1. Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi Kichik biznesva tadbirkorlik korxonalari boshqaruv


Download 76.5 Kb.
bet4/9
Sana09.01.2022
Hajmi76.5 Kb.
#259697
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5377761145828412442

4. Chiziqli–shtabli struktura

Chiziqli-shtabli struktura har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatchilar, maslaxatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish yo’li bilan tashkil etiladi.

Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga sabab korxonalarda funktsiyalarning murakkabligidir.

Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga mas’ul bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslaxat berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.

Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga emas, balki, asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi – boshqaruv tizimida ortiqcha bo’g’inlarning paydo bo’lishiga, natijada boshqaruv tezkorligining susayishiga, boshqaruv harajatlarining o’sishiga olib kelishidir.


Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling