1. Boshqaruv strukturasi, boshqaruv bo’g’ini va boshqaruv bosqichi Kichik biznesva tadbirkorlik korxonalari boshqaruv
Download 76.5 Kb.
|
2 5377761145828412442
7. Matritsali strukturaMatritsali struktura bo’yicha boshqaruv ancha murakkab bo’lib, u mahsuloti nisbatan qisqa «umr» ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo’llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarini yo’lga qo’yishga va ularni zamonaviy kompyuterlar yordamida murakkab buyurtmalarini bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan bog’lashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko’rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan. Ushbu strukturani «tur» ko’rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi strukturaning kombinatsiyasini ifodalaydi. Boshqaruvning matritsali strukturasining moxiyati shundaki, unda har bir xodim, ayni bir vaqtning o’zida, loyiha bo’yicha boshqarishda, shuningdek, o’zining funktsional organida xizmatda bo’ladi hamda ikki yoqlama bo’ysunadi. Bu strukturaning o’ziga yarasha afzalliklari bor. Bular quyidagilardir:
boshqaruv jarayonidagi (gorizontal) aloqalarning uzunligini keskin qisqartiradi va tartibga soladi; qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda natijalari uchun mas’uliyatni oshiradi; korxonaning ichki va tashki sharoitlariga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarishiga tezda ko’nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi; chiziqli bo’ysunish vositasida bo’lim ichida byurokratiyaga bo’lgan moyillikni bir qadar sundiradi va hokazo. Shu bilan bir qatorda, matritsali strukturaning ham ayrim kamchiliklari bor. Bular strukturaning murakkabligi va boshqaruv organlarining real vakolatiga ega emasligidir. Boshqaruvning tashkiliy strukturalari to’g’risida yakuniy xulosalarga kelar ekanmiz, boshqaruvning qarab chiqilgan tashkiliy strukturalaridan birortasini ham rasmiy struktura deb bo’lmaydi. Shu bois har bir korxona (firma) o’z oldidagi maqsad va iqtisodiy muhitining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini yuqori darajada qondiradigan tashkiliy struktura turini tanlashi kerak. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling