323-modda. Qarzni va ijroni bir paytda boshqa shaxsga o‘tkazish
Qarzdorni qarzni to‘lash majburiyatidan ozod qilmagan holda qarzni yoki uning qismini boshqa shaxsga o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning bajarilishi uchun solidar javobgar bo‘ladi.
Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida uchinchi shaxs majburiyatning bajarilishi bo‘yicha kreditor oldida emas, balki faqat qarzdor oldida burchli bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 113, 251 — 254, 318 — 322-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
24-BOB
MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
324-modda. Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati
Qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan bo‘lmasa, — da’vo qo‘zg‘atilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni to‘lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.
(324-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Boy berilgan foydani aniqlashda kreditor tomonidan uni olish uchun ko‘rilgan choralar va shu maqsadda ko‘rilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14, 236 — 258, 325 — 339-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 28.02.2003-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-son qarorining 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |