1. Boshqarish tushunchasi, boshqarishning maqsadi. Axborot tizimlarini boshqarishning tuzilishi va tasnifi. Boshqarish darajalari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana12.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1700043
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QahramonovaBaxmaloy

Iqtisodiy axborotlarning turlari. Iqtisodiy axborotlarni quyidagi asosiy 
belgilariga qarab ajratish qabul qilingan: 
— boshqarish funksiyasiga ko‘ra; 
— paydo bo‘lish joyiga (boshqarish darajasiga) ko‘ra. 
Boshqarish funksiyasiga ko‘ra iqtisodiy axborotlar rejali-hisob, me’yoriy-
ma’lumotnomali, statistik-hisobot axborotlariga bo‘linadi. Rejali (direktiv) 
axborotlar ma’lum bir davrga (kun, hafta, oy, yil va hokazo) rejalashtirilayotgan va 
nazorat qilinadigan biznes rejaning ko‘rsatkichlaridan iborat direktiv qiymatlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Masalan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va uning qiymati, mahsulotga talab va 
undan olinadigan foydani rejalashtirish. Hisob axboroti ma’lum bir davrda 
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarni amaldagi qiymatini aks ettiradi. Bu axborot asosida 
rejali-axborotlarga tuzatishlar kiritilishi, tashkilot faoliyati tahlil qilinishi, uni 
yanada samaraliroq boshqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishi mumkin. 
Hisob axboroti sifatida natural (tezkor) hisob, buxgalteriya hisobi, 
moliyaviy hisob ishtirok etadi. Masalan, quyidagilar hisob axboroti sanaladi: 
ishchining smenada tayyorlagan ma’lum bir turdagi detallar soni (tezkor hisob), 
ishchining tayyorlagan detallariga to‘lanadigan maoshi (buxgalteriya hisobi), 
tayyorlangan mahsulotning haqiqiy bahosi (moliyaviy hisob). 
Me’yoriy-ma’lumotnomali axborotlar ishlab chiqarish jarayonlari va 
munosabatlari bilan bog‘liq turli ma’lumotnomali va me’yoriy ma’lu- 
motlarni o‘z ichiga oladi. Bu eng katta hajmli va turli xil axborotdir. Tashkilot 
faoliyatida aylanadigan axborotlarning 50—60%ini me’yoriy- 
ma’lumotnomali axborotlar tashkil qilinishini aytishning o‘zi kifoyadir. 
Me’yoriy-ma’lumotnomali axborotlar sifatida quyidagilar xizmat qilishi 


mumkin: detallar, bo‘g‘inlar va butun mahsulotlar ishlab chiqish me’yorlari; 
baholash me’yorlari (baholash, tarif, baho); mahsulot ta’minotchilari va 
iste’molchilari bo‘yicha ma’lumotlar. 
Statistik-hisobot axborotlari yuqori boshqaruv tizimlari, davlat 
statistik organlari, soliq inspeksiyasi va shu kabilar uchun tashkilotning 
haqiqiy faoliyati natijalarini aks ettiradi. Masalan, tashkilot faoliyati haqida yillik 
buxgalteriya hisoboti. 
Iqtisodiy axborotlar boshqarish darajasiga (paydo bo‘lish joyiga) ko‘ra 
quyidagilarga bo‘linadi: kelayotgan va chiqayotgan axborotlar. 
Kelayotgan axborotlar — bu tashkilotga (tuzilma bo‘limlariga) tashqaridan 
kelayotgan iqtisodiy va boshqaruv funksiyalari hamda masalalari uchun dastlabki 
oqimda ishlatiladigan axborotlardir. 
Chiqayotgan axborotlar — bu bir boshqaruv tizimidan boshqasiga uzatilayotgan 
axborotlardir. 
Bir axborot ayni vaqtning o‘zida undan foydalanuvchilar uchun kelayotgan 
axborot, uni ishlab chiqarganlar uchun esa chiqayotgan axborot bo‘ladi. Bunda 
axborotlar quyidagi shakllarda tasvirlanadi: alfavit-raqamli (matnli) — alfavitlar, 
raqamlar va maxsus belgilardan iborat va grafikli — grafiklar, sxemalar, rasmlar. 
Axborotlarni fizik tashuvchilari — qog‘oz, magnit disklari, ekrandagi tasvirlar. 
Axborot tizimlari obyekt to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, uzatish va qayta ishlash, 
turli darajadagi xodimlarga o‘z funksiyalarini amalga oshirish va boshqarishni 
ta’minlovchi kommunikatsion tizimdan iborat. 
Axborot tizimlari ma’lum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi 
boshqaruv darajalari, harakat sohalari, shuningdek, tashqi holatlardagi farqni 
e’tiborga oladi va har bir boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini 
bajarishga kerakli bo‘lgan, faqat unga tegishli axborotni beradi. 
Avtomatlashtirish 
darajasiga 
ko‘ra 
qo‘l 
mehnatiga 
asoslangan, 
avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi. Qo‘l 
mehnatiga asoslangan axborot tizimlari shu bilan xarakterlanadiki, unda 
axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajariladi. 


Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — boshqaruv funksiyalarining bir qismi 
(tizimcha) yoki ma’lumotlarni qayta ishlash avtomat ravishda, boshqa qismi inson 
tomonidan bajariladi. 
Avtomatlashgan axborot tizimlari — ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha 
boshqaruv funksiyalari texnik vositalar bilan amalga oshiriladi (masalan, texnologik 
jarayonlarni avtomat boshqarish). 
Axborot tizimlari sohasiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi: 
— ilmiy tadqiqot; 
— avtomatlashtirilgan loyihalashtirish; 
— tashkiliy boshqaruv; 
— texnologik jarayonlarni boshqarish. 
Ilmiy tadqiqot axborot tizimi ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish
statistik axborotlarni tahlil qilish, tajribalarni boshqarishga mo‘ljallangan. 
Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimi muhandis-loyihalovchilar va 
yangi 
texnikalarni 
(texnologiyalarni) 
ishlab 
chiquvchilar 
mehnatini 
avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Bunday axborot tizimlari quyidagilarni amalga 
oshirishga yordam beradi: 
— yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini 
yaratish; 
— turli muhandislik hisoblari (mahsulotning texnik parametrlarini 
aniqlash, chiqim me’yorlari — mehnat, materiallar va shu kabilar); 
— grafik hujjatlarni tayyorlash (chizmalar, sxemalar, rejalar); 
Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi ma’muriy xodimlar (boshqaruv) 
funksiyasini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday axborot tizimiga sanoat 
(korxonalar), nosanoat (banklar, birjalar, sug‘urta kompaniyalari, mehmonxonalar 
va shu kabilar) hamda alohida ofis (ofis tizimlari) kabi obyektlarni boshqarish 
taalluqlidir.Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi turli texnologik 
jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va 
shu kabilar) avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. 



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling