1. Bog‘langan og‘zaki nutqni rivojlantirish yo‘llari. Mehnat ta’limi maktabida bayon va insho ustida ishlash metodikasi
Mehnat ta’limi maktabida bayon va insho ustida ishlash metodikasi
Download 116 Kb.
|
Aqli zaif o‘quvchilarning bog‘langan og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish metodikasi
2.Mehnat ta’limi maktabida bayon va insho ustida ishlash metodikasi.
Yordamchi maktab dasturida nutq o‘stirish ishlari asosiy o‘rin egallaydi. Nutq ustida olib borilishi kerak bo‘lgan barcha ishlar bolaning umumiy, har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Dasturga ko‘ra, yordamchi maktabning boshlang‘ich sinflarida nutq o‘stirish ishlari lug‘atni boyitish, talaffuzni yaxshi yo‘lga qo‘yish, gapni to‘g‘ri tuzish, dialogik va monologik nutqni o‘stirishga qaratilgan. Nutq o‘stirish yo‘li bilan debil o‘quvchilardagi psixofizik kamchiliklarni korrekqiyalash ishlarini amalga oshirish uchun ona tili darslari xisobidan 1-5 sinflarda xaftasiga bir soatdan aloxida predmet sifatida tevarak-atrofni o‘rganish yo‘li bilan og‘zaki nutqni o‘stirish darslari o‘tkaziladi. Bu darslarda kuzatish, ekskursiya, amaliy ishlar, bayon, suxbat, texik vositalar, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarning nutqi rivojlantiriladi. Tevarak-atrofdagi narsa va xodisalarni kuzatish orqali o‘quvchilar analiz qilish, taqqoslash, predmet va xodisalarning o‘xshash va farqli tomonlarini topishga sodda va umumlashgan xulosalar chiqarishga o‘rganadilar. Ekskursiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar narsa va xodisalar bilan tabiiy sharoitda tanishadilar. Amaliy ishlar (gerbariy yoki boshqa biror narsani yasash, kalendar tutish) orqali sinfda olingan bilimlar mustaxkamlanadi, bevosita sezgi organlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quvchilarning sezgi organlari faoliyati, kuzatuvchangligi, diqqati rivojlanadi. Yordamchi maktab o‘quvchilarining nutqiy taraqqiyotida savod o‘rgatish ishlari aloxida ahamiyatga ega. Savod o‘rgatishning alifbegacha davridan boshlab to oxirigacha doimiy ravishda o‘quvchilarning eshitish, ko‘rish idroki, umumiy, nutqiy motorika, mayda qo‘l muskullarining harakatchangligi rivojlantiriladi. Rivojlangan og‘zaki nutq asosida o‘quvchilar dastlabki o‘qish va yozish ko‘nikmalarini egallaydilar. Shu davrdan boshlab, o‘quvchilar og‘zaki nutq tovush va bo‘g‘inlar, so‘z va gaplardan iborat ekanligini anglay boshlaydilar. Ta’lim jarayonida o‘quchilarda o‘z fikrini atrofdagilarga izchillik bilan bayon etishga extiyoj tug‘diradigan sharoit yaratiladi. O‘quvchilar maktab binosi va xonalari, sinf jixozlari va boshqalar bilan tanishadilar va atrofdagilar bilan muloqatda bo‘lishga o‘rganadilar. Tevarak atrofdagi narsa va xodisalar yuzasidan turli savollar berishga o‘rgatish ishlari nafaqat nutq o‘stirish darslarida, balki qo‘l mehnati, rasm, jismoniy tarbiya, ashula, matematika darslarida ham amalga oshiriladi. O‘qituvchilar o‘quvchilarni to‘liq, aniq, tushunarli javoblar qaytarishga o‘rgatib boradi. Bunda bola bajarayotgan ishlari, nima ishlar qilmoqchi bo‘lganliklarini, sinfda, maktabda va maktab atrofida ko‘rgan, kuzatgan narsa va xodisalar xaqida gapirib berishni o‘rganadilar. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda ertaklar keng ishlatiladi. Ayrim ertaklar mazmuni savolga javob; yordachi, esga soluvchi savollar orqali bayon etishga o‘ratilsa, ayrimlarini mustaqil ravishda bayon etishga o‘rgatish mumkin. Ertaklar asosida o‘tkaziladigan insqenirovka, qo‘g‘irchoq o‘yini, rollar bilan o‘qish, diafilm, kinofilm, multiplikaqiya filmini namoish etish va hqlar bolaning dialogik nutqini o‘stirishga yordam beradi. Yordamchi maktab o‘quvchilarining yosh hamda individual xususiyatlarini xisobga olgan xolda barcha sinflarda turli usullar bilan lug‘at ustidagi ishlar uyushtiriladi. Dastur talablariga muvofiq, barcha predmetlarda va ayniqsa, nutq o‘stirish, o‘qish va yozuv, ona tili darslarida o‘quvchilarning ichki va tashqi lug‘atini boyitish, impressiv va ekspressiv nutqni o‘stirish ishlari amalga oshiriladi. Amaliy grammatik mashqlar orqali o‘quvchilar grammatik va orfografik bilim va malakalarga ega bo‘lib, kichik xajmdagi matnlarni og‘zaki va yozma ravishda bayon etishga o‘rganadilar. Yordamchi maktabning yuqori sinflarida beriladigan elementar nazariy bilimlar o‘quvchilar bog‘langan og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga, orfografik jixatdan savodli bo‘lishga yordam beradi. Grammatika va orforafiya mashqlari nutq o‘stirish ishlari bilan parallel ravishda amalga oshiriladi. O‘quvchilar ko‘chirib yozish, diktant, bayon va insholar yozishga, o‘z fikrlari, bilgan kechirganlarini atrofdagilarga og‘zaki va yozma shaklda bayon eta olishga o‘rganadilar. Yordamchi maktabda ona tili darslarida orfografiya bilan bog‘liq bo‘lgan nutq o‘stirish ishlari xilma-xildir. Ayniqsa antonim va sinonimlar ustida ishlash, umumlashtiruvchi so‘zlar, so‘z yasash mashqlari, gap va xikoya tuzish, matn yuzasidan savollar tuzish, savollarga yozma ravida javob qaytarish, reja tuzish, saylanma bayon, ta’limiy diktantlar o‘tkazish ishlari va boshqalar keng o‘rin egallaydi. 5 sinfdan boshlab o‘quvchilarga so‘z turkumlari xaqida nazariy bilimlar beriladi. So‘z turkumlaridan ot, sifat, ravish, olmosh, sonlarni o‘rganishda o‘quvchilar lug‘ati atoqli, turdosh otlar, mavxum so‘zlar, buyum belgisi, harakati, sifatini bildiradigan so‘zlar bilan boyitiladi. Har bir darsda sintaksisga doir turli mashqlar bajartiriladi. Bu ishlarning barchasi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma bog‘langan nutqini o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Xikoya qilishga o‘rgatish usullari Bog‘langan og‘zaki nutqni o‘stirishda xikoya qilish, bayon etishga o‘rgatish muxim. Buni turli-tuman usullar bilan amalga oshirish mumkin. O‘qituvchining bergan na’munasiga o‘xshash bayon, xikoyaning rejasini tuzish, har bir rejadagi savolga oid xikoyaning bir qismini bayon bayon , rejani ravishda ravishda muxokama qilish, o‘qituvchi savollariga javob qaytarish, xikoya yuzasidan savollar tuzish, lug‘at ustida ishlash, qayta xikoya qildirish va boshqalar. Og‘zaki bayon qilishga o‘rgatish darsi taxminan kuyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin: 1.Kirish suxbati 2.Matnni birinchi bor o‘qib berish. 3.Asar yuzasidan suxbat o‘tkazish. 4.Matnni ikkinchi bor o‘qish. 5.Matnni o‘quvchilarga o‘qitish. 6.Matn mazmunini bayon etish. Qayta xikoya qildirish vaqtida o‘qituvchi jumlani boshlab beradi, o‘quvchilar davom ettiradi - o‘qituvchining o‘quvchilar bilan birgalikdagi bayoni; o‘qituvchi faqat boshlab beradi, bola oxirigacha mustaqil bayon etadi-takrorlab qayta xikoya qilish; Og‘zaki bayon vaqtida so‘z yoki jumlalarni eslatib turish(sekin aytish). Bolaning og‘zaki bayoni vaqtida yordamchi, esga soluvchi savollardan ham foydalanish mumkin. Savollar butun sinf o‘quvchilariga beriladi. Og‘zaki bayon vaqtida o‘quvchiga sinfdoshlari ham yordam berishi mumkin. Bunda raxbatlantirish usuli keng ishlatiladi. Rollarga bo‘lib qayta xikoyalash, bayon etish ham mumkin. Bu usulni mavzuni mustaxkamlash bosqichida qo‘llash foydalidir. Darsning yakuniy qismida dramalashtirish usulini qo‘llash foydali. Bunda maxsus kiyim, dekoraqiya ishlatish (mavzuga oid saxna yaratish) yaxshi natija beradi. Maktab amaliy faoliyatida o‘quvchilar uchun, ularga tanish mavzu bo‘yicha bayon yozdirish tavsiya etiladi. Bayon og‘zaki yoki yozma shaklda olib borilishi mumkin. Og‘zaki ravishda so‘zlab berishga o‘rgatish xaqida avvalgi bo‘limlarda batavsil gapirilib o‘tilgan. Bu yerda esa asosan, yozma bayon yozilishi xaqida fikr yuritiladi. Ta’lim berish jarayonida yozma bayonga o‘rgatishning ahamiyati katta. Bunda o‘quvchilar olgan bilim va malakalarini amaliy ravishda qo‘llashni o‘rganadilar. O‘qib chiqilgan matn mazmunini yozma ravishda bayon etish mashg‘ulotlari 1-4 sinflarda ham o‘tkazilgan. Ammo bu mashg‘ulotlar oddiy uslubda, sodda shaklda amalga oshirilgan. Sababi, o‘quvchilarda u vaqtda grammatik va orfografik jixatdan to‘g‘ri yozish malakalari xali shakllanmagan. Yuqoriroq sinflarda esa, yozma ishlar keng qo‘llanilganligi, badiiy asarni ko‘proq taxlil qilinganligi tufayli bayonlar ko‘p yoziladi. Bu jarayonda bayon yozish uchun tanlangan material jiddiy ahamiyatga egadir. Bayon uchun mavzu, material darak gaplardan iborat bo‘lgan, ma’lum sujetni xikoya qiluvchi, voqeylik asta-sekinlik bilan ta’riflanadigan kichik bir matn tanlanadi. Bayon mavzusini maxsus tuzilgan to‘plamlardan yoki ukish kitoblaridan tanlash mumkin. Lekin bayon yozishga kirishmasdan avval aqli zaif o‘quvchilarda bu jarayonda uchraydigan xususiyatlar aniqlanishi keraq Bayonni maqsadga muvofiq yozish uchun, mavzu o‘quvchilarga tanish bo‘lishi, voqeylik sodir bo‘layotgan jarayonlar tomonidan to‘g‘ri anglanilgan bo‘lishi keraq Buning uchun o‘qib chiqilgan mavzuni taxlil qilib, reja tuzish tavsiya qilinadi. Bayon, aslida ma’lum tuzib tuzib yozilishi, so‘ng yangi jumlalarni tuzib, orfografik jixatdan taxlil etilib, so‘ng daftarga yozishlari keraq Shu tariqa yozilgan bayon, bayonga qo‘yilgan talablarga mos deb topilsada, o‘quvchilar ko‘pincha bayon yozishga tayyor emas. Shuning uchun mavzu yoritilishidan avval, uni albatta taxlil qilib, o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini tekshirish darkor. Yordamchi maktab o‘quvchilari bayyon yozish vaqtida o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olmaydilar. Ular mavzuni tushingan bo‘lsa ham, tuzilgan rejani muvofiq ravishda ishlata olmaydilar. Natijada tuzilgan reja o‘quvchilarga yordam berish o‘rniga qiyinchilik tug‘diradi. Bunday xususiyatni xisobga olgan xolda o‘qituvchi tuzilgan reja savollariga to‘g‘ri javob berish mashqlarini o‘tkazib borishi keraq Aqli zaif o‘quvchilar tuzilayotgan jumlalarning orfografiyasiga e’tibor bermaydilar. Shu tufayli bayonlarda, diktant yozishga nisbatan ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Aqlan zaif o‘quvchilar bayonlarida ko‘pincha jumlalarning o‘zaro bog‘lanishida ham xatolar kuzatiladi. Bunday xatolarni bartaraf etish uchun o‘quvchilarni yozib bo‘lgan jumlalarini o‘qib berishi, so‘ng keyingi jumlalarni tuzib, yozish tavsiya etiladi. Ba’zan ukuvchilar tuzilgan jumlalarni yozish jarayonida qiyinchiliklar va xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Chunki ba’zi o‘quvchilarning yozish darajasi (texnikasi) ancha sust rivojlangan bo‘lib, aynan yozishning o‘zi ular diqqatini jalb etib, ammo qanday yozish va nimalar yozayotganini nazorat qilishga qiziqmaydi. Shu sababli ham ular bilan jumlalar tuzish, xato yozmaslik kabi jarayonlarni mashq qilib borish tavsiya etiladi. Xatolarni oldini olish uchun o‘quvchilarga qisqa va sodda jumlalar tuzib yozishga o‘rgatish keraq Bu faoliyat kuyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 1.Yozilishi kerak bo‘lgan mavzuni yaxshilab o‘qib chiqish va uni taxlil qilish; 2.Yozish uchun tanlangan mavzuni tayyor reja asosida tuzish yoki taxlil qilib chiqish; 3.Jumlalarni tuzish va ularning yozilishini muxokama qilish 4.Bobni yozish. 5.Bajarilgan ishni o‘quvchilar bilan birga taxlil qilib chiqish. Bayon yozishda reja tuzish muxim ahamiyatga ega. Reja matndagi har bir parchani aloxida taxlil etib, aniqlab olishga yordam beradi. Download 116 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling