Shahlo:— Qani, menga ayt, oshnam,
Bugun qanaqa bayram?
Mustafo:— Konstitutsiya kuni,
Kim ham bilmaydi buni?
Shahlo:— O‘z haqqi-huquqingni
Bilasanmi, o‘rtoqjon?
Ayt-chi, Konstitutsiya
Qabul qilingan qachon?
Mustafo: (qo‘lida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» kitobini ushlagan holda):
— Bu kitobda hammasi
To‘liq etilgan bayon.
Asila:— Prezident bobomiz
Bizga g‘amxo‘r, mehribon
Yurt tinchligin ko‘zlaydi,
Xalq baxtidan so‘zlaydi.
Go’zal:— O‘zbekiston qo‘ynida
Har bir tuman, viloyat,
Kundan-kunga yashnaydi,
Kamol topar, tiklar qad.
Sardor:—O‘zbekiston tayanchi
Qurolli kuchlari bor.
U — xalqining suyanchi,
Dushman qutirar bekor.
Nilufar:— Mustaqil O‘zbekiston
Dadil tutib o‘zini,
Bormoqda o‘z yo‘lidan,
Aytmoqda o‘z so‘zini.
Yusufbek:— Baxt berdi insonlarga
Onajon — O‘zbekiston
U yuz tutdi jahonga,
Bo‘ldi dovrug‘i doston.
Rayhon: — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 24 bob, 128 ta moddadan tashkil topgan.
1-boshlovchi (bolalarga qarata):— Konstitutsiyamizga qanday g‘oyalar singdirilgan?
Davraga bir qancha o‘quvchilar chiqib, quyidagicha javoblar beradilar.
Shuhrat: — Konstitutsiyamizning «muqaddima»sidan to oxirgi misrasigacha inson manfaatlari haqida,uning farovon turmushi uchun ko‘rsatilishi muqarrar g‘amxo‘rlik to‘g‘risidagi g‘oyalar singdirilgan.
8-modda:O’zbekiston xalqi millatidan qatiy nazar,O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
15-modda O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |