1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


-modda. Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish


Download 1.87 Mb.
bet52/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

84-modda. Ko‘chmas mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81, 83 — 96-moddalari, 111-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 182, 481-moddalari, 488-moddasining ikkinchi qismi, 490-moddasi, 497-moddasining ikkinchi qismi, 504-moddasining beshinchi qismi, 513-moddasi, 539-moddasining ikkinchi qismi, 574-moddasining uchinchi qismi, 580-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasi.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazishni ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquq yoki bitim to‘g‘risida hujjat berish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasining oltinchi qismi.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlar haqidagi axborotni har qanday shaxsga berishi shart.
Axborot, ro‘yxatdan o‘tkazish qayerda amalga oshirilganidan qat’i nazar, ko‘chmas mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.
Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limi 2-kichik bo‘limi, III bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(84-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 02.06.1997-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi 278-sonli qarorining 3-bandi, Vazirlar Mahkamasining 31.12.1998-yildagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling