1 Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompotentsiyaviy yondashuv
Konsentrlar (10 100 1000va kop xonali sonlar)boyicha nomerlashga orgatish metodi
Download 133.52 Kb.
|
1 Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompotentsiyaviy yo-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sahnalashtirilgan masalalar.
- Ko‘rgazmali masalalar.
6 Konsentrlar (10 100 1000va kop xonali sonlar)boyicha nomerlashga orgatish metodi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda turli masalalarning o‘rni katta. Biz quyida anna shunday masalalarning ayrim turlariga to‘xtalib o‘tamiz. Sahnalashtirilgan masalalar. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e’tibor beriladi. Bu masalalarda bolalarning kuzatgan, ko‘pincha o‘zlari bevosita bajargan harakatlari aks ettiriladi. Bu yerda savolga javob berish emas, balki bu berilgan sonlar ko‘rgazmali asosida ko‘rinib turishi mumkindir. Birinchi sinf bolalari ko‘pincha masalani echishni bilmaydilar, chunki ular u yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo‘lishib oldi, sovg‘a qildi va hakozo)so‘zlarning ma’nosini tushunmaydilar. SHunning uchun maktabda, tayyorlov guruhida u yoki bu harakatni ifoda etuvchi so‘zlarni mazmunini ochib berishga alohida e’tibor berish kerak. SHu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini hisobga olish kerak. Bunda qarama- qarshi harakatni: keldi-ketdi, yaqin kelishdi-uzoqlashdilar, oldi-berishdi, ko‘tarishdi-tushirishdi, olib kelishdi- olib ketishdi, uchib ketishdi nazarda tutuvchi yig‘indi va qoldiqni topishga oid masalalarni taqqoslash maqsadga muvofiqdir. Ko‘rgazmali masalalar. Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to‘g‘risida gapiriladi, hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Rasm bo‘yicha birinchi masalani o‘qituvchining o‘zi tuzadi.U bolalarni rasmlarni ko‘rib chiqishiga, berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelgan hayotiy harakatlarni ajratib olishga o‘rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan bola tasvirlangan, u 1 ta sharni qizchaga bermoqda. Rasmni ko‘zatayotib o‘qituvchi: Bu erda nima tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta shar bor? U nima qilmoqda? Biz nimani bilamiz? Masalani shartini tuzing. Nima haqida so‘rash mumkin? deb so‘raydi.O‘qituvchi berilgan sonlarni o‘zgartirib, bolalarni ayni bir mavzuda har xil mazmundagi yig‘indi va qoldiqni topishga oid masalalarni o‘ylab topishga, hikoya qilishga o‘rgatishda foydalanadigan hohlagan mazmundagi rasm asosida masala tuzishga undaydi. Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan echilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida echiladigan masalalarga murakkab masalalar deyiladi. Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin. 1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng daraxt shoxida 4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi? 2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan edi, bir nechta qush uchib ketgandan so‘ng 2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi? Sodda masala orasidan bevosita ifodalangan masala ajratilgan. 1-masala. Bir qutida 8 ta olma bor bu olmalar ikkinchi qutidan 5 ta ortiq. Ikkinchi qutida nechta olma bor. Yechish:8-5=3 ta (olma) Javob: ikkinchi qutida 3 ta olma bor. 2-masala. Vali 6 ta quyon rasmini chizdi. Valini chizgan rasmlari Zokirni chizgan rasmlaridan 2 ta ortiq. Zokir nechta quyon rasmini chizdi? Yechish: 6-2=4 ta. Javob: Zokir 4 ta quyon rasmini chizdi. Sodda masalalardan yig‘indi va qoldiqni topishga doir masalalar. 3-masala.Ahmad 3 ta qo‘g‘irchoq va ikkita koptok rasmini chizdi. Ahmad nechta o‘yinchoq rasmini chizdi? Yechish: 3+2=5 ta. Javob: Ahmad 5 ta o‘yinchoq rasmini chizdi. 4-masala.Zokir olma daraxtidan 7 ta olmani oldi va 3 tasini edi. Zokirda nechta olma qoldi? Yechish: 7-3=4 ta (olma). Javob: Zokirda 4 ta olma qoldi. 5-masala Stol ustida 4 ta qizil qalam bor edi yana unga 4 ta ko‘k qalamni qo‘shdi. Stol ustida nechta qalam bor edi: Yechish: 4+4=8 ta Javob: stol ustida 8 ta qalam bor edi. Amaliy topshiriqlar: 1-masala. Baxtiyor bozordan 4000 so‘mdan kartoshka, 1500 so‘mlik lavlagi sotib oldi. U sotuvchiga 15000 so‘m berdi. Sotuvchi Baxtiyorga qancha qaytim berish kerak? 2-masala. Hisoblash mashinasi bir sekundda 5000 ta sonni qo‘shishi yoki ayirishi ma’lum bo‘lsa, mashina yordamida 3 sekundda nechta shunday hisoblashlarni bajarish mumkin? 3 sekundda-chi? 3-masala. Shoyi to‘qish fabrikasida ish vaqtini tejash hisobiga ishchilar bir soatda qo‘shimcha 6300 m gazlama to‘qish mumkin. Fabrikada bir ish kunida (7 soatda) necha metr gazlama qo‘shimcha to‘qiladi? 4-masala.Bir g‘isht teruvchi bir kunda o‘rtacha 1625 ta, ikkinchisi 1825 ta g‘isht teradi. Ulardan birinchisi 6 kun, ikkinchisi 5 kun ishlagan. Ikkalasi 5 kunda nechta g‘isht tergan? Ulardan qaysi biri nechta ko‘p g‘isht tergan 5-masala.Toshkent va Bekobod shaharlari orasidagi masofa 144 km. Avtobus bu masofani o‘zgarmas tezlik bilan 3 soatda bosib o‘tadi. Yengil mashina esa bu yo‘lni 72 km/soat tezlik bilan bosib o‘tadi. Qaysi mashinaning tezligi katta va qancha katta? 1.Olmani 5 qismdan ko‘pga kesmasdan turib, qanday qilib 7 ta olmani 12 ta qizcha o‘rtasida teng bo‘lib chiqish mumkin? 2. chizmada nechta uchburchak bor? - V uchga ega bo‘lgan uchburchaklarni ko‘rsating. - ushbu uchburchakni to‘rtburchakka aylantirish uchun nima qilish kerak? 1. Nigora buvusiga 14 ta go‘shtli karamli va qovoq somsa olib bordi. Karamli somsa eng ko‘p edi. Buning ustiga ular go‘shtli somsalarga nisbatan 2 baravar ko‘p edi. Go‘shtli somsalar esa qovoqlariga nisbatan ozroq. Qovoqli pirashkalar nechta? 2. Temirchi ustaga 5 ta zanjir bo‘lagini olib kelishdi, har bir bo‘lakda 3 tadan halqa bor edi. halqalar sonini o‘zgartirmay zanjirni butun qilib berishini so‘rashdi. Temirchi 4 ta halqani ulab topshiriqni bajardi. U buni qanday epladi? Masala tuzing va yeching. 1.Uch dugona –Aziza, Iroda va Shaxlo turli rangdagi: ko‘k, sariq va oq ko‘ylaklar kiyib olishgan. Azizaning ko‘ylagi oq emas, Irodaniki esa oq ham, sariq ham emas, aytingchi har bir qizchaning ko‘ylaklari qanaqa rangda? 2.Sut to‘ldirilgan bidon og‘irligi 34 kg, yarim to‘ldirilgani esa 18 kg. Bo‘sh bidon og‘irligi necha kg? 3.Munisa Nodiraga nisbatan bo‘yi pastroq, Kamola esa Nodiraga nisbatan bo‘yi balandroq. Quyidagi savollarga javob bering? Kimning bo‘yi balandroq – Kamolanimi yoki Nodiranikimi? qizchalarni bo‘yiga qarab yozib chiqing. 4.Tarozining bir pallasida katta karam, ikkinchi pallasida esa 2 kilogramli tosh va kichik karam. Tarozi pallalari muvozanatda. Katta karam massasi kichik karam massasiga nisbatan qanchaga ko‘p? 1-masala. Maktab oshxonasiga 65 kg shakar olib kelindi. 5 kun mobaynida har kuni 7 kg shakar ishlatildi. Oshxonada necha kg shakar qoldi. 2-masala. Ikkinchi sinf o‘quvchilari 400 kg, 3 sinf o‘quvchilari esa undan 80 kg ortiq temir-tersak to‘plashdi. 2 va 3-sinf o‘quvchilari birgalikda qancha temir-tersak to‘plashagan? 3-masala. Bir ish kunida topshiriqdan 120 ta ko‘p shisha banka tayyorlandi. Natijada bir kunda tayyorlangan bankalar soni 470 ta bo‘ldi. Reja bo‘yicha bir ish kunida nechta banka taayyorlanishi kerak edi. 4-masala. 3 ta sonning Yig‘indisi 200 ga teng. Birinchi qo‘shiluvchi eng katta ikki xonali son, ikkinchi qo‘shiluvchi esa eng kichik uch xonali son. Uchinchi qo‘shiluvchini toping. 5-masala. Ikki shahardan bir-biriga qarab avtobus va yengil mashina yo‘lga chiqdi. Uchrashguncha avtobus 80 km. Yengil mashina undan 40 km ortiq yo‘l yurdi. Shaharlar orasidagi masofani toping. 6-masala. Bog‘lamdan 18 ta daftar olingandan so‘ng unda olinganiga qaraganda 2 marta kam daftar qoldi. Dastlab bog‘lamda nechta daftar bo‘lgan? 7-masala. Seshanba kuni avtomobil zavodi 520 ta, chorshanba kuni undan 30 ta ortiq mashina ishlab chiqardi. Zavod 2 kunda nechta mashina ishlab chiqargan? 8-masala. Olmaqoqining masasasi yangi uzilgan olma massasasining 1\4 qismini tashkil etadi. 36 kg olmadan qancha olmaqoqi olish mumkin? 9-masala. 3 ta yozgi oromgoqga 990 ta karavot keltirildi. Birinchi va ikkinchi oromgoqlarga birgalikda 680 ta, ikkinchi va uchinchi oromgoqlarga birgalikda 640 ta karavot keltirildi. 990-680; 990-640 ifodalarni hisoblab nimani bilish mumkin? 10-masala. Do‘konga televizorlar, sovitgichlar va kompyuterlar keltirildi. Ularning hammasi birgalikda 296 ta. Shulardan 78 tasi sovitgich, kompyuterlar esa sovitgichlardan 2 marta ko‘p, qolganlari televizorlar. Do‘konga nechta televizor olib kelingan? 11-masala. Masalalarni yeching, ularning shartlarini va yechilishlarini taqqoslang. 1) Do‘konda bir kunda 8 banka olcha murabbosi va shunday 10 banka olma murabbosi sotildi, bunda olma murabbosi olcha murabbosiga qaraganda 4 kg ortiq sotildi. Bir kunda har qaysi murabbodan necha kilogramm sotilgan? 2) Do‘konda bir kunda 16 kg olcha murabbosi va 20 kg olma murabbosi sotildi, bunda olma murabbosi olcha murabbosiga qaraganda 2 banka ortiq sotildi. Agar bankalar bir xil bo‘lsa, har qaysi murabbodan necha banka sotilgan? 12-masala. Bir egatdan 3 qop kartoshka, ikkinchi egatdan shunday 4 qop kartoshka olindi. Hamma kartoshkaning massasi 315 kg. Har qaysi egatdan necha kilogrammdan kartoshka olingan? 13-masala. 4 ta bir xil o‘ram oq ip va 6 ta shunday havorang ip bir xil narxda sotib olindi. Hamma iplar uchun 9 600 so‘m to‘landi. Bir o‘ram ip necha so‘m turadi? Hamma oq ip necha so‘m turadi? Hamma havorang ip necha so‘m turadi? 14-masala. Bir do‘konga 18 yashik, ikkinchisiga shunday 15 yashik sabzavot keltirildi. Ikkinchi do‘konga birinchisiga qaraganda 24 kg kam sabzavot keltirildi. Har qaysi do‘konga necha kilogrammdan sabzavot keltirilgan? Tarqatma materiallar. dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni yozish uchun nechta raqam ishlariladi? 2.Anvar do‘kondan 150 so‘mga bitta qalam, 250 so‘mga bitta ruchka va har biri 250 so‘mdan ikkita daftar oldi. Anvar hammasi bo‘lib necha so‘m sarfladi? 3.Bidondagi sut 5 ta 3 litrli va 5 ta 5 litrli bonkalarga qo‘yildi. Bidonda qancha sut bo‘lgan? 4.Qopdagi un 10 ta 3 kgli va 8 ta 5 kgli xaltachalarga solindi. Qopda necha kg un bo‘lgan? Download 133.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling