1. Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi Kichik biznesva tadbirkorlik korxonalari boshqaruv
Download 76.5 Kb.
|
2 5377761145828412442
Funktsional strukturaFunktsional boshqaruv strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlari-ning boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib quyiladi. Boshqaruv apparatini funktsional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha oshiradi. Boshqaruvning hamma funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi. Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalari-ning faoliyatini boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taaluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqichning organlari va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi. Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha ierarxiyasi va bo’ysunishi mavjud. Ammo, chiziqli strukturadan farqli o’laroq, bunday bo’ysunish ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslaxatli bo’ysunishdir. Masalan, korxona reja bo’limining boshlig’i tsex reja byurosi boshlig’iga, xatto aynan shu vazifaga doir masala bo’yicha ham buyruq berish huquqiga ega emas. Biror ma’muriy buyruqni korxona direktori tsex boshlig’iga berishi mumkin, tsex boshlig’i esa tsex reja byurosi boshlig’iga shunday buyruq bera oladi. Funktsional struktura ham o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Funktsional strukturaning ijobiy tomonlari:
bu strukturada boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining kasb maxorati darajasining o’sishini ta’minlaydi. Masalan, marketing bo’yicha mutaxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi; funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xodimlar bunga tez ko’nikma hosil qiladilar; moddiy harajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo. Funktsional strukturaning salbiy tomonlari: funktsional organlar o’ziga topshirilgan vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo’lib, «begona» vazifalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o’z vazifasi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilarning mas’uliyati kamayib, intizomning bo’shashiga olib keladi. Chunki har bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda bir necha boshliqqa bo’ysunadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi. Chiziqli-funktsional strukturada asosiy boshqaruv – chiziqli boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlarida va uchastkalarni mustaqil boshqarishda chiziqli rahbarlar tayinlanadi. Ularga ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyatini yakkaboshchilik tamoyillariga ko’ra boshqarish huquqi berilgan bo’lib, ular olingan natijalarga to’liq javob beradilar. Boshqaruvnig chiziqli-funktsional struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko’rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi. Bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash hamda rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat bo’ladi. Mazkur strukturaning kamchiliklari:
chiziqli va funktsional xodimlar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’ladi; tadbirkorga funktsional xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish qiyinroq kechadi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling