1 bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
bog`in.pdf kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayiruv urg‘usi
30
g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi». Har bir gap nutqning fonetik boiinishida bir frazaga teng boiishini hisobga olsak, keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza borligi ma’lum bo‘ladi. Frazalar, ma’lumki, katta pauzalar bilan bir-biridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita - intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo‘linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq (qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar - sintagmalar bor: a) «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi»;b) «yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir». Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg‘u (sintagma urg‘usi) bilan yakunlangan bo‘lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega: sintagma oxiridagi «maqsadi» so'zining so'nggi bo‘g‘ini ochiq bo'lib, bu bo'g'indagi «i» unlisi cho'ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg'u), tovush toni ko'tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi), bu hoi shu sintagmaning ma’nosini alohida ta’kidlash imkonini bergan. Sintagma urg'usidan so'ng kelgan qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalami bir-biridan ajratish vazifasini bajargan. Sintagma urg'usining o'rni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o'zgartirilishi ham mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta’sir qiladi. Qiyos qiling: Bu shifokor — Dilbarning onasi. (Bu shifokor — ega sostavi; Dilbarning onasi — kesim sostavi). Bu — shifokor Dilbarning onasi. (Bu — ega, shifokor Dilbarning onasi — kesim sostavi). Ayiruv urg‘usi - gap bo‘laklaridan birini alohida ta’kidlash uchun yoki so'zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling