1-Boshlovchi: Ozod O’zbekiston bosh egib bu kun shaxid farzandlarni nomini yo’qlar qay biri bedarak, qay biri benom Uzoq sarxadlarda jimgina uxlar 2- boshlovchi
Download 48.18 Kb.
|
9-may ssenariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Boshlovchi
- GIMN (Saxnaga bayroq olib kiriladi) 1-Boshlovchi
- 2-boshlovchi
9-may ssenariy Bizning tinch, baxtiyor yashashimiz uchun hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yo’lda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olamiz. Ularning xotirasini abadiylashtirish uchun butun respublikamizda, shu jumladan, poytaxtimiz Toshkentda ham bog` va xiyobonlar bunyod etildi. Ana shunday ziyoratgohlardan biri Mustaqillik maydonida joylashgan. Maydon to’rida motamsaro ona haykali turibdi. Vatan himoyasi uchun farzandlarini jangga yo’llagan onalarimiz ramzi bo’lan bu haykal urushda qurbon bo’lgan minglab onalarni eslatadi. 1-Boshlovchi: Ozod O’zbekiston bosh egib bu kun SHaxid farzandlarni nomini yo’qlar qay biri bedarak, qay biri benom Uzoq sarxadlarda jimgina uxlar 2- Boshlovchi: Assalomu alaykum xurmatli mexmonlar, aziz o’qituvchilar va o’quvchi yoshlar. 1- Boshlovchi: Bugun 9 may “Xotira va qadrash kuni”ga bag’ishlab o’tkazilayotgan “Inson qadri ulug’ xotirasi muqaddasdir” nomli tadbirimizni ochiq deb ehlon qilamiz. GIMN (Saxnaga bayroq olib kiriladi) 1-Boshlovchi: Manguga tinmishdir qalb tug’yonlari, Endi xotirangiz yo’ldoshdir bizga. Xalqimning fidoyi mard o’g’lonlari, Allohning rahmati yog’ilsin sizga. 1-boshlovchi: Donolardan biri “Tinchlik –ko’zga ko’rinmaydigan eng katta boylik” – degan ekan. Biz bu boylik salmog’ini hamisha teran xis qilavermaymiz. Xuddi nafas olayotib havoning qadrini o’ylamaganimiz kabi, osuda umr qadr-qimmatini yodimizdan forig’ qilib qo’yamiz. “O’tganlar yodini esda saqlash, ularga xurmat- ehtirom bajo etish avlodlar uchun ham qarz, ham farzligini xech qachon unutmasligimiz darkor. Inson bor ekan, xotira va tarix mangudir”. – degan edi Prezidentimiz I.A. Karimov. Xuddi shu mahnoda 1999 yilning 2- martidan 9-mayni “Xotira va qadrlash kuni” deb ehlon qilish to’g’risida farmon chiqarganlar beqiyos ahamiyat kasb etdi. 2-boshlovchi : Inson aziz ekan, uning qadr- qimmati ham ulug’dir. Insonni qadrlaganlar esa kam bo’lmaydi. Yurtboshimiz shonu-shuxratga burkangan, ammo ataylab unutishiga maxkum etilgan bobolarimiz qadr-qimmatini o’z martabasiga qaytardi. Sohibqiron Amir Temur, Xazrat Baxouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Zamaxshariy, Bexbudiy, CHo’lpon, Furqat, Abdulla Qodiriy ... Eh –e adog’iga yetmaysan ... Buyuk xotirani, pok anhanalarini, sadoqat va oqibatni, ulug’likni qalbimizda uyg’otdilar. (Alyor) 2-boshlovchi: Mustabid tuzumining salbiy oqibatlari natijasida O’zbekistonning o’ziga qariyb 100 ming kishi qatag’onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlangan. Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Mustabit tuzum jallodlarining bu bedodligini xech narsa bilan oqlab bo’lmaydi. Bugun biz ularning xotiralarini abadiylashtirishni va va doimo xotiralashni o’z burchimiz deb bilamiz. SHu maqsadda 2000 yil Poytaxtimizning Yunusobod tumanida “SHahidlarni xotiralash xiyoboni” tashkil etildi. (Jangovor qizlar) Dilni o’rtar hamong’amu g’urbatlari, Yotgan ellarda qolib ketdi turbatlari, “Fig’onkim” deb o’tdi qancha fursatlari Hali xanuz tinmas uning ko’z yoshlari. Download 48.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling