1-boshlovchi. Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar. Bugungi “Til bayrami”ga xush kelibsiz! 2-boshlovchi
Download 58 Kb.
|
21-oktabr-til-bayrami-senariysi-baxtiyor.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
1-boshlovchi. Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar. Bugungi “Til bayrami”ga xush kelibsiz! 2-boshlovchi. Inson go`zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. SHu sabab onadek aziz o`z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir. 1-boshlovchi. Darhaqiqat, inson o`z ona tilisi bilan uyg`ayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan yashab o`tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo`ladi. 2-boshlovchi. Zero, nutqning go`zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husndir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko`rsatadi. 1-boshlovchi. Marhamat, endi navbatni maktab-internatimiz o`quvchilariga beramiz. 1-o`quvchi. O`zbek tilin tinglab kirdi menga jon, Ohista tikildim va shunda bildim. Meni tuzatolmas hech dard-u darmon Jonimga Masihdur shu ona tilim.
Musiqa ohangida sahnaga Ona va farzand chiqib keladi. Ona obrazi: Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o`z yurtiga fidoiy, mard pahlavonlarim. Sizlar o`z ona tilimizno hamisha asrab-avaylanglar. O`z tilimiz qatorida qardosh chet tillarini ham o`rganib, hurmat qilinglar. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o`rinli foydalanishga harakat qiling, go`zalligini namoyish eting. Sizning komilligingiz avvalo, muomala madaniyatingizda namoyon bo`ladi. “YAxshi so`z jon ozig`i”, “Bir ko`ngil imorati – ming Makka ziyorati” deganlaridek, shirinsuxan bo`lib yashanglar.
Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling