1. Bolalar nutqining rivojlanish davrlari. Tayyorgarlik va bog‘chagacha bo‘lgan davr


Download 333.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi333.56 Kb.
#1543633
Bog'liq
бола нуткини ривожланиши



www.arxiv.uz 
 
 
REJA: 
 
1. Bolalar nutqining rivojlanish davrlari. 
2. Tayyorgarlik va bog‘chagacha bo‘lgan davr. 
3. Maktabgacha va maktab davri.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


www.arxiv.uz 
Tayanch so‘zlar( nutq. bo‘g‘in. talaffuzuz. Tafakkur. Sharoit.) 
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi.
nutqning to‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga,
to‘g‘ri nutq muxiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma
qobiliyat emas, balki xayot davomida bolaning jismoniy va aqliy 
rivojlanishi bilan bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini
o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo‘lini, 
bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli 
shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim. Bundan 
tashqari bola nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini anik 
bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu 
kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo‘ladi. 
Masalan, 1 yoshu 4 oylik bola gapirmayapti.
Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar 
qachon paydo bo‘lishina bilsa, u xolda bu bolaning normal yoki 
nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish 
xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishi 
uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush
talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga 
yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. Chunki, nutqi normal 
rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto‘g‘ri
talaffuzuz etish xos bo‘ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislaliya deb atalib, 
bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada 
shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda 
to‘g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola


www.arxiv.uz 
nutqining rivojlanish qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur 
xisoblanadi.
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha
ko‘rsatadilar, ularni har-xil nomlaydilar va har birining yosh 
chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko bolada
nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha 
bo‘lgan davr) 2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev 
bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi: 
Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha. 
Bog‘chagacha bo‘lgan davr- 3yoshgacha. 
Maktabgacha bo‘lgan davr- 7 yoshgacha. 
Maktab davri. 
Bu davrlarning to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday
qilib,
Birinchi davr-tayyorgarlik davri.
Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz 
qichqiriq va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan 
uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bo‘limini 
(nafas olish, ovoz xosil bo‘lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol 
o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga 
e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan 
to‘xtaydi.
Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (ALLA) 
ostida tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini 
gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan kuzatadi. Tez 
kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda 


www.arxiv.uz 
tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, 
uch oylikning boshida bug‘inlarning talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, 
ta-ta, ba-ba va boshqadar)
Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. 
Bola besh oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari 
artikulyatsion harakatini ko‘rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. 
Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashi
harakat ko‘nikmasining mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan 
boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bug‘inlarni talaffuzuz eta 
boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar.
Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil 
elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat 
fonemalarni, balki nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, 
ifodaliligini o‘zlashtiradi.
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini 
idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan 
bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola yetti - to‘qqiz oyligida kattalar ketidan 
turli xil bo‘g‘inlarni qaytara boshlaydi. O‘n – o‘n bir oyligida
so‘zlarning o‘ziga reaksiya paydo bo‘la boshlaydi. (vaziyat va 
gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar) Bu vaqtda bola
nutqi shakllanayotgan shart-sharoitlar muxim ahamiyat kasb eta 
boshlaydi.(kattalarning to‘g‘ri nutqi va kattalarga taqlid qilish va 
xakozolar).Bola xayotining birinchi yilining oxiriga kelib unda nutqiy 
aloqada bo‘lish extiyoji o‘sib boradi. U bir nimani olishni, so‘rashni 
aytishni xoxlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va 
unda aktiv nutqning paydo bo‘lishini belgilab beradi. Bir yoshning


www.arxiv.uz 
oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi
so‘zlar paydo bo‘ladi. 
Ikkinchi davr-bog‘chagacha bo‘lgan davr.(1yoshdan 3 
yoshgacha) Bolada birinchi so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng 
tayorlov davri tugab aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda 
bola atrofdagilar artikulliyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar
orqasidan so‘zlarni ko‘p marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni
talaffuzuz qiladi. Talaffuzuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri 
talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida qo‘llamaydi. Bu
vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, 
iltimosni ham, xis-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola xayotining 2-
3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so‘z 
boyligining o‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni ko‘rsatadilar. 
Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, bolalarning lug‘at boyligini
bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi raqamlarni ko‘rsatadi: 
1 yoshu 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning og‘iriga kelib 300 ta, 3 
yoshda 1000 ta so‘z. Bola xayotining uchinchi yiliga kelib,
nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o‘z xoxishi 
va iltimoslarini har bir so‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta
so‘zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‘la boshlaydi.
Uchinchi davr- maktabgacha bo‘lgan davr. (3 yoshdan 6 
yoshgacha). 
Maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda 
artikulyatsion jixatidan oson talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, 
m, f, v ) va boshqalarni o‘rgana boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan


www.arxiv.uz 
talaffuzuz etish qiyin bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch ) 
va sonor (r, l)til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashga 
qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto‘g‘ri
qo‘llaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davrda 
bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‘zi
talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi xollarda 
bolalar o‘z kamchiligini to‘g‘rilaydilar. Ularda fonematik idrok 
shakllanib boradi.
Bu davrda lug‘at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 
4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. Lug‘at 
boyligi o‘sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham 
rivojlanib boradi. Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z nutqlarida 
sodda va murakkab gaplarni qo‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa 
qo‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo‘shimcha 
savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. 
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.
Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va
sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha 
tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo‘lishi 
lozim. Bu vaktga kelib, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz o‘zining shakllanishi 
tugallanadi va bola har tomonlama to‘g‘ri aniq gapira oladi. 
Turtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu 
davrning o‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi 
oldingi davrlarga nisbatan ongli ravishda ro‘y beradi. Bu davrda bolalar 
tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu 
davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o‘ynaydi. 


www.arxiv.uz 
Grammatik qonstruksiyalar ham murakkablashib boradi, chunki, agar, 
kachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning 
tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o‘z 
ifodasinin topayotganligini ko‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish 
jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. 
Buning uchun: bola ruxiy va jismoniy jixatidan sog‘ bo‘lishi, normal 
aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi normal eshitish va ko‘rishi, yetarli 
darajada ruxiy aktivlikka ega bo‘lishi, gaplashish extiyojiga ega bo‘lishi, 
to‘g‘ri nutq muxitiga ega bo‘lishi lozim. Bolada nutqning normal 
rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o‘zlashtirib olishga, 
tevarak-atrof xaqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishga imkoniyat 
yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning 
rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
 
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Toki xayot davom 
etar ekan, tarbiya xam, zamon urtaga kuyayotgan yangi-yangi talablarga 
kura mutasil ravishda uzgarib-yangilanib boroveradi. Fakat biz bu 
saxodagi dastlabki kadamlarni tugri kuya olsak, poydevorni mustaxkam 
kilib borpo etsak, men shunga ishonaman-ki,bugungi avlod esa bizning 
kilgan ishlarimizni extirom va minotdorchilik tuygusi bilan eslaydi”, - 
deya eʼtirof etadi.
Dar xakikat, Uzbekistonning milliy istikloliga erishishi, ijtimoiy va 
siyosiy soxada sodir bulayotgan tub uzgarishlar taʼlim tizimini, 
jumladan, maktabgacha yoshdagi bolaga taʼlim-tarbiya berish, ularni 
akliy, maʼnaviy, jismoniy jixatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash 
jarayonini yangilash takazo etadi. 


www.arxiv.uz 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim-tarbiya berishning asosiy 
maksad va vazifalari bolalarni akliy va jismoniy jixatdan rivojlantirish, 
ularning ruxiyati, shaxsiy kobiliyati, intilishi va eʼtiyojlari milliy va 
umumiy insoniy kadriyatlar, xududiy xususiyatlari xisobga olgan xolda 
rivojlanishini taʼminlash, ularni maktab taʼlimiga tayorlashdan iborat. 
Xar bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun kaygurishi lozim, shu 
bois “Taʼlim tugrisidagi Konun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
da mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy tarakiyotini taʼminlashning asosiy 
omili bulgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi 
belgilab beriladi. Soglom-avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning 
ustivor yunalishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutk va 
tafakkurini rivojlantirish uchun beriladigan taʼlim-tarbiya mazmuni 
kuyidagi uch jixatni uzida mujasamlashtiradi nutikning rivojlanganligi 
va suz boyligi, ilk matematik tasovvurlar xolida tabiyatga oid bilimlar. 
Nutkning rivojlanganligi va suz boyligiga oid belgilangan talablarga 
erishish bolalarni atrof-muxit bilan tanishtirib borish, ularga ertak va 
xikoyalar aytib yoki ukib berish sheʼrlarni yod oldirish kabi faoliyatlar 
orkali amalga oshiriladi. Tevarak-atrofdagi narsa va xayotida yuz 
beradigan xodisalar bilan tanishish, bola nutki mazmunining asosini 
tashkil kiladi. Bola atrofda sodir bulgan xodisalar bilan tanishish 
jarayonida zarur bilimlarni egalaydi va shuningdek, ularning nomi, 
vazifasi, xususiyatlarini bildiruvchi suzlarni uzlashtirib boradi. 
Kattalar, tarbiyachilar tengdoshlari bilan muloxotda shu suzlardan 
foydalanib uz fikirlarini ifodalaydi. 
Usib kelayotgan avlodning fikr kishisi, mustakil fikr soxibi bulishga 
davlat tomonidan jiddiy eʼtibor karatilayotgan bir payitda maktabgacha 


www.arxiv.uz 
taʼlim-tarbiya jarayoni kay yusinda tashkil etilishi xam katta eʼtiborga 
molik. 
Chunki taʼlim-tarbiya uzliksiz va uzviy jarayondir. 
Maʼlumki, bola uyda xam isha kattalarning mexr-muxabbati va eʼtibor 
markazida buladi. 
Xar-bir ota-ona uz farzandini xam jismoniy, xam ruxan soglom usishiga 
xarakat kiladi. Bolasining intellektual imkoniyatlari va xususiyatlarini 
urganadi. U bilan shugillanishi. 
Farzandining kizikishi va kobiliyatiga karab, uni maxsus maktablarga 
tayyorlaydi. Bugun jamiyatdagi uzgarishlar natijasi ularok, ota-onalar 
farzandlari uchun maxsus ukitivchilar yollab, ularni maktabga 
tayyorlayaptilar, 
chet 
tillarni, 
komppyuterlardan 
foydalanishni 
urgatmokdalar. 
Аlbatta, xayotining maʼlum kismini bolalar bogchalarida utkazayotgan 
gudaklar maʼnaviyati shakilanishi va rivojlanishida ota-onalar bilan 
birga usha tarbiya muassasalari xam birday macʼuldirlar. Аyniksa 
“bogcha opalar uz tarbiyalanuvchilarining jismonan va maʼnon kamolati 
yulida burchli shaxslardir. 
Bogcha yoshidagi bolalarni fikr kishisiga aylantirishning birdan-bir yuli 
ularni ijod bilan oshno kilishdir. Xar birimiz bolalarimizni intelektualь 
yetuk, ulkan orzular soxibi bulishlarini istaymiz. Shuning uchun ularni 
xayolat, kashfiyotlar dunyosiga olib kirishiga intilamiz, zarur shart-
sharoitlarni yaratamiz. 
Ijod bilan oshnolik bola-inson uchun uta zarur bulgan kup xakikatlarni 
takdim etadigan aloxida jarayondir. Bu bolalar bogchalarida bolalarni 


www.arxiv.uz 
ertak tukishga, xar-xil xodisalar uylab topishga topishmoklar bitishga, 
xikoyalar yaratishga undash bilan amalga oshiriladi. 
Masalan, bolalar bilan “Ertakchi bobo” (yoki momo) uyinini tashkil 
kilish mumkin. Odatda, bolalar nazarida, bobo-buvilar ertaklar 
xozinasiga uxshaydi. Ular xar-xil ertaklarni juda kup biladilar. Ertakchi 
bola bobosi yoki buvisi (kiymida) timsolida chikishi taʼsirlirok buladi. 
Bu uyinda bolalar navbat bilan urtoklarining oldiga minbarga chikib, 
uzlari uylab topgan vokealarni, tukigan ertaklarini xikoya kiladilar. 
Uzining urtogi, tengdoshi aytayotgan ertak, u tukigan xikoya 
atrofdagilarga xam kizikarli tuyuladi. Ular urtogini dikkat bilan 
eshitadilar. 
Tarbiyachi esa “ertakchi”ning ertagini suzma-suz yozib borishi, xech 
narsani uzgartirmosligi yoki utkazib yubormasligi zarur. Ertakchi bolani 
jiddiylikka, ertagi kizikarli bulishi uchun xarakatga undaydi. Bolalar 
ertak aytish jarayonida “bogcha opasini” juda jiddiy kuzatadi, uning 
uchun buning axamiyati katta. Tarbiyachi bolalarga ertaklarning 
mavzusini tavsiya kiladi.
Tarbiyalanuvchilarga “Аssalomu aleykum” suzi bilan ertak tukishni 
taklif etamiz. 
Negaki, bolalar “assalomu-aleykum”, “raxmat”, “marxamat”, “iltimos”, 
“kechirasiz” singari sexirli suzlar bilan boglik eshitganlarini eslash, ular 
bilan boglab, xodisalar tukishi osonlashadi, kulaylashadi. 
Аlbatta, bolalarning aytganlarida maʼno, mantik uzviy bulmasligi xam 
mumkin va bu tabiiy xol, deb kabul kilish kerak. Bu yoshda maʼno, 
mantik muxim emas. Eng muximi jarayon. Bola bu jarayonda mustakil 
ravishda uylanadi, izlanadi. Аkli. xotirasini uz ixtiyori bilan safarbar 


www.arxiv.uz 
etadi. Chunki bu uyin ular uchun kizik, unga yokadi. Bu jarayondan u 
chinakamiga zavklanadi.
Bolalarni xayolparasatlikka-ijodga yunaltirishda tarbiyachi “agar siz suv 
osti mamlakatiga tushib kolsangiz”, “Butun dunyoda pul bulmosa”,” 
bogchamiz kosmoska chikib kolsa”, “ dunyoda shakar yuk bulib kolsa”, 
singari ular uchin kizikarli ertak xikoyalar tukishga undaydigan 
mavzularni tanlashi bu borada katta samara berishi tayin. “Eshik 
takkiladi ochsangiz (mulьtfilьm kaxramonlari turibdi)” singari farazlar 
urtaga toshlansa, bu bolalarni jonlantiradi. Bolalar kutilmagan 
mavzularga kuprok intiladi. Bular ularning tasavvur olamini 
kengaytiradi. Uyin kanchalik kizikarli bulsa, shunchalik foydali.
Ertaklar kaxramonlarining urniga bolalarning, ularning ota-onalarining 
va karindoshlarining nomini kuyib aytib berish xam bolalarda shaxslik 
belgilarining paydo bulishiga katto yordam beradi. Ertak kaxramonlari 
urnida ajdar bilan olishsa, ugrilarni yengsa, zayflarni ximoya kilish 
uning ruxiyatiga uziga ishonch xisini soladi. 
Ichidagi kurkuvni yengishga kumaklashadi. Fakat xammasi real bulishi , 
rostakam, jiddiy ifodolanishi kerak. Vokyolar markazida xam real bola 
bulishi kerak. 
Ertak 
kaxramonlarini 
uzgartirish 
xam 
bolalarni 
turginliktan, 
muvozanattan chikaradi, uylanishga, etirozlar bildirishga undaydi. 
Masalan. Kimmat bilan onasi juda yaxshi, mexribon. Zumrad esa
dangasa, yomon kiz. Tarbiyachi shunday davom etavergani sari bolalar 
uni tuzato boradilar. Bu izlanish jarayoni xisoblanadi. 
Maʼlumki, bogcha yoshida xam, ilk maktab davrida xam topishmoklar, 
sheʼr, makollar, tez aytish bolalar uchun nomaʼlum bulgan dunyoni 


www.arxiv.uz 
kashf kiladilar. Bilish, kashf etishxam tamonidan sheʼr yoki topishmok 
tukiladi.Bu xam bolalar tajribasida borlikni bilim manbai xisoblanadi. 
Bola uchun dunyo sirli, tushunib bulmas narsalarga tula. Topishmoklar 
tukish va topish jarayonida u mana shu sirlar olamiga kiradi, narsa va 
xodisalarning xususiyatlarini urganadi, shunga tayanib uni kashf etadi. 
Topishmoklar tukish va ularning javobini topish bolalar uchun 
kutilmagan kashfiyot xisoblanadi. Izlanishdan, kutilmagan kashfiyotdan, 
samaradan zavk oladi. Mana shu zavk uni yangi kashfiyotlarga undaydi. 
Tarbiyachining vazifasi ularni shunday ijod xolatiga sola bilishdan 
iborat.


www.arxiv.uz 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1 Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem 
vozraste» M 1963 y. 
2.Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» 
Moskva 1987 yil.
3. P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.
4. V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil. 
5. Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil. 
6. Pod red. Dulneva. G.M.»Korreksionnaya rol obucheniya v 
shkole»M.1971 y. 7. M. Ayupova “Logopediya” Toshkent, 2007 yil. 

Download 333.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling