1 Bolalarning aqliy rivojlanishi haqida
II bob yuzasidan xulosalar
Download 143.53 Kb.
|
INTELEKTUAL RIVOJLANISH-AQLIY RIVOJLANISH KO’RSATKICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodika qismi.
II bob yuzasidan xulosalar:
1.Ushbu bobda aktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishini, maktab davrida bolalarning psixik rivojlanishi, katta maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishini va hokozolarni o‘z ichiga oladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu Yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi. 2.Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar echish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatni to‘plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli ravishda boshqarish uquvi shakllana boshlaydi. Ushbu matritsa katta maktab yoshidagi o‘quvchilar diqqatining ko‘chishi, taqsimlanishi, mahsuldorligi va barqarorligini aniqlash uchun ishlatiladi.Katta maktab yoshidagi bolaga Landolt xalqachalari chizilgan blank taqdim etiladi va unga quyidagi qo‘llanma beriladi. 3.Ta’lim jarayonida o‘quv materialining ma’nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab qolish va esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. Birinchi sinfdan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana boshlaydi. O‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga tushirish ham barobar talab etiladi. Metodika qismi. Davlat test markazining maxsus fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirish bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan o‘smirlarning aqliy salohiyatini aniqlash testi. 1. Test topshiriqlarining qo‘llanish maqsadi. Ushbu test topshiriqlari xalqaro qabul qilingan metodikalar yordamida talabgorlar (o‘quvchilar, abituriyentlar, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar va boshqalar)ning mantiqiy fikrlash (intellektual qobiliyat) darajasini aniqlashga mo‘ljallangan test sinovlarida qo‘llaniladi. 2. Test topshiriqlarining mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qarori; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori. 3. Test topshiriqlarining mazmuni Mantiqiy fikrlash (intellektual qobiliyat) darajasini aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari quyidagi xalqaro metodlar asosida shakllantiriladi: - Raven (noverbal intellektni aniqlash); - Ayzenk (intellektual koyeffitsentni aniqlash); - Amtxauer (intellekt tuzilishini diagnostika qilish; - Veksler (IQ ni baholash, umumiy intellekt va uning tarkibiy komponentlarini diagnostika qilish). Test topshiriqlari talabgorlarning mantiqiy fikrlash (intellektual qobiliyati) darajasini aniqlashga qaratilgan. Ular talabgorlarning mantiqiy fikrlash, mantiqiy ketma-ketlik va mantiqiy bog‘liqlikni to‘g‘ri anglash, dalillarni solishtirish va ular o‘rtasidagi aloqani aniqlash, tushunchalarni tasniflay olish qobiliyatini tekshiradi. 4. Test topshiriqlarining turlari Test variantida test topshiriqlarining quyidagi turlaridan foydalaniladi: - Y1 –bitta to‘g‘ri javobga ega yopiq test topshirig‘i; - Y2 –bir nechta to‘g‘ri javobga ega yopiq test topshirig‘i; -Y3 –moslashtirishga asoslangan yopiq test topshiriqlari; Y4 – dixotom test topshiriqlari (“to‘g‘ri-noto‘g‘ri”); O1 – qisqa javobli ochiq test topshirig‘i. Test varianti asosan (Y1) to‘rtta javob variantli, bitta to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlaridan iborat bo‘ladi. Izoh: Aprobatsiya natijalariga ko‘ra qolgan (Y2, Y3, Y4 va O1) test topshiriqlari turlari ham joriy etilishi mumkin. Xulosa 1. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ilk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predm etlarni izchil, tizim li ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predm etning qandaydir bir ko‘zga tashlanib turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predm etlarni shu belgilariga ko‘ra taniydi. 2. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga o‘tishda namoyon boladi, endi u predmetning bolaklarini ushlab ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5—3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bolgan juda ko‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha 2,5—3 yoshli bola 5—6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bolishi sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. 3. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4—5 yoshlar hisoblanadi. Bola 3 yoshigacha o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga boglagan holda tez o‘zlashtiradi. Idrok o‘ssa, xotira takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. 4. Ilk yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bolsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning ko‘p chalglshi bu yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan boladigan yangi o‘zgaruvchilarga muhtoj bolib turadi. Ammo obyektga bolgan qiziqish qancha aniq va ravshan bolsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror boladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan boladi. Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib bolgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qolsa, diqqatini qolidagi qo‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Download 143.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling