1 bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
bog`in.pdf kurs ishi
11
e'tiborda tutiladi). Masalan, kuz, non, bir, tur kabi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bri+ga+dir so‘zining birinchi bo‘g‘ini ham kuchayuvchi bo‘g‘in deb qaraladi. Ammo uning bo‘g‘in boshi ikki undoshdan iborat. Shunga qaramay ular ball shkalasiga ko‘ra har xil, ya'ni 2- 3-4 deb olinadi. Unda tovushlar kuchayib borganligi kuzatiladi..." Ilmiy adabiyotlarda bo‘g‘in tiplari tasnifining yana boshqa turlari ham bor. Xususan, prof. A. Mahmudov bo‘g‘inlarni quyidagicha tasnif qiladi: 1) to‘la ochiq bo‘g‘in. U faqat unlidan iborat bo‘ladi: a+na, a+ka, o+pa so‘zlarining birinchi bo‘g‘ini; 2) to‘la yopiq bo‘g‘in. Bunday bo‘g‘in undosh bilan boshlanib, undosh bilan tugaydi: tar–tib, tar-vuz so‘zlaridagi barcha bo‘g‘inlar; 3) boshi yopiq bo‘g‘in. Bunday bo‘g‘in undosh bilan boshlanib, unli bilan tugaydi: bo+la, ta+na so‘zlaridagi barcha bo‘g‘inlar; 4) oxiri yopiq bo‘g‘in. Bunday bo‘g‘in unli bilan boshlanib, undosh bilan tugaydi: or+tiq, o‘r+ta so‘zlarining birinchi bo‘g‘inlari . Muallif to‘la yopiq bo‘g‘in strukturasi 7 xil bo‘lishini ta'kidlaydi: 1)SVS-bet, kuch; 2)SSVS-Qrim, plan; 3)SVSS-qirq, hind; 4)SSUSS-Dnepr, sport; 5)SVSSS-tekst, punkt 6)SSSVS-shtraf, skver; 7)SSVSSS-Dnestr, Bratsk. Boshi yopiq bo‘g‘in uchga bo‘linadi: 1)SV-bu; 2)SSV-drama, smena so‘zlari-ning birinchi bo‘g‘ini; 3)SSSV-Brno kabi. Oxiri yopiq bo‘g‘inning to‘rt xil bo‘lishi aniqlanadi: 1)VS-o‘q, el, uy; 2)VSS-ayt, ilm, ark; 3)VSSS-Omsk; 4)VSSSS-Ernst. Shunday qilib, muallif o‘zbek tilidagi bo‘g‘inlar o‘n besh strukturada ifodalanayotganligini ko‘rsatadi. 35 Bunda o‘zbek tilining o‘z va o‘zlashgan qatlam so‘zlari birga qaralgan. 3.Bo‘g‘inni O’zbek tilida bo’g’inning quyidagi tipi mavjud: 1. Bir unlidan iborat: u (olmosh), e, o (undov so’z) 2. Bir unli va bir undosh: un, uch |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling