amaliy mashg’ulot: Nomerlashga o‘rgatishga tayyorgarlik. Son va sanoq tushunchasini shakllantirish bosqichlari. ‘nli sanoq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi. Konsentrlar bo’yicha nomerlashga o’rgatish


Download 70.16 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi70.16 Kb.
#1566564
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-amaliy mashg\'ulot (2) (1)

3-topshiriq
Mashqlar
1. 237 va 526 sonlarini qo’shish orqali ko'p xonali sonlarni qo'shish algoritmi asosida qanday nazariy ta'limotlar yotishini ko'rsating.
2. Boshlang'ich maktabda uch xonali sonlarni qo’shish algoritmini o'rganish davrida qo'shishning 231 + 342, 425 + 135, 237 + 526, 529 + 299 hollari birin-ketin qaraladi. Bu hollar-ning har biri qo'shishning o'ziga xos qanday xususiyatga ega?
3. Quyidagi masalalar nima uchun qo'shish bilan yechilishini tushuntiring va ularni yeching:
1) shirkat xo'jaligida 115 ta ot, 327 ta qo'y va 276 ta sigir bor. Shirkat xo’jaligida hammasi bo'lib qancha mol bor?
2) ikki shahardan bir-biriga qarab ikki poyezd yo'lga chiqdi. Ulardan biri uchrashguncha 266 km, ikkinchisi 187 km yo'l bosdi. Shaharlar orasidagi masofani toping;
3) do'konda bir kunda 308 ta katak daftar sotildi. Bu sotilgan bir chiziqli daftarlardan 153 ta kam. Sotuvchi nechta bir chiziqli daftar sotgan?
4) ifodaning qiymatini og'zaki hisoblang. Hisoblash usu-lingizni asoslang:
a) 2746 + 7254 + 9876; b) 7238 + 8978 + 2762;
d) (4729 + 8473) + 5271; e) 4232+7419+5768+2591; f) (357 + 768 + 589) + (332 + 211 + 643).
4 . Qaysi yig'indi katta: 4096 + 5267 + 2307 + 625 mi yoki 3805 + 6441 + 1911 + 216 mi?
5. To'rtburchakning perimetri 34 sm. Uning bir tomoni 72 sm, ikkinchisi birinchi tomonidan 18 sm uzun, uchinchi tomoni esa ikkinchisidan 2 marta qisqa. To’rtburchakning to'rtinchi tomonini toping.




Sanash bolalar uchun faqat o’quv masalasigina bo’lib; qolmasligi uchun sanashga doir topshiriqlar kundalik! turmush bilan bog’langan bo’linish kerak. O’quvchilar sanash, nima uchun kerakligini, u turmushda qachon qo’llanilishini sekin-asta tushunib borishlari kerak.
Tayyorgarlik davrida o’quvchilar har kuni sanash to’g’risida yangi ma’lumotlar bilan tanishadilar. Masalan, o’kuvchylar dastlabki darslarda to’g’ri va noto’g’ri sanab va natijalarni taqqOslab, sanashda narsani (predmetni) ham, sonlarni ham sanamay o’tkazib yuborish mumkin emas deb, sonni takrorlash yoki birgina narsaning o’zini bir necha marta sanash mumkin emas, deb xulosa qiladilar. Bolalar narsalarni turli tartibda (chapdan o’ngga va o’ngdan chapga, yuqoridan pastga: va aksincha va h. k.) sanar ekanlar, sanash sanoq tartibiga bog’liq emas deb o’z so’z-lari bilan xulosa chiqaradilar.

Raqamlash bosqichda o’qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1 —10 sonlar kesmasida patural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonny natural ketma-qetlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat. Buning uchun o’quvchilar quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:

O’quvchilar juftlarni, uchtaliklarni, beshtaliklarni va h. k. larni sanab, faqat ayrim narsalarnigina emas, balki narsalar guruhlarini ham sanash mumkinligini va bunda yanada ko’proq narsalarni sanash mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.O’quvchilarga sanashda ham miqdoriy sonlardan (bitta, ykkita, uchta...), ham tartib sonlardan (birinchi, ikkinchi, uchinchi) foydalanish mumkinligi ko’rsatiladi, terminlar esa bolalarga ma’lum qilinmaydi. Sanash to’g’risidagi bilimlarni o’quvchilar sanashga doir turli-tuman mashqlarni bajarishda qo’llay-dilar va birin-ketin o’zlashtira boradilar. Sanashni bilish sonlarning miqdoriy va tartib munosabatlarini o’rganishga, ya’ni nomerlashni o’rganishga asos bo’ladi.
Bu yo’nalishlarning har biri bo’yicha ish olib borishning uslubini batafsil bayon qilamiz.
1. Sonlar ketma-ketligini yaxshi o’zlashtirib olgan o’quvchi bu ketma-ketlikni to’g’ri va teskari tartibda istalgan sondan boshlab aytib bera oladi, sanoqda berilgan sondan keyin keladigan sonni, ikki son o’rtasida keladigan sonni, berilgan sondan oldin keladigan sonni aytib bera oladi. Bunday malakalarga erishishga darslikda berilgan vazifalardan tashqari quyidagi mashqlar ham imkon beradi:
— Mana bu songa qarang (o’qituvchi, masalan, 4 raqamini ko’rsatadi) va qo’lingizga shuncha kubik oling.
— Tokchada nechta qo’g’irchoq bor? Shunday sonni ko’rsating. (Bolalar mos raqamli kartochkani ko’rsatadilar.)
— Qaysi kartochka teskari qilib qo’yilgan? (Qaysi son «qochib ketdi?» Qaysi son «bekinib oldi»?) (2-rasm). (Bolalar mos sonli va raqamli kartochkani ko’rsatadilar.)


Download 70.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling