Mavzu: Ustozim sizga ta’zim
Download 52.5 Kb.
|
1 oktyabr Ustoz-va-murabbiylar-kuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Boshlovchi.
Sana: 29.09.2023 Mavzu: Ustozim sizga ta’zim. Maqsad: Ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash. I. Boshlovchi. Assalom, ona, yurt tonglar o‘lkasi, Tarif-tavsifingning yo‘q nihoyasi. Senga bag‘ishlanar muqaddas qo‘shiq, Bu o‘zbek elining o‘z madhiyasi. (madhiya ijro etiladi) II. Boshlovchi. Assalom, maktabim-muqaddas dargoh, Assalom, ustozlar-kasbkori saboq! Assalo, do‘stlarim-menga qo‘shqanot, Sinfdosh! Hayotga ishonch bilan boq. I. Boshlovchi. Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar va maktabdoshlar. Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo‘lgan ushbu daqiqalarda eng ulug‘, eng aziz bayram “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan aziz ustozlarimizni muborakbor etamiz. II. Boshlovchi. Bugun mehribon, jafokash, mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi o‘qituvchi-ustozlar bayrami. Biz 3 “B” sinf o‘quvchilari aziz ustozlarni qutlab “Ustozga ta’zim’” deb nom olgan tadbir tayyorlaganmiz. Sizni ruxsatingiz bilan ushbu tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz. Istiqlol, bunchalar go‘zal bu noming, Non kabi e’zozli, jondek shirin bol. Yer shari yo‘lladi otash saloming, Assalom O‘zbegim, qutlug‘ istitqlol. 1-o‘quvchi Qo‘limga qalamni ushlatdi ilk bor, Shu ondan qalbimda boshlandi bahor. Undanda buyukroq, ulug‘roq kim bor? Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 2-o‘quvchi Barcha ilmlarning kaliti sizda, Sahovat nuri bor bu qalbingizda. Otasiz, onasiz har o‘g‘il-qizga, Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 3-o‘quvchi O‘qishni o‘rgatib, ko‘zni ochdingiz, Ilm sirlarni qalbga sochdingiz. Otaday ulug‘siz kelajakda siz, Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 4-o‘quvchi Dard bo‘lsa dardlashgan doim biz bilan, Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan. Qalbimiz, mehrimiz ustoz siz bilan, Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 5-o‘quvchi Quyoshni qaritar zahmatlaringiz, Ellarda dostondir mehnatlaringiz. Yog‘ilgay siz uchun rahmatlarimiz, Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 6-o‘quvchi Shogirdim obro‘yim, yuzim degan zot, Ishonchim, umidim ko‘zim degan zot. Bolajonim, o‘g‘lim, qizim degan zot, Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 7-o‘quvchi Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz, Goh quvonch, goh alam ko‘z yosh ham sizsiz. Har ikki olamda quyosh ham sizsiz, Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 8-o‘quvchi G‘unchalar ochilib bo‘lishganda rom, Barchasin ardoqlab etdim ehtirom. Mehrimning sharobin tutdim to‘la jom, Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling