1. Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati
Download 1.71 Mb.
|
javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-keys: 1-javob
- VARIANT № 41
5. Keys. Iqtisodchilar xufyona iqtisodiyot kelib chiqishining iqtisodiy sabablarini bozor xo‘jaligi doirasida raqobat muammosi bilan bog‘lash mumkin, degan fikrni bildiradilar. Ular xufyona iqtisodiyotni nomukammal raqobatning bir shakli sifatida ko‘rish kerak, deb hisoblaydilar. Mukammal bozor munosabatlari shakllanib va rivojlanib borgani sari sog‘lom raqobat xufyona iqtisodiyotni siqib chiqaradi. Buning isbotini rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. Ularda xufyona iqtisodiyotning ulushi rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlardagiga qaraganda ancha past.
Savollar: Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining keyingi guruhiga nimalarni kiritishimiz mumkin? Bozor xo‘jaligidagi o‘zgarishlar bilan mavjud huquqiy baza o‘rtasidagi ziddiyatlar xufyona iqtisodiyot sub’ektlari uchun qanday imkoniyatni yaratib beradi? 5-keys: 1-javob: Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining keyingi guruhiga korxona va tashkilotlarga belgilangan yuqori soliq bojlaridan qochish maqsadida ular bajargan ishlari haqidagi hisobotlarni qalbakilashtiradilar, natijada soliq organlariga kamroq soliq to’lovlarini amalga oshiradilar. Yana bir sabablaridan biri sifatida ortiqcha tekshiruvlar, turli xil qog’ozbozlik holatlarining ko’payishi ham korxona va tashkilotlar xufyona iqtisodiyot orqali o’z faoliyatlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. Korxona va tashkilotlar xufyona iqtisodiyotga qo’l urishlariga sabab bo’ladigan holatlardan yana biri chetdan kirib kelayotgan tovarlarga belgilangan boj to’lovlarining ko’pligi sababli, korxona va tashkilotlar turli xil noqonuniy yo’llar bilan tovarlarni olib kirishga harakat qiladilar. 2-javob: Bozor xo‘jaligidagi o‘zgarishlar bilan mavjud huquqiy baza o‘rtasidagi ziddiyatlar xufyona iqtisodiyot sub’ektlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib bermoqda. Chunki huquqiy baza hozirgi bozor xo’jaligi talablariga javob bermaydi. Bu esa xufyona iqtisodiyotdan foydalanishga harakat qiladigan korxona va tashkilotlarga qo’l kelmoqda. Amaldagi qonun hujjatlari bozor xo’jaligidagi o’zgarishlarga javob mos bo’lmaganligi uchun korxona va tashkilotlar bu vaziyatdan turli xil soliqlar va boj to’lovlarini qilmaslik uchun foydalanishga harakat qiladilar.
Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling