90-modda. Asosiy va mansub ashyolar
Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bog‘liq mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi.
Asosiy ashyoga xizmat qilishi kerak bo‘lgan va u bilan umumiy xo‘jalik vazifasi orqali bog‘liq ashyo mansub ashyo hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mansub ashyo, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bog‘liq bo‘ladi.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86, 388, 397-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
91-modda. Murakkab ashyolar
Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi.
Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, uning barcha tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
92-modda. Hosil va daromadlarga bo‘lgan huquq
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86, 536-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.01 Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk]
Do'stlaringiz bilan baham: |