1 bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
bog`in.pdf kurs ishi
8
havo oqimining kuchi bilan ifodalangan urg`u dinamik urg`u deyiladi. O`zbek, rus, tojik tillarida urg`u dinamik xarakterli bo`lib, urg`uli bo`g`in kuchli talaffuz qilinadi. Tong, ohangning bir xil chiqishi bilan ifodalangan urg`u musiqiy urg`u deyiladi. Xitoy, yapon, serb, litva tillarida urg`u musiqiy xarakterli bo`lib, urg`uli bo`g`in baland ohang bilan aytiladi. Urg`u so`z oxiriga tushmaydigan holatlar. O`zbek tilida urg`u, yuqorida aytilganidek, so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi. Ammo tilimizda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ham uchraydi. Ayrim qo`shimchalar borki, urg`u qabul qilmagani bois, urg`u oldingi bo`g`inlarga tushishi ham mumkin. Bu bilan bog`liq quyidagi holatlarni qayd etish mumkin: Aslida o`zlashma bo`lib, bugungi kunda tilimizga nihoyatda o`zlashib ketgan quyidagi so`zlarda: ammo, lekin, albatta, afsuski, chunki, hamma, hozir, barcha…. 1. Ayrim olmoshlarda: har bir, har qaysi, kimdir, qancha, qani, allakim…. 2. Alohida ohang bilan aytilgan buyruq fe`llari, ayrim sonlarda: gapir, o`tir, o`yna, yuring, olti, sakson… 3. Qo`shma sonlarda: o`n bir, yigirma uch… 4. Takroriy so`zlarda: katta-katta, issiq-issiq… 5. Quyidagi urg`u olmaydigan qo`shimchalar qo`shilganda: - bo`lishsizlik shakli: o`qima, unutma… - dona, taqsim, chama son shakllari: o`ntacha, o`nta, o`ntadan, o`nlab… - ayrim ravish yasovchilar: yashirincha, qushcha, guldek, boladay - tuslovchilar: o`qiymiz, ishchiman, - familiya hosil qiluvchi qo`shimchalar: Alieva, Axmedov.. - mi, -ku, -gina, -da, -oq, -yoq, -chi yuklamalari - ko`makchilar Bo`g`in va uning turlari. Bir nafas zarbi bilan aytiladigan tovush va tovushlar birikmasiga bo`g`in deyiladi. Bo`g`in so`zdagi unlilar miqdoriga ko`ra belgilanadi. So`zda qancha unli bo`lsa shuncha bo`g`in bor bo`ladi. Bo`g`in quyidagi jihatlariga ko`ra tasnif qilinadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling