikka oshgan
8-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiyalar.Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes sub`ektlarining faol xo`jalik faoliyati yuritishining muhim indikatorlaridan biri bu kiritilgan investitsiyalar hajmidir.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida ular tomonidan 2019 yilda iqtisodiyotga 5733,6 mlrd. so`mlik investitsiyalar kiritildi va bu 2018 yilga nisbatan 29,4 foizga ko`pdir. 2019 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 33,9 foizni tashkil etib,
2000 yilga nisbatan 27,6 foiz birlikka oshgan (9-rasm).
9-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi ulushi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan jami investitsiyalar hajmidagi ulushining oshib borishi ularning yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishga qaratilgan investitsiya maqsadlarida jalb qilinayotgan uzoq muddatli kreditlari hajmining oshishi bilan bog`liqdir. Shu sababli kichik biznes sub`ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo`yicha tarkibida o`z mablag`lari va bank kreditlarining ulushi eng yuqori salmoqni tashkil etadi.
28
Xulosa
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotning asosiy tayanchi bo’lib, uning rivojlantirilishi iqtisodiyotni va ijtimoiy sohaning ham rivojlanishiga olib keladi. Jahon tajribasiga tayangan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblanib, uning ko’payishi va rivojlanishi mamlakatning yuksalishiga olib keladi. Yuksak madaniy tadbirkorlik aniq bir missiyani bajarishga harakat qiladi va aniq falsafaga asoslanadi. Tadbirkorlik missiyasi - bu tadbirkor faoliyatining tamoyillari, mezonlari, me'yorlari, qoidalari, yo'nalishlarini belgilab beruvchi yuksak ijtimoiy-iqtisodiy maqsadidir. Tadbirkorlik falsafasi tadbirkorlik to'g'risidagi qoidalar, qarashlar, tasavvurlar yaxlit tizimi va uning asosida shakllantirilgan umumiy yondashuv hisoblanadi. Alohida tadbirkor falsafasi esa o'z ishiga madaniy, ma'naviy, ma'rifiy nuqtayi nazaridan yuksak mezonlar va andozalar (standartlar)ga muvofiq shakllantirilgan o'ziga xos yondashuvdir. O'zbekistonda ham bu narsalarga e'tibor qaratish vaqti keldi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan xususiy tadbirkor­lik alohida o'rin egallaydi. U xususiy firma (korxona), fermer xo'jaligi va yuridik shaxs bo'lgan dehqon xo'jaligi ko'rinishlarida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan tad­birkorlik subyektlarining asosiy qismini xususiy korxonalar va fermer xo'jaliklari tashkil etadi va tadbirkorlik sektorida ularning roli kattadir. Bundan tashqari, jamiyatda mulkdorlar qatlamining shakllanishida ham ular asosiy rol o'ynaydilar. O'zbekistonda kichik tadbirkorlik ham tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Kichik tadbirkorlik ishlovchilar soni cheklangan xo'jalik yurituvchi yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar majmuyidir. Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismi kichik tadbirkorlikka tegishli. Uni qo'llab quvvatlashga davlat ham alohida e'tibor bermoqda va nati­jada uning salohiyati ko'tarilib bormoqda. Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. O'zbekistonda ham shunday siyosat amalga oshirilib kelmoqda. Buning uchun tegishli qonunlar va maxsus davlat dasturi qabul qilingan davlat
29
organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan hamda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo'yicha ularning vazifalari belgilab berilgan, tadbirkorlik infratuzilmasi shakllantirilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida iqtisodiyotda bozor erkinligini, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida kechadigan raqobatning sog’lomlashishini, narxlarning liberallashuvini, mahsulot sifatini oshishiga va aholining turmush darajasini yuksalishiga olib keladi. Bu esa o’z o’zidan O’zbekiston iqtisodiyotining kelajakdagi jahon hamjamiyatida egallaydigan o’rniga asos bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili deb e’lon qilindi. Shu munosabatlar bilan yurtimizda bir qator shu sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bulardan ko’zlangan asosiy maqsad davlat tayanchi bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududlar bo’yicha keng tarqalishini tarqalishga yo’l ochib berish. Buning natijasi o’laroq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilayotgan kreditlar miqdori oxirgi o’n yil ichida 15,7 barobarga oshdi. Ushbu ishlar nafaqat 2011 yil uchun balki, bundan keyingi yillar uchun ham kerakli dasturlar tuzilgan bo’lib, hozirda amalga oshirilayotganligini ko’rish mumkin. Shunday qilib, tadbirkorlik mamlakatda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi bandligi, daromadlari, farovonligini ta'minlash, mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda katta rol o'ynaydi va yetakchi o'rin egallaydi. Uning bunday roli va o'rni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti lokomotivi, yetakchisi maqomini belgilab beradi.

30


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling