amaliy mashg’ulot: Nomerlashga o‘rgatishga tayyorgarlik. Son va sanoq tushunchasini shakllantirish bosqichlari. ‘nli sanoq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi. Konsentrlar bo’yicha nomerlashga o’rgatish


Download 70.16 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi70.16 Kb.
#1566564
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-amaliy mashg\'ulot (2) (1)


7- amaliy mashg’ulot: Nomerlashga o‘rgatishga tayyorgarlik. Son va sanoq tushunchasini shakllantirish bosqichlari. 0 ‘nli sanoq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi. Konsentrlar bo’yicha nomerlashga o’rgatish metodi.10 ichida nomerlashga o’ratish metodi.
Reja:

  1. 1.Raqamlar tarixi haqida ma`lumot.

  2. Тayyorlov guruhlarda matematikani o‘rgatish metodikasi

  3. 0 dan 9 gacha raqamlar bilan tanishtirish.

  4. .Konsentrlar bo’yicha nomerlashga o’rgatish metodi

ichida nomerlashga o’ratish bosqichlari
Mashg’ulot maqsadi: O’nli sanoq sistemasi hamda raqamlar tarixi haqida ma`lumot berish. Shuningdek, Тayyorlov guruhlarda matematikani o‘rgatish metodikasi hamda 0 dan 9 gacha raqamlar bilan tanishtirish.

Mashg’ulotning borishi:

Son va amallar biror kishi tomonidan o'ylab topilmagan. Dalada ekin ekish, maydonni sug’orish, podadagi hayvonning uyga qaytib kelishini aniqlashda qadim-qadimda odamlarga arifmetik bilimlar zarurati tug'ilgan, qo'rada qancha qo'y borligini, omborda necha qop bug'doy borligini bilish zarur bo'lgan.


Qadimda odamlar sanashni bilmaganlar, mana, necha ming yillardan keyin molboqar loydan har bir qo'yga mos jism tayyorlagan. Bir kunda qo'yni yo'qolmaganligini bilish maqsadida qo'y qo'raga kirayotganda tayyorlangan jismlar bir tomonga o'tsa, cho'pon bemalol uyquga ketgan. Bundan tash-qari, odamlarda qo'ydan tashqari sigir, echkilar bo'lgan. Shuning uchun tuproqdan boshqa figuralar yasashga to'g'ri kelgan. Yer egalari esa loydan yasalgan figuralar, mayda toshlar yordamida hosilning hisob-kitobini qilgan. Omborda necha qop bug'doy borligi, qaymoqdan kuydirib olingan yog'ning miqdorini bil-ganlar. Narsalarni qo'shish va ayrish yordamida qo'shish va ayirishga doir sodda masalalarni yechganlar.

Loydan yasalgan figuralarni va mayda toshlarni bir joydan ikkinchi bir joyga qo'yish mumkin qadar yetarlicha mashg'ulot bo'lgan. Ming yillar o'tib odamlar predmetlarni qayta sanashni o'rgandilar. Buning uchun ularga sonning nomini aytish haqida o'ylash zarurati tug'ilgan.
Turli xalq va elatlarning tillarini o'rganish natijasida sonlar-ning nomi paydo bo'lgan. Masalan, odamlar uchun predmetning shakli katta rol o'ynagan, hisoblashda «ikkita tuxum», «ikkita tosh», «ikkita ko'z» va hokazo. Avval faqat 1 va 2 sonlar nomlandi.
Son uchun «bir» so'zi oddiy «quyosh» so'zi bilan bog'liq, ikki sonining nomlanishi esa mavjud turli predmetlar bilan bog'liq bo'lgan, ya'ni «quloq», «oyoq», «qo'l» va hokazo. Ba'zan «men» va «sen» olmoshi bilan bog'liq bo'lgan. «Bir» deb «erkak», «ikki» «ayol» deb e'tirof qiluvchi tillar bo'lgan. «Bir» va «ikki» so'zidan keyin «ko'p» so'zi paydo bo'lgan. Keyinchalik boshqa sonlarning nomini aytish zarurati tug'ilgan. Bunda 1 va 2 sonidan foydalanganlar. Masalan, Tinch okeanining Yangi Gvineya oro-lida yashovchi odamlar 3 ni 1 va 2, 4 ni 2 va 2 deb hisoblaganlar. 10 deb «ko'p», 100 deb «yana ko'p» so'zlarini qo'llaganlar. Keyinroq ayrim odamlar 3 ni «bir, ikki, ko'p» deb qabul qilgan-lar. Hattoki hozir ham choy damlagandan so'ng uni «uch marta qaytar», o'g'lidan xafa bo'lgan ona «nima men, bir narsani uch marta qaytarib aytishim kerakmi» degan so'zlar uchraydi.
3 soni doim tevarak-atrof yer, yer osti va koinot podshoh-ligiga ajratgan. Shuning uchun ko'p yerli odamlar uchun 3 soni qadrli hisoblanadi.
Ayrim paytlarda «ko'p» so'zi 7 soni sifatida qaralgan.
Masalan, «yetti kishini bir kishi kutmaydi», «yetti marta o'lchab bir kes». Shunday qilib, sekin-asta sanashni fikrlay olganlar.
Odamlar daladan juda ko'p hosil yig'dilar. «Yuz» so'zini aytish uchun 2 ni 50 marta takrorlash kerak bo'lgan. Eski hisoblash usuli, ya'ni barmoqlar yordamida sanash metodiga o'tganlar.
Barmoqlar ajoyib hisoblash mashinasi vazifasini bajargan. Ular yordamida 5 gacha, agar ikki qo'lni olsak, 10 gacha sanash imkoni bo'lgan. Keyin odamlar sanashda yana bir qadam qo'ydilar va 10 talab sanaganlar. Buning uchun birdaniga ko'p kishilarni jalb qilinganligi haqiqat. Barmoqlar, sanash bilan bevosita bog'liq bo'lib, qadimgi grek tilida «sanash» so'zi «besh-talash» ma'nosini bildiradi. Rus tilida «besh» so'zi «pyat», ya'ni qo'l bo'lagi ma'nosini anglatadi. Angliyada esa 10 soni «bar-moqlar» nomi bilan yuritiladi. Demak, angliyaliklar qachon-lardir barmoq bilan sanaganlar.
Odamlar barmoq bilan sanashda juda ko'p miqdordagi narsalarni sanashiga to'g'ri kelar edi. Biri — birlar, ikkinchisi — o'nlar, uchinchisi esa yuzlar deb hisoblaganlar. Bir barmog'ini qaytarib sanab bir, ikkinchisi bitta o'nlik, uchinchisi o'nta o'n va hokazo... deb hisoblanib, shu asosda sanoq sistemasi qabul qilingan. Bu o'nli sistema deyiladi.
Uchinchi odamning besh barmog'i, ikkinchisining sakkiz barmog'i va birinchisining olti barmog'i deb aytganlar. Asta-sekinlik bilan «ikkinchi odamning barmog'i «o'n» so'zini, uchinchi odamning barmog'i «yuz»» so'zini kirib kelishiga olib kelgan. Shunday qilib, besh yuz sakson olti hosil bo'lgan. Hozir o'nli sanoq sistemasi hamma joyda qo'llaniladi. Fransuz tilida sakson so'zi to'rt marta yigirma deb o'qiladi.
O'nli sanoq sistemasi deganda biz quyidagilarni tushunamiz: 10 birlik keyingi toifaning bir birligini tashkil etadi. Masalan, 10 birlik bitta o'nni ifodalaydi, 10 ta o'nlik bitta yuzlikni, 10 ta yuzlik bitta minglikni beradi va hokazo.
Sonlarning yozilish sistemasi pozitsion bo'ladi va unda ra-qamning qiymati joylashgan o'rni (pozitsiyasi)ga bog'liq bo'ladi.
Bitta belgini takrorlab yozish qulaylik tug’dirmaydi. Pozitsion sistemada sonlarning yozilishi qulay, raqamlar chizilmaydi, balki uning pozitsiyasi boshqa raqamlar orasida turgan o'rni bilan belgilanadi. Bu sistemadagi yozuv zamonaviy bo'lib, biz maktabda o'rganamiz.
Masalan, 18 sonida 8 raqami 8 ta bir, 82 sonida 8 ta o'n yoki 80 ta bir, 875 sonida esa — 8 ta yuz yoki 800 ta bir borligini bildiradi. Birinchi pozitsion sistema Vavilonda paydo bo'lgan.
25 901 718 582 sonini o'qish uchun chapdan tartib bilan o’ngga qarab har bir sinfning sonini aytish va sinf nomini qo’shish kerak, ya'ni «25 milliard 901 million 718 ming 582» deb o’qiladi.
Sonlarni aytish va yozish hamda ular ustida amallar baja-rishda yoziladigan tilga sanoq sistemasi deb aytiladi. Ma'lumki, o'nli sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun 10 ta 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9 raqamlaridan foydalaniladi. Ulardan chekli ketma-ketliklar hosil qilinib, bu ketma-ketliklar o'nlarning qisqacha yozuvidir.

Download 70.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling