1 bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana29.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1138277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
bog`in.pdf kurs ishi


 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy 
nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda oliy maktabda ta’lim 
tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, talabalar uchun yangi, zamonaviy o‘quv 
dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratish va ular bilan o‘tkaziladigan nazariy 
hamda amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishni hozirgi davr kun 
tartibining dolzarb masalalari qilib qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
oliy maktab ilmiy jamoalari oldiga qo‘yilayotgan yuksak talablarning boisi ham 
shundadir. Oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilshunosligi fani va uning barcha 
sohalarini, ayniqsa, “Hozirgi o‘zbek tili” kursini ana shu talablar darajasida o‘qitish, 
buning uchun mavjud darslik va qo‘llanmalarni yangi mazmun asosida qayta ko‘rib 
chiqish zarurati tug‘ilmoqda.
Chunki ular nazariy jihatdan eskirmagan bo‘lsa ham, darslik va qo‘llanmalar 
matnlaridagi iste’moldan chiqqan ayrim so‘z va iboralar, atamalarni almashtirish 
zarurati paydo bo‘ldi. [
1
] 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Қ. Леви-Строс. Структурная антропология. М., 1985, с. 35. 2 В, К. Журавлёв. Фонология фундаментальная и 
прикладиая. Проблеми фонетики ифонологии. Материалм Всесоюзного совешания. М., 1986. с, 35 — 39, 



 
1. Bo‘g‘in va uning tuzilishi
 
Bo‘g‘in bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikma-sidir. 
Masalan: ona (o-na), ota (o-ta), bola (bo-la) kabi.
Bo‘g‘in nutq oqimi-ning tovushdan katta, so‘zdan kichik (ba'zan bir so‘zga 
teng) segment birligidir. Fonologik nuqtai nazardan bo‘g‘in sillabema deyiladi, uni 
o‘rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi.
Bo‘g‘in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo‘g‘inning markazi 
hisoblanadi - u undoshlarni o‘ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytila-digan fonetik 
bo‘lakni (bo‘g‘inni) hosil qiladi.
Undoshlar o‘zicha bo‘g‘in yasa-maydi (sonorlar bundan mustasno). Ular 
unlidan oldin kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi; kitob so‘zidagi “ki” 
bo‘g‘ini boshida kelgan "k" undoshi shunday.
Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so‘ng 
kuchsizlanib tugaydi: kitob so‘zidagi "tob" bo‘g‘ini oxirida kelgan "b" undoshi 
shunday. Ba'zan ikki bo‘g‘in orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi: 
muddat (mud–dat) kabi. Bu hodisa geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala "dd" bir 
tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli bosh-lanib, kuchli tugaydi, oralig‘ida 
esa bir oz pasayish kuzatiladi.
Bular ikki balandlikka ega undoshlar sanaladi. Demak, bo‘g‘in tuzilishida 
undosh-lar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi va ikki balandlikka ega xarakteri-
da bo‘ladi.
Shunga ko‘ra bo‘g‘in uch qismga bo‘linadi; a) bo‘g‘in boshi - bo‘g‘in 
yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo‘lgan qism; b) bo‘g‘in marka-zi 
(bo‘g‘in balandligi); v) bo‘g‘in markazidan keyingi qism (bo‘g‘in balandli-gidan 
so‘nggi qism). 
Unli (V) yoki unli+undosh (VS) tipidagi bo‘g‘inning boshi nulga teng 
bo‘ladi: o+ta (birinchi bo‘g‘in boshi nolga teng), ol+ma (birinchi bo‘g‘in boshi nolga 
teng); undosh+unli (SV) tipidagi bo‘g‘inning oxiri ham nulga teng: ol+ma ("ma" 
bo‘g‘inining oxiri nolga teng) kabi. O‘zbek tilidagi umum turkiy so‘zlarda: a) boshi 



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling