1. Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati
Download 1.71 Mb.
|
javoblar
3-javob: Bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo‘yicha davlat boshqaruv organlarining vazifalariga keladigan bo’lsak, dasturlarni amalga oshirishda butun mas`uliyat joylardagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari zimmasiga yuklatiladi. Maqsadli hududiy dasturni ekspert baholash, umumiy nazorat qilishni Vazirlar Mahkamasining tegishli boshqarma va bo`linmalari amalga oshiradilar. Bunda respublika hukumati va joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining maqsadli hududiy dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirishdagi vakolatlari hamda vazifalari aniq belgilanishi lozim bo`ladi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashda iqtisodiy vosita va choratadbirlar bilan bir qatorda korruptsiya, tashkiliy jinoyatchilikka, xufyona iqtisodiyotga qarshi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar, vositalardan ham foydalaniladi. Bunda iqtisodiy boshqaruv organlari huquq-tartibot, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona organlari bilan birgalikda faoliyat yuritadilar.
O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonunining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish hamda erkin raqobatni himoya qilish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etadi: - monopolist-korxonalar va ayrim davlat boshqaruv organlarining raqobatga qarshi faoliyatining oldini olish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash, xo`jalik sub`ektlarining raqobatlashish madaniyatini oshirish; - raqobatni jadallashtirish choralarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi organlar tarkibiy tuzilishini o`zgartirish, ularning vakolatlari, vazifalari va faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirish; - monopoliyaga qarshi kurashuvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini shakllantirish hamda muntazam ravishda takomillashtirish, ular faoliyatining ochiqligini ta`minlash, raqobatni himoya qilish bo`yicha amalga oshirayotgan ishlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash uchun davlat quyidagilarni ko`zda tutishi lozim: - ijtimoiy institutlar strategiyasini bir-biriga yaqinlashtirish, ularning faoliyatini koordinatsiyalashtirishga imkon beradigan institutsional o`zgarishlarni amalga oshirish; - xo`jalik jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun lobbizmni qonuniy cheklash, qonunchilikni maksimal unifikatsiyalash (ya`ni imtiyozlari va turli preferentslarni qisqartirish va yo`qotish) uchun iqtisodiy va ijtimoiy xatti-harakatlarning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish va qabul qilish; - iqtisodiyot sub`ektlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan qonunlarga, faoliyat tartib – qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish; - iqtisodiy munosabatlar sohasida vujudga keladigan munozara va ziddiyatlarni hal qilish mexanizmini yaratish; - kadrlarni korxonalar xo`jalik faoliyatini tahlil qilish va investitsiya loyihalarini baholashning zamonaviy usullariga o`qitishni tashkil qilish; - jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni oshirish va ijtimoiy keskinlikning o`sishiga yo`l qo`ymaslik; - mamlakat iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling