1 bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
bog`in.pdf kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi kurs talabalariga
7
so`z tarkibidagi bo`g`in yoki gap tarkibidagi biror so`zga zarb berib, ta`kid bilan aytilishiga urg`u deyiladi. Urg`u tushish o`rniga ko`ra so`z urg`usi va gap urg`usiga bo`linadi. Gap urg`usi adabiyotlarda ma`no urg`usi, mantiqiy urg`u, logik urg`u terminlari bilan ham yuritiladi. Gap urg`usi gapdagi so`zni mazmun jihatidan ajratib ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Gap urg`usi gapdagi barcha so`zga tusha olishi mumkin. Urg`u tushgan so`zni talaffuzda ta`kidlab aytilishi bilan, yozuvda esa kesim oldida qo`llanilishi bilan ajratish mumkin: Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o`tkazildimi? Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o`tkazildi? Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o`tkazildimi? Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o`tkazildimi? Yoki: Biz yozda Samarqand shahriga sayohatga boramiz. Yozda Samarqand shahriga sayohatga biz boramiz. Biz Samarqand shahriga sayohatga yozda boramiz. Biz yozda sayohatga Samarqand shahriga boramiz. So`z urg`usida, odatda so`zning ma`lum bir bo`g`inidagi unli tovush boshqalariga qaraganda kuchliroq talaffuz qilinadi. O`zbek tilida urg`u, asosan so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi. So`zga qo`shimcha qo`shilsa, urg`u keyingi bo`g`inga ko`chadi: ishchi – ishchilar – ishchilarimiz – ishchilarimizning. Urg`u tushgan bo`g`in urg`uli bo`g`in deb yuritiladi. Urg`u quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi: 1. Erkin urg`u va bog`liq urg`u 2. Dinamik urg`u va musiqaviy urg`u So`z bo`g`inlaridan bo`g`inlarga ko`chib uning ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan urg`u erkin urg`u deyiladi: hozir – ravish, hozir – sifat, yangi – ravish, yangi – sifat, yozma – fe`l, yozma – sifat. So`zning oxirgi bo`g`iniga tushadigan urg`u bog`liq urg`u deyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling