1. Bog‘langan og‘zaki nutqni rivojlantirish yo‘llari. Mehnat ta’limi maktabida bayon va insho ustida ishlash metodikasi


Keng tarqalgan xato va kamchiliklar taxlil qilinadi va ularni tuzatish, bartaraf etish, oldini olish yo‘llari tushuntiriladi


Download 116 Kb.
bet6/10
Sana28.12.2022
Hajmi116 Kb.
#1023582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aqli zaif o‘quvchilarning bog‘langan og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish metodikasi

Keng tarqalgan xato va kamchiliklar taxlil qilinadi va ularni tuzatish, bartaraf etish, oldini olish yo‘llari tushuntiriladi.
3. So‘zlarda uchragan xatolarni turli mashqlarni bajartirish yo‘li bilan to‘g‘ri yozishga o‘rgatish.
4.Va, nixoyat, daftarlar o‘quvchilarga tarqatiladi, ular o‘z yozma ishlarini ko‘rib chiqadilar. So‘ng o‘qituvchi ba’zi o‘quvilardan qanday xatoga yo‘l qo‘yganliklari va ularni qanday tuzatish kerakligi xaqida so‘raydi va darsni yakunlaydi.
Yordamchi maktabning 4 sinfidan boshlab, ona tili darslarida yozma nutqni o‘stirish maqsadida bayon va insholar o‘tkaziladi. Bayon
yozish uchun matn shunday tanlanishi kerakki, uning mazmuni o‘quvchilarga yaxshi tanish bo‘lsin va uning tarkibida o‘tilgan grammatik materialga oid so‘zlar soni ko‘p bo‘lsin.
Yordamchi maktabda insho, faqatgina bola uchun nixoyatda yaxshi tanish bo‘lgan, uning faoliyati bilan, boshidan kechirgan voqea-xodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular bo‘yicha o‘qituvchining yordami bilan yoziladi. Insho uchun mavzu tanlashda uning xayotiyligi, tuzilishi va tarkibi, tarbiyaviy ahamiyati xisobga olinishi lozim.
Bayon va insho o‘quvchilarni fikrni keng ko‘lamda va har xil shaklda bayon eta olish qobiliyatini o‘stirishga katta yordam beradi.
Yozma bog‘langan nutqni o‘stirishda yordamchi maktab o‘quvchilarini bog‘langan yozma nutqning eng murakkab turi - ish qog‘ozlarini yozishga o‘rgatish muxim ahamiyatga ega. Mustaqil xayot kechirishda xat, ariza, tarjimai xol, e’lon, telegramma, spravka, tasnifnoma, tilxat va boshqa ish qog‘ozlarini yozishga o‘rganish uchun avvalom bor bayon va inshoni yozishga o‘rgatish lozim. Dasturda bog‘langan yozma nutqni o‘stirish borasida ish qog‘ozlariga katta o‘rin ajratilgan.


3.Yordamchi mehnat tyalimi maktabida ish qog‘ozlari ustida olib boriladigan ishlarning vazifasi, mazmuni.

O‘zbekiston Respublikasida o‘zbek tiliga «Davlat tili» maqomi berilishi munosabati bilan barcha korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarida ishni o‘zbek tilida yuritishga o‘tildi.


Mehnat ta’limi maktabi o‘quvchilari maktabni bitirgach korxona, muassasalarda mustaqil ishlab, faoliyat ko‘rsatib, zarur bo‘lganda, har qanday ish qog‘ozini hatosiz, to‘g‘ri yoza bilishlari kerak.
Ish kog‘ozlarini yoza olish - olingan bilimlarni amaliy hayotga bevosita tadbiq etish demakdir. Ish xujjatlarisiz na bir muassasa, na bir tashkilot faoliyat ko‘rsata oladi.

Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling