41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega.
24-modda.Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqast qilish eng og’ir jinoyat.
50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyod korona munosabatda bo’lishda majburdirlar.
37-modda:Har bir shaxs mehnat qilish erkin kasb tanlash huquqiga ega.
47-modda:Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarini bajaradilar.
5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari Ma’mura:– bayrog’i,gerbi va madhiyasiga ega.
— Ozod, erkinlikning
Ramzi — bu kitob.
Unda aks etgandir
Haq-huquqimiz.
Xurshid:
— Yo‘limiz yoritar
Misoli oftob.
Qo‘lda baland tursa
Agar tug‘imiz.
— Millionlar taqdiri
Unda mujassam.
Qomuslar qomusi,
Deydi xalqimiz.
Mironshoh:
— Er sharin yoritdi
O‘zbekiston ham.
Yurtga fido bo‘lsak,
Kular baxtimiz.
Sho‘x musiqa yangrab, raqs ijro
etiladi.
1-boshlovchi:—Òurmushimiz-ning farovonlashuvida, Vatanimiz va xalqimiz tarixida Konstitutsiyamizning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zero, unda xalqimizning huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati, erkin va farovon hayot qurishdek orzu-niyati o‘z ifodasini topgan.
2-boshlovchi: — Bolalar, bilasizlarmi, insoniyat yaralganidan beri o‘z huquq va erkinliklari kafolatlari to‘g‘risida bosh qotirib keladi. Inson huquqlarini himoya qilish chinakam
xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash borasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi 1945 yil 24 oktyabrdan boshlab doimiy kuchga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |