1. Bo’lim Jumlalar… Atrofim minglab jumlalarga to’la. Balki da millionlarcha. Ibodatxona, mayonez, anor


Download 57.26 Kb.
bet2/2
Sana14.04.2023
Hajmi57.26 Kb.
#1356959
1   2
Bog'liq
ichim ohangi

3-Bo’lim
Umid qilamanki, boshqalardan farqli ekanimni biroz bo’lsada angladingiz. Aslida fikrlash va xotirlashda hech qanday muommoga uchramasligim, lekin hech narsa qilolmasligim meni ancha tushkunlikka tushirardi, asablarimni eng tepa nuqtagacha bezovtalantirardi.
Men juda kichikligimda, hali bir yoshga ham to’lmaganimda, dadam menga momiq mushuk olib kelgandi. Oppoq va yumshoq edi. Va domboq chaqaloq uchun g’ijimlay oladigan hajmga ega edi. Pastda, yashil gilam ustida, kamarlar qurshovida o’tirgan holimda unga mutanosib bo’lgan divanni hijjalarkanman onam o’yinchoq mushukchani qo’limga tutqazdi, men kuldim.
‘’Qara, dadajoning senga qanday ajoyib o’yinchoqqina keltiribdi,’’ deya kattalarning bolalarga qiladigan ingicha erka ovozida ming’irlandi.
O’yinchoqqina nimasi bo’ldi? Haqiqatlarni yaratish qiyin bo’lgani yetmagandek endi bunday to’qima so’zlar ustida ish olib borishim kerak edi!
Ammo mittigina mushukchaning mo’ynasini, yengil hafifligini sevgandim. Keyin u pastga tushib ketdi. Dadam ikkinchi bora qo’limga tutqazdi. Uni tutib bag’rimga bosishni istagandim-u ammo u yana takror yerga tushdi. Asabiylashib yig’lashga tushganimni xotirlayman.
Dadam, ‘’ Yana sinab ko’r shirinim,’’ dedi. Ovozidan esa mahzunlik oqib kelardi. ‘’Uddalay olasan’’ dadam bilan onam mushukni takror takror qo’limga tutqazishda davom etardi. Faqat har safar kichkina barmoqlarim uni qamray olmagach bechora mushukcha qayta-qayta gilam ustiga dumalayverardi.
Natijada gilamga men ham dumalab yiqildim, balki aynan shu sabab bu gilamni juda yaxshi eslasam kerak. Yaqindan qaraganimda yashil va xunuk edi. Bunday junli gilamlar men tug’ilishimdan oldin urfda bo’lgan. Biron kishi kelib meni yotgan joyimdan turg’azib qo’yishini kutarkanman iplarining qay tarzda to’qilganini o’rganib olishim uncha ancha imkoniyatim bo’ldi. Boshqa tarafga aylana olmaganim sabab qutqaruvchim kelgunicham junli gilam, va yuzimga o’rnashib qolgan soya suti hidi bilan yuzma yuz yolg’iz qolgandim.
Onamning quchog’ida bo’lmagan paytlarim ota-onam meni yostiqlar qo’rg’onida qoldirishardi. Faqat derazadan kirayotgan quyosh nurlari bo’ylab suzayotgan chang zarralarini tomosha qilishdan miyam portlayozgandi. Yuzustu yerdeydim. Birontasi kelin meni yupatib va takror yostiqlarga suyagunicha, ovozim yetgunicha yig’lardim. Va bir necha soniya o’tgach yana yiqilardim.
Keyin dadam kulgili bir narsalar qilishga urinar, masalan, Susam Ko’chasi2dagi qurbaqaga o’xshab sakrashga urinar va meni kuldirardi. Yiqilishni xohlamasdim, xatto buni hayolimning bir chekkasidan bo’lsada o’tkazmasdim. Lekin uddalay olmasdim, muvozanatim yo’q edi. Sira yo’q edi.
U paytlar meni hali nima bo’lyotganini farqiga yaxshi bormasdim, lekin dadam barchasini yaxshi anglagandi. Hammasini ichiga yutar, meni bag’riga olib o’sha mitti mushukka yokida e’tiborimni tortgan nima bo’lsa o’shanga yaqin olib borardi, shu tarzda ularga o’n martalab teginishim mumkin edi.
Dadam men bilan gaplashayotib, ba’zan o’z jumlalarini aralashtirsa ham onamga o’xshab chaqaloqlar tilidan foydalanmasdi. Doim o’smir biri bilan gaplashayotgandek, huddi men uni gaplarini anglayotgandek suhbatlashardi. Haq edi.
Sassizgina, ‘’Hayoting oson kechmaydi, Melodyginam,’’ degandi. ‘’Agar o’rnimizni almashtirish imkoni bo’lganida, o’sha zahoti qilgan bo’lardim. Buni bilasan a?’’.
Men javob tariqasida ko’zlarimni pirpiratib qo’ygandim xolos. Nima deyishni istaganini esa juda yaxshi anglagandim. Ba’zida dadamning yuzlari ko’z yoshidan namlangandek tuyulardi. Oqshomlari meni quchog’iga olib qulog’imga yulduzlar, oy va oqshom shamoliga oid bir narsalarni pichirlardi.
‘’Samo uzra sochilgan yulduzlar faqat sen uchun nur sochyapti, bolajonim’’ derdi. ‘’Shu porlayotganlarning mushtashamligiga nazar sol! Shamolni his qilyapsanmi? Oyoq barmoqlaringni qitiqlashga urinayotgandek.’’
Gohida onam o’jarlik bilan o’rab-chirmagan adyolini ochib yuzimda yoki oyoqlarimda quyoshning zarrin nurlarini, iliqligini his qilishimni ta’minlardi.
Ayvonimizga qushlar yemakxonasini tashkillashtirib qo’ygandik. Oilaviy birga o’tirib uyerga qushlar to’planib don yeyishini zavqla tomosha qilardik.
‘’Shu qizili Kardinal nomli qush,’’ dedi va ‘’Anavisi tepalikdagi kashtan qarg’asi, bir birini unchalik yoqtirmaydilar.’’ Va qiqirlab kulardi.
Dadamning menga eng ko’p qiladigan ishi qo’shiq aytib berish edi. Yesterday va I Wanna Hold Your Hand kabi qo’shiqlar uchun maqtovga arzigulik mukammal ovozi bor edi. U ‘’Beatles’’ni juda yoqtirar. Yo’q, oila yaratishga va nimani, nega yaxshi ko’rishingni farqlashning imkoni yo’q.
Qulog’im nimalarnidir tuyishga doim hozir edi. Dadam mashinani ko’chadan tepa tomon haydagan damdagi ovozi, uni avto turargohga joylashtirishi, uyning kalitini topish uchun cho’ntaklarini titkilagandagi shitir shitir ovozlarni xotirlayman.
Kalitlarni har safar zinaning ilk pog’onasiga otardi, keyin muzlatgich eshigi ochilganini sezardim, kamga ikki marta. Bosh maqsadi ichishga sovuq narsa olish, navbat esa bir bo’lak Munster pishloqqa. U pishloqni juda sevadi. Oshqozon hazm qilish sistemasiga unchalik to’g’ri kelmasa ham! Kamiga oshqozoni buzilar va hech birimiz sevmaydigan ‘’portlash’’larga sababchi bo’lardi. Ishda payti hayronman qanday o’zini nazorat qiladi, lekin uyga kelishi bilan o’zini sarbast qo’yardi. Ilkini zinaning ilk pog’onasiga qadam qo’yishi bilanoq boshlab yuborardi.
Qadamlar, pirrrt!
Qadamlar, pirrrt!
Qadamlar, pirrrt!
Xonamga kelganida men kulyotgan bo’lardim, u esa yonimga uzanib menga o’pich tuhfa qilardi. Nafasi har zamon yalpiz iforidek taralardi.
Bo’sh vaqti bo’ldi deguncha menga kitoblar o’qir, charchagan bo’lsa hamki, bir ikki kitob tanlar, men esa Where the wild Things Are3 yoki The Cat in the Hat4ning yaratgan qorishiq dunyoga ketishni istardim.
Ehtimol jumlalarni dadamdan oldin o’rgangandirman. Goodnight, Moon5, Make Way for Duckling6. yana bir qator kitoblar. Dadamning menga tanishtirgan kitoblaridagi butun kalimalar ichimga umrlik muhrlanayotgandi.
Biroz g’alati tuyilishi mumkin, ochiqchasi, miyamning ichida fotografik kamera joylashganiga aminman. Go’yo kameram kun-u tun yoqilgan, eshitgan, ko’rgan neyim bo’lsa barchasini saqlab qolish uchun atigi bittagina chaqnash va bumm! Jarayon tugadi! Asar tayyor!
Bir safar PBS7da dohiy bolalarga aloqador programma tomosha qilgandim. Bu bolalar navbatma navbat turli hil aralash filmlarni eslay olishar, so’zlarni, rasmlarni aralashtirib yana oldin o’z holidek terishar va uzun uzun she’rlarning tog’ri kelgan joyidan parchalarni yodlab aytib berisha olardi. Huddi mendek.
Ora orada reklamalarda ko’rinadigan telefon raqamlarni, mail adreslarni va web sahifalarni eslab qolardim. Agar pichoq tortmasiga yoki mukammal ruhiy mashqqa ehtiyojingiz bo’lsa kerakli ma’lumotlar papkada.
Butun programmalardagi boshlovchilarning ismlarini, qaysi kanalda soat nechida efirga berilishini va qyasi biri takror qo’yilayotganini bilaman. Hatto reklamalarda maqtaladigan dialoglar ham esimda.
Ba’zam miyamda bittagina ‘’O’chirish’’ tugmachasi bo’lishini istardim.
Aravachamni o’ng tomonida boshqarishim oson bo’lsin uchun dastakka o’rnatilgan masofadan boshqarish pulti bor. Chap tomonida esa radyoning pulti. Bilagim yokida barmoqlarim bilan boshqarib kanallarni istaganimcha o’zgartira olaman, bu esa menga o’zgacha bir zavq bag’ishlaydi. Yigirma to’rt davomida kurash tomosha qilish yoki xarid kanallariga davomiy termulib qolish sizni rosmanasiga aqldan ozdirishi mumkin da albatda. Dasturlar ovozini o’zim xohlagan tarzda sozlashim mumkin, kimningdir himmati tutib qolib DVD playerga disk joylab bersa bu yanayam a’lo bo’ladi. Dadam tarafidan olingan videolarni bir nechta marta ko’rganman.
Asosan, men kabel orqali ko’rsa bo’ladigan qirol va ularning fathlari, doktorlar yoki ularning yangi kasalliklarga topgan davolari haqida yangiliklar beriladigan kanallarni sevaman. Vulqonlar, kit hujumlari, ikki boshli tug’ilgan itlar va Misrdagi mumiyolarga aloqador hujjatli filmlarga qiziqishim yuqori. Hammasini yodlay olaman, butun uzun qisqa jumlalarigacha.
Ammo bularning menga biror foydasi yo’q. mendan tashqari kimsa buni sezolmaydi. Hatto tuqqan onam ‘’onalik instinktiga’’ ko’ra ba’zi narsalarni farqlolganini hisobga olmasak, u ham tahmin qilolmaydi. Bu hislarning ham o’z chegaralari bor, albatda.
Hech kim meni tushunmaydi. Hech kimsa… Bu meni aqldan ozdiradi.
Ba’zan o’zim istamagan holda nazoratimni yo’qotaman. Haqiqatan achchiqli. Qo’llarim va oyoqlarim bo’ronda qarovszi qolgan daraxt shoxlaridek qattiq qattiq silkinadi. Hatto yuzlarim ham zilzilada qolgandek titrayveradi. Bu vaziyatimda nafas olishim ham og’irlashadi ammo ovoz chiqarib baqirishim uchun nafas olishim kerak. Buning bir o’ziga hos rohati ham bor, qandaydir tassalliga ham o’xshaydi, tezda uyquga toldiradi.
Men ularni-bo’ron portlashi- deb nomlaganman-umrimning bir parchasi. Ishga tusholmagan har bir qism, o’zini shu onda ostin-ustun tarzda reclama qilishiga oshiqib qoladi. Odamlarni qo’rqitishimni bilaman, ammo juda juda istasam ham bularni to’htatib qololmayman. O’zimni yo’qotaman. Bir onda butun borliq ko’zimga jirkanch ko’rinadi.
Bir safar, to’rt yoshni qarshilagan chog’imda, onam bilan sutdan tortib, to’rva xaltagacha topiladigan ajoyib bir katta do’konga borgandik. U paytlar xarid uchun mo’ljallangan aravaga sig’adiganchalik kichkina edim. Onam doim har qanday holatga hozirlikli bo’lardi, yiqilmasligim uchun atrofim zich qilib yostiqchalar joylashtirgandi. Hammasi yaxshi ketayotgandi; hojatxona qog’ozi, tish pastasi, sovun va kir yuvish kukuni olarkanmiz atrofni tomosha qilishdan zavqlanardim.
Ve keyin o’yinchoqlar bo’limida ularni ko’rdim. Uzoqdanoq porlayotgan paketlar ichida plastic bloklar. Bugun ertalab aynan shu o’yinchoqlar haqida tezkor yangiliklarda eshitgandim: tarkibida qo’rg’oshin aralashgan bo’yoqlar bilan bo’yalgani uchun sotish ta’qiqlangan edi. Yangiliklarga ko’ra ulardan foydalangan bir nechta bola allaqachon zaharlangan va kasalxonada muolaja qilinayotgan ekan. Ammo mana haliyam ular javonda chiroyli tahlangancha savlat to’kib turibdi.
Ularga ishora qildim.
Oyim: ‘’Yo’q qizalog’im, o’yinchoqlaring ko’p. hozir bular kerak emas’’ derdi.
Men yana o’yinchoqlarga ishora qildim, baqirib tepinardim.
Oyim esa kuchli bir qat’iyat bilan ‘’Bo’lmaydi kerakmas’’ dedi. ‘’Ortiq meni oldimda asab hurujingni qilmaysan!’’.
Men u bloklarni istamagandim, shunchali ularning xavfli ekanini tushuntirishga uringandim. Yana bolalarning zararlanmasligini va hammasi bundan habar topib bir birini ogohlantirishini istagandim. Yagona qilolganim, baqirish, tepinish va ishoratlash bo’lgandi xolos. Anchayin baland va g’aroyib shaklda.
Oyim o’yinchoqlar bo’limidan aravachani katta tezlik bilan olib chiqib ketdi, ‘’Ovozingni pasaytir’’ deya menga to’xtovsiz baqirardi.
Uddalay olmadim. Ichimdagi dardimni anglata olmaslik meni yanayam g’azablantirdi. Va yana o’sha bo’ronim boshlandi. Bir qo’lim kaltaklash atyoqchasiga, oyoqlarim esa qilichga aylandi. Tinimsiz achchiq qiyqiriqlar bilam haliyam o’sha bloklar tahlangan tarafga ishora qilardim. Oyim do’kon eshigiga keldi, meni dast ko’tarib oldi va harid uchun tanlangan nima bo’lsa hammasini joyida qoldirdi. Mashinamizga yetib kelganimizda esa ko’zi jiqqa yoshga to’la edi. Meni maxsus o’rindig’imga o’titg’izarkan, ‘’Sening darding nima o’zi’’ deya alamli chinqirib yubordi.
Aslida bu savolining javobi o’ziga ham kundek ravshan edi lekin bu holatim har doimgidan farq qilyotganini ham yaxshi bilardi. Yutindim, burnimni tortdim va nihoyat biroz sokinlashgandim. Do’kon hizmatchilari habarlarni tomosha qilishini chin dildan tilardim.
Uyga kelishimiz bilanoq oyim doktorga g’ayritabiiy qiliqlarim haiqda ahborot yetkazdi. U esa tinchlantiruvchi dori jo’natdi, ammo onam menga ichirishni lozim topmadi. H Chunki huruj o’tib ketgandi.
O’sha kun nimani tushuntirmoqchi bo’lgnimni menimcha onam zarracha ham anglamagandi.
4.Bo’lim

Shifokorlar. Qayeridan boshlasam ekan? Shifokor4lar haqiqatan meni tushunishmaydi. Onam hamshiralar bilan bir tilde gaplashadi deb o’ylayman, ammo ular men bilan qaysi tilda gaplashish kerakligini mutlaqo bilishmaydi.


Hayotim davomida meni da’volashga, tashxislar qo’yishga harakat qilgan o’nlab shifokorlarni ko’rdim. Ularning birortasi meni davolay olmaydi, shu sababli o’zimni hech narsani farqini bilmaydigan aqli zaif qizdek tutishga urinaman. Devorga bema’no tikilgancha, berilayotgan savollarni zarra qadar tushunmayotgandek qilib ko’rsatishga zo’r berib kirishib ketaman. Aslida ular mendan kutayotganlari ham shu reaktsiya.
Besh yoshga to’lganimda, maktabga chiqish vaqtim yetib kelgan edi. Onam mening aqliy salohiyatimni tekshirib ko’rish uchun maxsus doktor huzuriga olib bordi. Nogironlik aravachamni xonaga olib kirib, harakatlanmasligi uchun tormozni qulflab qo’ydi va kamarimning bog’langan bog’lanmaganini ham tekshiruvdan o’tkazdi. Belbog’im yechilib qolgudek bo’lsa- ba’zan – pishgan spagettiga o’xshab o’rnimdan siljib sirpanib tushardim.
Mutaxassis shifokor davdali odam edi. Ko’ylagining eng so’ng tugmasi qadalmagan, kindik aralash qorin kamari ustidan oshib turgandi. Jirkanch edi!
Gurillagan ovoz bilan, ‘’Mening ismim Doktot Higli8’’ dedi.
Bari haqiqat. Men o’zim bunday narsani to’qib chiqara olmayman.
‘’Hozir sen bilan bir o’yin o’ynaymi, kelishdikmi? Sen bu o’yinchoqlarni o’ynayotganingda senga ba’zi savollar beraman. Men aytdi deysan juda maroqli bo’ladi’’.
Uzoq, juda juda uzoq vaqt olishini bilgandim.
Bir necha marta foydalanilgan, yaxshi gumon qiladihan bo’lsak, qo’rg’oshin aralashtirilmagan tahta bloklar olib keldi. U menga shu qadar yaqin egildiki, natijada uning yuzidagi mayda teshikchalarga ham guvoh bo’ldim. Jirkanch juda jirkanch edi. Eshitishda biror muammoyim bordek, shu bilan birga huddi dahoga murojaat qilayotgandek ‘’Bularning o’lchamiga ko’ra tahlay olasanmi?’’ degan jo’n bir savol bilan menga yuzlandi.
Bu ahvolda kim aqilliroq edi, ajabo? Bloklarni qo’limga tuta olamasligimni bilmasmidi? Tabiiki qaysi blok qaysinisidan katta ekanini ajrata olardim. Faqat evaziga pul bersa ham ularni tahlab qo’ymasdim. Hammasini yerga itarib uloqtirib tashladim. O’zimni go’yoki sadaqa bergandek hisn qilardim. Doctor engashib shosha pisha ularni yig’arkan kulib yubormaslik uchun o’zimda zo’rg’a kuch topayotgandim. Har biriga qo’l uzatarkan pishillab pishillab nafas olishi eshitilardi.
Keyin esa har hil ranglarga bo’yalgan yarqiroq kartochkalar ko’rsatdi. ‘’Melody, moviy rangni tanigan zahoting menga ishora qil, iltimos’’ dedi. Ovoz to’nidan esa ‘’Bu bola shunchaki vaqtimni isrofi bo’ldi’’ ifodasi ufurib turardi.
Moviy rang kartochka kelganida ‘’Moviy’’ga o’xshagan bir sas chiqardim.
“Qoyil! Barakalla! Ajoyib!’’ deya qichqirib yubordi. Huddi Universitet imtihonlarini 100 foiz to’g’ri bajargan odamga qiyoslab meni maqtayotgandi. Agar ko’zlarimni aylantira olsam, ishoning buniyam qilardim.
Navbatdagisi yashil kartochka edi, bir siltanib ovoz chiqardim ammo bu ovoz ichimga singib ketgandi. Uning hafsalasi pir bo’lgandi.
Yon daftarchasini ochib nimalarnidir qayd etdi va biroz baland ovozda ‘’Endi senga bir nechta savollarim bor Melody. Bular biroz qiyin bo’lishi mumkin ammo qo’lingdan kelganicha javoblashga harakat qil, xo’pmi?’’ dedi.
Shunchaki unga bir nazar tashladim va oldimga kartalar saf tizgunicha jimgina kuzatdim.
‘’Birinchi raqam, ulardan qaysi biri farqli?’’
Oldimga tizib qo’ygan rasmlardan birida pomidir, birida olcha, yana birida esa qizil dumaloq shar, boshqasida esa banan chizilgandi. Ehtimol u javob tariqasida qizil sharni tanlashimni kutgandi, lekin bu juda oson bo’lib qolardi. Shunday qilib men bananga ishora qildim, chunki uning uchi qizg’ish va dumaloq edi, haqiqiy banan emasdi.
Doktor chuqur xo’rsindida, o’sha qora daftariga yana nimalarnidir qayd etib qo’ydi. ‘’Ikkinchi raqam’’ deya yana to’rtta karta ko’rsatdi. Bu safargilarning birida sigir, birida tuya, kit boshqasida esa fil aks ettirilgandi. ‘’Qaysi hayvon buzoq tug’adi?’’.
Animal Planeti davomiy kuzatib borardim. Ko’rsatayotgan hayvonlarining deyarli hammasi buzoq dunyoga keltirardi. Shifokor ham sal zehnini ishlatishi kerak degan hulosaga kelgandim. Nimayam qila olardim? Har bitta rasmga sekingina diqqat bilan teginib ko’rdimda, yana bir marta ishonchim komilligini tekshirib ko’rish uchun boshidan qayta ko’z yugurtirdim. Ammo ular buni tushundi deb umid qilmayman.
Daftariga yana bir narsalar yozayotib ‘’sigir’’ deb ming’irlaganini sezdim. Mendan umidini uzgani tayin edi.
Kitob javonida Goodnight, Moonning nusxasi borligini payqadim. Tahmimcha, ispancha yozilgandi. Sarlavhasi Buenas Noches, Luna edi. Bir martagina qo’limga olib ko;z yugurtirish aslida yaxshi fikr edi ammo bu istagimni ularga ochiqlash anchayin mushkul masala bo’lardi.
Susam ko’chasi va Kosif Dorani bir million marta tomosha qilganim va ispan kanallarini kuzatib nechtalab soatlarimni o’tkizganim sabab agar biroz sekin gapirilsa ispanchani ham tushuna boshlagandim. Kitoblar sarlavhasini ham yaxshigina o’qiy olgandim. Ammo doctor bunga aloqador biror narsa so’rashni hayoliga ham keltirmagandi.
Millionlarcha qo’shiqlarning so’zlarini vanotalarini yod olgandim, miyam ichida mendan boshqa kimsa eshitolmaydigan bir simfoniya kuy chalayotgandi. Lekin shifokor musiqa bilan aloqador birin narsa so’ramasdi. Mening yoshimda bilishi tabiiy hol bo’lgan barcha ranglarni, shakllarni va hayvonlarning isimlarini juda yaxshi bilardim, xatto ziyodasi bilan. Miyam ichida birdan mingga qadar, yoki mingdan birga qadar yanglishmasdan sanay olardim. Ko’rar-ko’rmasdan yuzlab so’zlarning ma’nosini bilardim. Ammo bularning barchasi ichimda qulfangan edi.
Dr Higli salkam bir million yil universitetda o’qigan odamdek ko’rinishiga qaramasdan, ichki dunyoyimni o’qiy oladigan darajada zehni o’tkir emasdi. Shunday qilib men nogironlik niqobimni taqib olib, o’tgan yozda ota-onam bilan hayvonot bog’iga borgan damlarimizdagi xotiralarimga cho’kib ketdim. Fillarni juda yaxshi ko’raman ammo hidlariga gap bo’lishi mumkin emasdi. Bu haqda so’z ochmay qo’ya qolay. Aslini olib qarasak doktor Higli menga ulardan birini eslatayotgandi. Doktor ko’rik natijalarini yozarkan bizni kutish xonasiga kuzatayotganida yuzimdagi kulguga nima sabab bo’lganini na onam na qadrli shifokorimning kichkina bo’lsada biror fikri bor edi. Uning xulosalashi ko’p vaqtga cho’zilmadi.
Kattalarning meni hech narsani eshitolmaydi deb o’ylashlari doim ajablantirib keladi. O’ylashimcha, kamiga ular meni ko’rinmas odam hisoblashlari yetmagandek, aytilayotgan gaplarini tushunmaydigan darajada sust aqlga ega deb bilishadi. Bu shaklda juda ko’p narsalar o’rganib olgandim. Lekin bu safargi suhbat chindan ham eng barbodi edi. Shifokor biroz bo’lsada so’zlarini yumshatib gapirmaganligi sabab, onam go’yo yuk mashinasi urib ketgandek ahvolga tushib qolgandi.
Bo’g’zini biroz qirdida, ‘’Broks xonim’’ deya gaoini davom ettirdi. ‘’Mening xulosalarimga ko’ra, Melodyda jiddiy miyya shikastlanishi mavjud va ruhiy jihatdan anchayin nogiron’’.
Hanuz besh yosh bo’lishimga qaramasdan, Eeaster Seals9 xayriya dasturlarini ko’p ko’rganim bois, buning yomon habar ekanini anglab yetgandim. Bu haqiqatan daxshat edi. Ichimda qandaydir o’zgarishlar bo’layotganini his qilayotgandim.
Onam nafasini ichga yutib bir necha daqiqa og’iz ochmadi. Nihoyat bir chuqur nafas oldi-yu, ohista, ‘’Ammo men Melodyning zehnli qiz ekaniga ishonaman. Buni uning ko’zlaridan o’qiy olaman’’, deya qarshi fikr bildirdi.
Doktor Higli, ‘’Siz uni yaxshi ko’rasiz. Ona sifatida bu qarorga kelishingiz odatiy hol’’ dedi muloyimgina ohangda.
‘’Yo’q, unda bir nur bor. Men buni his qilaman.’’ deya keskin e’tiroz bildirdi onam yana ham dadilroq ovozda.
‘’Sevimli farzandingizning noqisliklarini boricha qabul qilish, ko’nikis albatda sizdan biroz vaqt talab qiladi, Brooks xonim. Unda miya falaji bor.’’
Onam sovuqqqonliuk bilan ‘’Men qizimni qiynayotgan dard nimaligini bilaman’’ dedi. ‘’Ammo bir inson tashxis jadvalidagi tahminlardan ko’ra ahamiyatliroqdir’’.
‘’Yaxshi, bir sinab ko’ring’’ dedim ichimdan. Lekin uning ovoz kuchi sustlashdi va umidsizlikning yumshoq botqog’ig’a cho’kib ketayotgandi.
‘’U hazillarga kuladi’’, deya gapida davom etdi. Sasidagi sovuqlik umidsizlikka o’rin bo’shatib bergan edi. Ovozi yanayam zaiflashdi. Bu holat hatto menga erish tuyulyotgandi. Mening qobilyatlarimni, ichimdagi zehnimni ifodalab berish uchun kerakli jumlalar topa olmayotganini anglayotgandim.
Doktor Higli yuzini onamdan men tomonga burdi. Boshini chayqab ‘’Kula olgani uchun g’oyatda omadlisiz, ammo Melody hech qachon o’z holicha mustaqil yura olmaydi, bir dona bo’lsa ham jumla qurolmaydi, also o’zi ovqatlanolmaydi, ehtiyojlarini yolg’iz o’zi hal qilolmaydi va oddiy soda ishoralardan boshqa hech narsani anglab yetmaydi. Bu haqiqatlar bilan yuzlashgan paytingiz ko’nikishga majbur bo’lasiz,’’ dedi. Bu u uchun oddiy tushuntirish edi.
Onam odatda hech yig’lamasdi ammo o’sha kun chindan o’ksib o’ksib yig’ladi. Yig’ladi, yig’ladi va yana yig’ladi. Doktor Hugli bir quti to’la salfetka berishiga to’g’ri keldi. Ikki ham menga e’tibor qilmay qo’yishdi. Onam ho’ngrab ho’ngrab yig’lar, shifokor esa unga tasalli bo’la oladigan so’zlar topishga urinardi. Uning qilgan ishi hech qanday maqtovga sazovor emasdi.
Nihoyat u bir nechta variant topa oldi. ‘’Siz va turmush o’rtog’ingiz qaror bersa bo’ladigan bir nechta tanlovlar bor. Qizingizga uyda ta’lim berishingiz yokida nuqsoni bor bolalar uchun tuzilgan maxsus maktablarga joylashtirishingiz mumkin. Kamiga bu viloyatda bundan yaxshi imkoniyatingiz bo’lishi mumkin emas, menimcha’’.
Menga o’xshagan bolalarni tasvirlash uchun bu qadar chiroyli jumlalarni qayerdan topishar ekan a?
Onam mushuk miyovlashiga o’xshash sas chiqardi. Nazoratini yo’qota yozgandi.
Doktor Hugli gapida yana davom etaverdi: ‘’Shuningdek, Melodyni o’zini yanada yaxshi his qilishi uchun maxsus mehribonlik uylaridan biriga joylashtirishingiz mumkin.’’
Sarlavhasida bir bolakayning nogironlar aravachasida o’tirgan rasmi joylangan rang barang risolani onamning qo’liga tutqazdi. Onam broshyurani olarkan seskanib ketdim.
‘’Ko’ramiz’’ dedi onam. “Melody endigina besh yoshida, yangi muhitga moslashib ketishi uchun ideal yosh. Siz va eringiz hayotingizni kelgan joyingizdan davom qildirib ketaverasiz, u ham sizlarga ortiqcha yuk bo’lmaydi. Vaqt o’tishi bilan sekin sekin xotiralaringiz ham o’chib ketadi.’’
Xavotir bilan onamga termuldim. Hali ularga yuk bo’ldimmi? Jo’natilishni sira istamasdim. Balki men ularning hayotida paydo bo’lmaganimda, yanayam yaxshimidi? Bir sovuq yutindim. Qo’llarim muzlab borayotgandi.
Onam menga qiyo boqmasdi. Ko’zlarini doktor HUgliga to’g’ri yo’naltirgandi. Qo’lidagi salfetkani burishtirib tashladi va shartta oyoqqa turdi. ‘’Sizga bir narsa aytaymi Doktor.Hugli na jahannamda na da jannatda Melodyni mehribonlik uyiga jo’natish ehtimolimiz bor!’’


1 Amerikan musiqa guruhi

2 Susam ko’chasi 1969 yidan beri Amerikan PBS kanalida taqdim etilgan ta’limga yo’naltirilgan bolalar programmasi. Turkiyada TRT tarafidan 80 yillar ohirida ikki mavsum mobaynida turkcha ko’rinishi ekranga berilgan.

3 Mavrica Sendakning ham yozib ham rasm joylashtirgan bolalar va ilk marta 1963 yilda nashr qilingan bolalar kitobi.

4 Dr.Seus tarafidan yozilgan va ilk marta 1957 yilda nashr qilingan bolalar kitobi.

5 Margaret Wise Brown tarafidan yozilgan va ilk marta 1947 yilda nashr qilingan kitobi.

6 Robert McClockseyning ham yozib ham rasmlagan va ilk marta 1941 nashr qilingan bolalar kitobi.



7

8 (Ing) Higli: dev kabi (v,b)



9 1919 yilda autism va boshqa alohida yordamga ehtiyoji bo’lgan bolalar va kattalar uchun tashkil qilingan xayriya jamg’armasi

i

Download 57.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling