1. bob xususiy tadbirkorlik to’g’risida tushuncha
Download 0.66 Mb.
|
kurs ishi xususiy tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’qon – 2023 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………...…………..……4 1.BOB Xususiy tadbirkorlik to’g’risida tushuncha
- 2.BOB. Xususiy tadbirkorlik subyektlari va aholi bandligini oshirish omillari
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………..…………..31
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti Texnalogik ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 03/19 –guruh talabasi Badridinzoda Odinaxonning Maxsulot tayyorlash texnologiyasi fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu: Xususiy tadbirkorlik. Qo’qon – 2023 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………...…………..……4 1.BOB Xususiy tadbirkorlik to’g’risida tushuncha 1.1. Xususiy tadbirkorlik rivojlanishining huquqiy asoslari……….……..…...7 1.2. Xususiy tadbirkorlik turlari va shakillari.………………………………...15 2.BOB. Xususiy tadbirkorlik subyektlari va aholi bandligini oshirish omillari 2.1. Aholining daromadlari va farovonligini oshirishda xususiy tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish.…………………………………………………..20 2.2 Xususiy tadbirkorlikni muammolari va hal etish imkoniyatlari………...24 XULOSA……………………………………………………………....................29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………..…………..31 3
Kurs ishining dolzarbligi: Xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlaridan biri- bu aholining ish bilan bandlik darajasini oshirishdir. O’z navbatida u mazkur vazifani ikkita asosiy yo’l orqali bajarishi mumkin: yangi ish o’rinlarini barpo etish va vaqtincha bo’sh bo’lgan yoki ish bilan qisman band bo’lgan aholini ishga jalb etish, yoki boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi va qo’shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muvozanatni saqlashga katta hissa qo’shish mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi aholini ish bilan ta’minlash, aholi pul daromadlarining o’sishi, uning xarid qobiliyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mamlakatdagi barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi Soʻnggi yillarda aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trillion soʻmdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi1. Mazkur dasturlar hududlarda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi, uning turmush tarzini yaxshilash va ish bilan bandligini oshirish uchun turtki boʻlib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, orttirilgan tajriba hamda xalqaro amaliyot kompleks va oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi kredit olish imkoniyatidan iborat boʻlgan yaxlit tizimni shakllantirishni taqozo etmoqda. Xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishi etib belgilangan. So’ngi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Ularga asosan ,114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi , 33ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o’tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib , muddatlari o’rtacha 2 yilga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul , valyuta va xomashyo bo’yicha ko’plab cheklovlarga barham berildi. Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi subyektlar keskin ko’payib , avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 barobar oshdi. Ko’p ishbilarmonlar o’z bizneslarini mamlakat bo’ylab kengaytirib , minglab ish o’rinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o’z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakillana boshladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling