1. Boshqaruv usullarining mazmun-mohiyati


§ 2. Narxlarning haddan ortiq tartibga solinishi


Download 1.71 Mb.
bet3/13
Sana23.06.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1651454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
javoblar


§ 2. Narxlarning haddan ortiq tartibga solinishi
Bugungi kunda davlat tomonidan narxlarni tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni), tartibga solish koeffitsiyentini, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasini o‘rnatish va narxni tartibga solishning boshqa usullari) 30 dan ortiq tovar va xizmatlarga nisbatan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, tabiiy monopoliyalar sohasida 10 xil turdagi tovar (ish, xizmat)lar tartibga solinishiga qaramasdan, amalda iste’molchilar va yetkazib beruvchilar toifalari, shuningdek, hududiy prinsipga qarab o‘rnatiladigan 137 xildagi narx darajalari orqali tartibga solinmoqda.
Monopol korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan foydalanilayotgan xarajatlarga asoslangan narxlarni shakllantirish usuli xarajatlarga minimal foydani qo‘shish sxemasidan iborat bo‘lib, u xarajatlarning asossiz o‘sishiga undaydi, ishlab chiqarish tannarxining pasayishini rag‘batlantirmaydi, xarajatlarning o‘sishi esa, narxlar va tariflarning iste’molchilar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri oshirish hisobiga qoplanadi.
§ 3. Imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishning samarasizligi
Davlat ko‘magini ko‘rsatishning monopoliyaga qarshi tartibga solish vositalari mavjud emasligi berilayotgan imtiyoz va preferensiyalarning samarasizligiga olib kelmoqda va raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
5) YMH=800000*700+25000000-120000=584880000so’m
20-variant
1) Tavakkalchilik xatarini boshqa shaxs zimmasiga o`tkazish- bu investor barcha xatar uchun ma`suliyatni o`zini sug`urtalash orqali sug`urta idorasi zimmasiga o`tkaziladi.
Tavakkalchilik darajasini pasaytirish-yo`qotish hajmi va sodir bo`lish ehtimoliyatini qisqartirishni bildiradi.
Limitlash – bu limitlar o`rnatish, ya`ni savdo, kapital, xarajat summalariga ma`lum bir chegara qo`yishdir. Cheklashlar, limitlash- tavakkalchilikni pasaytirishning muhim vositasi hisoblanadi.U banklar tomonidan ssudalarning berilishida, xo`jalik subyektlari tomonidan tovarlarning (kredit kartochkalari orqali) kreditga sotilishida, investorlar tomonidan ma`lum bir miqdor kapitalni aylantirishda qo`llaniladi. Sug’urtalashning mohiyati shundaki, investor tavakkalchilik xatarini oldini olish uchun bir qism daromadidan kechishga tayyor turadi, ya`ni u tavakkalchilik darajasini nolga tenglashtirish uchun to`lovga tayyor bo`ladi.

2) Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning ma`naviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo`ymoqda. O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`laqonli a`zosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. SHuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma`naviyatli, yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e`tibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo`lgan talab kelajakda ham oshib boradi. SHu bois yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda.


Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo`shilish va yaqinlashuvidir.
Globallashuv erkin xalqaro savdo gimnining «muallifi» hisoblanadi. Globallashgan iqtisod butun dunyoda farovonlik darajasini oshirish, shuningdek, ijtimoiy sohadagi muammolarni likvidatsiya etishda eng samaralidir. Xattoki, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ham erkin savdo tufayli ijobiy natijalarga erishish mumkin, chunki kuchli raqobat bosimi resurslarga ehtiyotkorona munosabatni shakllantiradi va tabiat bilan munosabatda oqilonalikka majbur etadi. Eng asosiysi bu jarayon shaxs rivojlanishiga olib keladi. Sababi texnologiya yangi turlarining kirib kelishi, ishlab chiqarish usul va vositalarining takomillashishi intellektual jihatdan salohiyatli kadrlarga ehtiyojni vujudga keltiradi. Jamiyatda proteksionizm masalasi koʻtarilganda, doimo uning salbiy tomonlari koʻrsatilishi va muhokama qilinishi koʻzga tashlanadi. Bunday stereotipga xos, bir yoqlama koʻrinishi bizning yaqin oʻtmishimizdan kelib chiqadi: XX asrning 60-yillarigacha Sobiq Ittifoq yaxshi iqtisodiy koʻrsatkichlarni namoyon etgan, ammo oʻz vaqtida iqtisodiyotni bir holatdan boshqa holatga — “hajmidan sifatga” aylantira ololmagan. Sobiq Ittifoq tomonidan oʻtkazilayotgan izolyatsion, avtarkiya siyosati ham jahon yirik davlatlarining iqtisodiy daʼvolariga qarshi majburiy meʼyor boʻlgan edi.
Bizga esa “erkin bozor” oʻzi nima berishi mumkin? Fritreyd tarafdorlarining (inglizcha “free trade” — “erkin bozor”) fikricha, bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy kompaniyalar orasida halol raqobat boʻlishiga poydevor yaratadi. Ularning aytishlaricha, aynan bozor sharoitida har bitta ishtirokchining haqiqiy iqtisodiy kuch-quvvati va mahsulotining afzalligi aniqlanadi. Ammo bunday yondashuv juda ham sodda desak boʻladi. Hammaga maʼlumki, sof bozorga teng iqtisodiy munosabatlar va hamma ishtirokchilar uchun teng sharoitlar mutlaqo mavjud boʻlmaydi. Bu faqatgina afsona, amalga oshmaydigan hayoliy orzu xolos. Bunday harakatlar iqtisodiy jihatdan eng salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Koʻpgina mahalliy ishlab chiqaruvchilar hali narx-navo va sifat jihatidan horijiy kompaniyalarga teng kelolmaydi. Natijada esa chet ellik biznesmenlar Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilarini bosib, surib chiqaradi va oʻz mahsuloti bilan bozorda ustunlik qiladi. Va bunday holatda isteʼmolchilar adolatli teng huquqlarga ham ega boʻlmaydi. Sifatli tovar doimo qimmat turadi va koʻp fuqarolar uchun uni sotib olishga imkoniyat boʻlmaydi.
3) Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi — bu iqtisodiy munosabatlarning muhi
Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat sarflar bilan aniqlanadi degan qarashlari qiymatni tovarning nafliligi belgilaydi, degan marjinal nazariya, naflilik nazariyasining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Ushbu nazariyaning asoschilari avstriya maktabi namoyandalari K.Mengera, E.Bem-Baverka va F.Vizerlar hisoblanishadi. Bu nazariyaga asosan qimmat (qiymat) quyidagilarga bog'liq:
Tovarlar qiymati va nafliligi ularning narxida o'z aksini topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag'batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Narxga
Tovar
Turli
Talab
Tovar
Davlatning
Raqobat
Pulning
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug'diradi.
Narx
Chakana
Chegaralangan
Shartnoma narx
Nufuzli narx
Ulgurji narx
Dotatsiyalangan
Erkin
Demping narx
Tovar va xizmatlami sifatiga bog'liq bo'lmagan holda narxning oshishi bevosita inflatsiyani yuzaga keltiradi.
Inflatsiya jamiyatni barqaror rivojlanishini izdan chiqaradi, ko'zda tutilmagan taqsimlash jarayonlarini, kapitalni qayta taqsimlashni, bankdagi jamg'armalarining qadrsizlanishi va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi.
Davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati va uning zarurligi inflatsiya iqtisodiy o'sishni pasaytirishi va ba'zi hollarda ishlab chiqarishni inqiroz sabablaridan biri bo'lishi bilan asoslanadi.
4) Венчур сўзи бу хатар деган маънони билдиради. Мисол учун, бирон-бир янги, инновацион ишлаб чиқаришни амалга оширишда молиявий, бозор, техник, нарх билан боғлиқ хатарлар мавжудлиги сир эмас. Венчурда янги, ҳали тажрибадан ўтмаган ва кенг оммалашмаган маҳсулотларни ишлаб чиқариш ёки хизмат кўрсатишни йўлга қўйишда молиявий маблағларнинг етишмаслиги, маҳсулот ёки хизматга бозор талабининг етарли бўлмаслиги, техник таъминотда номувофиқликларнинг вужудга келиши, белгиланган нархларнинг ўз сарф- харажатларини қоплай олмаслиги каби хатарлар юзага келиш эҳтимоли нисбатан юқори бўлади. Натижада, бундай фаолият билан барча тадбиркорлар ҳам бирдек шуғулланишни истамайдилар.
Бироқ, венчур тадбиркорликнинг ўзига хос томони шундаки, у жуда катта хатар билан боғлиқ бўлсада, муваффақиятли амалга ошган чоғда бошқа бизнес фаолиятларига нисбатан жуда катта фойда келтириши мумкин. Бу эса хавф-хатарга боришга тайёр бўлган венчур тадбиркорлар ҳамда уларни молиялаштирувчи венчур фондларнинг пайдо бўлишига имкон яратади.
Венчур инвестиция тадбиркорликни инновацион фаолиятини молиялаштиришнинг манбаи бўлиб, унинг муқобил шакли сифатида намоён бўлади. У дастлаб XX асрнинг ўрталари 50 йилларида АҚШ да пайдо бўлди ва бутун Европага кенг тарқалди. Ўзбекистон Республикаси президентининг 2018 йил 22 январдаги ПФ-5308 сон фармонига асосан тадбиркорлик ва инновацион соҳадаги истиқболли лойиҳаларни молиялаштириш механизмлари амалга ошириш мақсадида 2018 йилнинг 1 апрелига қадар венчур фондларнинг ҳуқуқий мақоми ва уларни ташкил этиш тартиби, венчур компаниялар ва фондлар, венчур фондларни бошқариш билан шуғулланувчи компаниялар ҳамда инновацион корхоналар фаолиятини тартибга солиш, венчур компаниялар ва фондлар учун малакали бошқарув ва эксперт кадрларни тайёрлаш, венчур лойиҳаларни суғурталаш борасида бир қатор ишлар амалга оширилди.
Бундан ташқари, 2023 йил 1 январга қадар юқори технологияли тадбиркорлик лойиҳалари-стартапларни биргаликда молиялаштириш учун ташкил қилинадиган венчур фондлар, венчур фондлардан биргаликда молиялаштириладиган юқори технологияли лойиҳалар-стартаплар, илмий-тадқиқот муассасалари, инновацион марказлар, лойиҳа-конструкторлик бюролари ўзларининг янги технологияларини тадбиркорларга сотишдан (фойдаланишга беришдан) олинган даромадлар бўйича, янги технологияларни маҳаллий тадбиркорликка трансфер қилувчи ташкилотлар бу фаолиятдан олинган даромадлари бўйича барча турдаги солиқ ва мажбурий тўловлар тўлашдан озод қилинди [9].
Бундан ташқари, Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тадбиркорлик ва инновация соҳасида лойиҳаларни молиялаштириш механизмларини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2019 йил 24 ноябрдаги ПФ-5583- сонли Фармонига мувофиқ венчурли молиялаштиришни ривожлантириш мақсадида “Инвестицион ва бошқарув компаниялар тўғрисида”ги Низом лойиҳаси ишлаб чиқилди ва Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 17 майда 414-сонли қарори қабул қилинди. тайёрланди.
Бундан ташқари, венчур тадбиркорлик билан шуғулланадиган кичик фирмалар инновацион фаолиятнинг ташкилий шаклларидан бири бўлиб, у кичик бизнес субъектлари ўртасида алоҳида ўрин эгаллайди. Улар юқори технологияли корхоналарни ташкил этиш ва ривожлантиришга ўз ҳиссаларини қўшмоқда.
Иқтисодчи олим Н.И. Лапиннинг айтишича, "венчур тадбиркорлиги изланувчан ва таваккалчи бўлган фаолиятларни қўллагани учун у инновацион фаолият учун жуда катта хавф бўлган бўғимдир” деб таъкидлади.
Венчур тадбиркорлиги юқори технологияларда олиб борилган илмий тадқиқот ишларини тижоратлаштириш учун ҳам характерли бўлиб, юқори технологияли соҳадан олинган самара кафолатланмаган ва таваккалчилик хавфи жуда юқори эканлигини кўриш мумкин.
Демак, венчур тадбиркорлиги деганда, нафақат кичик бинес субъектлари фаолиятини инвестициялаш балким, бевосита илмий-техникавий тижоратлаштиришга асосланган, ўз капитал жамғармасини янги маҳсулот ва янги технологияларни олдиндан аниқланмаган даромад олиш учун таваккалчилик асосида сарфлаши тушунилади.
Халқаро тажрибада венчурли тадбиркорликда дастлабки босқичларданоқ юқори таваккалчилик хатари мавжуд бўлиб, инвестициялаштирилган жараёнларнинг якуний натижалари амалга оширилгандан кейин ижобий самарага эришилмаса молиялаштирилган маблағдан ажралиб қолиш мумкин.
Бизнеснинг бу турига илм-фан соҳасидаги илмий-тадқиқот натижаларини молиялаштириш кўпроқ мос келади.
тида намоён бўлади.
5) Турли кўринишдаги ва шаклдаги солиқ имтиѐзлари иқтисодиѐтни давлат томонидан тартибга солишнинг муҳим шакли ҳисобланади. Имтиѐзлардан иқтисодий жараѐнларни тартибга солиш мақсадида фойдаланилади. Улар инвестицияларни, тадбиркорлик фаолиятини, чет эл капиталини жалб этишни, пул ва моддий ресурсларни тежашни, ишлаб чиқариш самарадорлигини оширишни ва бандликни оширишни рағбатлантириш мақсадида қўлланилади. Солиқлар ѐрдамида тадбиркорлар фаоллигини рағбатлантириш ѐки аксинча, чеклаб қўйиш ва демак, тадбиркорлик фаолиятининг у ѐки бу тармоғи ривожланишига таъсир кўрсатиш мумкин1. Ишлаб чиқариш харажатларини камайтириш ва жаҳон бозорида миллий корхоналарнинг рақобатбардошлигини ошириш учун шарт-шароит яратишда ҳам солиқларнинг рағбатлантириш функцияси муҳим роль ўйнайди.
Диcкрецион ва нодискрецион фискал сиѐсат. Давлат томонидан амалга ошириладиган фискал сиѐсат одатда икки йўналишда бўлади: дискрецион фискал сиѐсат ва нодискрецион фискал сиѐсат. Дискрецион фискал сиѐсатда ҳукуматнинг махсус қарорлари натижасида давлат харажатлари, солиқлар ва давлат бюджети қолдиғи миқдорининг мақсадли ўзгариши амалга оширилади. Бу қарорлар иқтисодиѐтдаги бандлик даражаси, ишлаб чиқариш ҳажми ва инфляция суръатларини ўзгартиришга қаратилган бўлади.
Нодискрецион фискал сиѐсатда давлат харажатлари, солиқлар ва давлат бюджети қолдиғининг автоматик равишда ўзгариши рўй беради. Бу ўзгаришлар «автоматик стабилизаторлар» ҳаракати таъсирида жами даромаднинг даврий тебранишлари натижасида пайдо бўлади.
«Автоматик стабилизатор» – давлат томонидан махсус чораларни қўлламасдан автоматик равишда иқтисодиѐтдаги даврий тебранишларни силлиқлашга имконият беради. Масалан: солиқ солишнинг прогрессив шкаласи, трансфертлар тизими, ишсизлик бўйича нафақалар ва бошқалар. Республикамизда ҳам иқтисодий ривожланишни тартибга солиш мақсадида солиқ имтиѐзлари тизимидан кенг қўлланилади. Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексига мувофиқ чет эл инвестицияси билан ташкил этилган, импорт ўрнини босувчи ва экспортга йўналтирилган махсулот ишлаб чиқарадиган ишлаб чиқариш корхонаси даромади (фойдаси) ишлаб чиқаришни бошлагандан 5 йил муддатгача солиқлардан озод этилади. Агар, ишлаб чиқариш хажмининг 25% дан ортиғини болалар ассортиментидаги
товарлар ташкил этса ва корхона устав фондида чет эл капитали улуши 50% дан ортиқ бўлса 2 йилгача солиқлардан озод этилади. Қишлоқ жойларда ва аҳоли пунктлари ҳудудида янги ташкил этилган халқ истеъмоли товарларини ишлаб чиқариш ва қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини қайта ишловчи корхоналар ишлаб чиқаришни бошлагандан то 3 йил муддатгача солиқлардан озод этилади. Умумий ишчилар сонининг 75%дан кам бўлмаган қисми ўрта мактаб ўқувчиларидан ва касб-хунар ўқув юртлари ўқувчиларидан ташкил топган юридик шахсларнинг даромадлари(фойда) солиқлардан озод этилади.
Экологияга, соғломлаштириш ва хайрия фондларига, маданият муассасаларига, халқ таълими ва соғлиқни сақлашга бадаллар тўлаш ҳисобига даромадни(фойдани) солиққа тортишни камайтириш шаклидаги имтиѐзлар ҳам мавжуд.


VARIANT № 23
23-VARIANT
1. Korxonada hisob kitoblarni amalga oshirish tizimi.
Javob: Iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olib borish murakkab jarayon hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi mana shu o‘zgarishlarni aks ettirishni soddalashti- rish borasida hisobni turkumlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda hisobning quyidagi turlari mavjud:
— operativ hisob;
— statistik hisob;
— buxgalteriya hisobi.
Operativ hisob ishlab chiqarishning ayrim bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va xo‘jalik muomalalari haqida zarur ma'lumotlarni tezkor holatda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Xo‘jalik muomalalarini amalga oshirishda bu hisob yordamida rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar haqiqatda erishilgan ko‘rsatkichlar bilan ham miqdor, ham sifat jihatdan solishtiriladi, olingan ma'lumotlardan korxona yoki uning bo‘linmalari faoliyatini boshqarishda foydalaniladi.
Operativ hisobning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda xo‘jalik jarayoni to‘g‘risidagi ma'lumotlar tezlik bilan qayd qilinadi va tegishli joyga yetkaziladi. Bunday ma'lumotlardan esa muayyan korxonada xo‘jalik jarayoniga, shuningdek, butun xalq xo‘jaligiga operativ rahbarlik qilishda foydalaniladi. Operativ hisobda barcha o‘lchovlar — natura, mehnat va pul o‘lchovlari ham keng qo‘llaniladi.
Statistik hisob muayyan sharoitda xalq xo‘jaligining butun miqyosida hamda ayrim sohalarida ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy ifodada o‘rganadi. Demak, statistik hisob ommaviy-ijtimoiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidan iboratdir.
tatistik hisob tegishli usullardan, masalan, statistik kuzatish, statistik yig‘ish, statistik guruhlash, o‘rtacha miqdorlarni hisoblash va boshqalardan foydalanib, jamiyat xo‘jalik faoliyati rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi. tatistik ko‘rsatkichlar ijtimoiy hayot hodisalarini miqdor va sifat jihatidan ifodalaydi. hu bilan birgalikda statistik hisob orqali mamlakatning makroiqtisodiy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham hisoblanadi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: yalpi ichki mahsulot, milliy daromad; sof milliy mahsulot; inflatsiya darajasi; ishsizlik darajasi; aholi soni; aholi tarkibi; aholining ish bilan bandlik darajasi va boshqalar.
tatistik hisobda o‘rganilayotgan hodisalarning xususiyatlariga qarab pul, natura va qiymat o‘lchovlari qo‘llaniladi. tatistik hisob xo‘jalik faoliyati haqidagi dastlabki ma'lumotlarni mustaqil tashkil qilinadigan boshlang‘ich hujjatlar asosida oladi. Bundan tashqari, statistik hisob xo‘jalik faoliyati hodisalarini o‘rganishda buxgalteriya va operativ hisobning ma'lumotlaridan keng foydalanadi.
Buxgalteriya hisobi — bu kundalik va umumiy ma'lumotlar olish maqsadida korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi yagona xalq xo‘jaligi hisobi tizimining bir turi bo‘lganligi sababli hisobga xos bo‘lgan hamma umumiy vazifalar unga tegishlidir.
Buxgalteriya hisobining statistik va operativ hisobdan farqli tomonlari quyidagilardir:
— korxonalar mablag‘larining joylanishi va ularning tashkil topish manbalarida bo‘ladigan o‘zgarishlarga olib keluvchi hamma xo‘jalik jarayoni va muomalalarini yoppasiga qayd qiladi;
— bu jarayon va o‘zgarishlar ikkiyoqlama yozish usuli bilan muntazam, uzluksiz hamda o‘zaro bog‘langan ravishda qayd qilinadi;
— yozuv faqat hujjatlargagina asoslanadi;
— hamma xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi.
Demak, buxgalteriya hisobi korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni va muomalalarini pul ifodasida yoppasiga uzluksiz, o‘zaro bog‘langan, hujjat bilan asoslangan holda aks etishini ta'minlaydi. Hisobning bu turi operativ hisobdan farq qilib, ayrim xo‘jalik operatsiyalarini yoki jarayonlarini emas, balki korxona xo‘jalik faoliyatining hamma tomonini qamrab olgani uchun statistik hisob kabi mustaqil iqtisodiy fan hisoblanadi.

2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatini qo‘llash sohalari.


Javob: iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda amal qiluvchi obyektiv iqtisodiy qonunlarni ochib beradi hamda xo‘jalik yuritishning prinsiplarini va mexanizmini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining maqsadlarini, sohalari va vosita hamda usullarini, ya’ni davlatning iqtisodiy siyosatini ilmiy jihatdan asoslaydi. Shundan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosati –davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish maqsadida bozor iqtisodiyotining amal qilishi uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlari yig‘indisidir. iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullarining tadqiqot ob’ekti bo‘lib iqtisodiy sub’ektlarning o‘zaro hamkorlikda samarali va barqaror faoliyat yuritishlari. shuningdek, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish yoki ularning ta’sirini kamaytirish uchun qulay huquqiy va ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va madaniy shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayonlari hisoblanadi. iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari o‘quv kursining predmetini davlatning jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi jarayonlari va bunda davlat bilan iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasida yuzaga keladigansiyosiy, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tashkil etadi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan siyosatini hukumatning iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash borasidagi qarorlari va hattixarakatlarida namoyon bo‘ladi. iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatini qo‘llash sohalari quyidagilardan iborat:
1)Iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar sohasidagi siyosat.Bunda iqtisodiy hayotdagi davlat va xo‘jalik sub’ektlari hatti-harakati normalari bo‘yicha uzoq muddatli ijtimoiy kelishuv to‘g‘risida so‘z boradi.
2) Iqtisodiy tartib o‘rnatish siyosati, ya’ni xususiy shaxslar, firmalar, institutlar faoliyati, raqobatni himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solish va savdoni rivojlantirishning mumkin bo‘lgan miqyoslarini belgilovchi tartib-qoidalarni o‘rnatishga qaratilgan siyosat;
3)Integratsion va tashqi siyosat- bu hududlararo bozorlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir;
4)Xo‘jalik jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish siyosati-bu jami talab va jami taklifga ta’sir etish, ular o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, pul va fiskal siyosatlarni amalga oshirishdir.
5)Iqtisodiy o‘sish siyosati va tarkibiy siyosat iqtisodiy o‘sishga to‘siqlarni bartaraf etishga va ishlab chiqarish potensialining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir;
6)Atrof muhitni muhofaza qilish siyosati. Demak, davlatning iqtisodiy siyosati davlatning iqtisodiyotga aralashishi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakl va usul, vositalari, dastaklarini o‘z ichiga oladi.
Davlat mavjud bo‘lgan barcha tarixiy davrlarda iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan siyosat davr talablariga mos ravishda ma’lum miqyoslarda, shakl va uslublarda amalga oshirilib kelingan. Lekin to 1929-1933 yillardagi krizisgacha bo‘lgan davrlarda davlatning iqtisodiyotga aralashishi nomuayyan, va cheklangan bo‘lib, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tor doira va miqyoslarda,ko‘lamlarda vaziyat taqozasiga ko‘ra epizodik ko‘rinishda kam sonli vosita va usullar yordamida amalga oshirilib kelingan. Faqat 20-asrning 30-40-yillaridan boshlab, davlatning iqtisodiy siyosati bozor iqtisodiyotiga davlatning muntazam ravishda aralashib,uni tartibga solishga qaratilgan mexanizmni bozorning o‘zinio‘z tartiblash mexanizmi bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirila boshlandi. Uning mazmunini ochib berish uchun bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashishi va tartibga solishi zarurligi, uning ob’ekti va predmeti, shakl va usullarini tahlil qilish lozim bo‘ladi.
3. Kapital va ishlab chiqarishni bir joyga to‘planishi hamda asosiy yo‘nalishlari
Javob: Iqtisodiy adabiyotda xalqaro kapital migratsiyasining mohiyatini ochib beruvchi ikki xil yondashuv mavjud bo‘lib, ular orasidagi farq quyidagi sabablar orqali ochib beriladi:
- bozor va uni tashkil etuvchi xo‘jalik aloqalarining rivojlanishi;
- ushbu aloqalarning milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog‘liq rolining o‘zgarishi.
Birinchi yondashuv tarafdorlari uchun xalqaro kapital migratsiyasi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqti- sodiy afzalligi tufayli o‘sha mamlakatlar tomon oqib o‘tadi. Bozorning alohida mamlakatlar milliy xususiyatlarini hisobga oluvchi universal qimmati bu yondashuv tarafdorlarining diqqat markazida turadi.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, xalqaro kapital migratsiyasi ortiqcha ishlab chiqarish, moliya resurslarining foyda olish maqsadida xorijga uzluksiz joylashtirilishidan iboratdir. Bu yerda bozor subyekt sifatida emas, balki milliy, hududiy va xalqaro miqyos- da muayyan maqsadga erishish vositasi, obyekti sifatida namoyon bo‘ladi.
XXI asr boshida iqtisodiyotning globallashuvi omillaridan biri kapitalning mamlakatlar o‘rtasida harakatlanishining barqaror sur’at- larda o‘sishi hisoblanadi.
Tovar ishlab chiqarishning muhim omillaridan hisoblangan kapitalning xalqaro harakati milliy iqtisodiyot chegaralaridan chiqib boshqa mamlakatlarga ko‘chadi.
Xalqaro kapital migratsiyasi jahon xo‘jaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatlarning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalarining mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini oshiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, importyor mamlakatlar texnik salohiyatini o‘stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi.
Kapital migratsiyasining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- kapitalning foiz stavkasi bilan belgilanadigan turli chegaraviy unumdorligi;
- firmalarning o‘z faoliyatini xalqaro diversifikatsiyalashtirishga intilishlari;
- tovarlarni import qilishga xalal beradigan va xorijiy ta’minot- chilarning bozorga kirish uchun kapital olib kirishga undaydigan boj to‘siqlarining mavjudligi;
- barqaror siyosiy vaziyat va qulay investitsiyaviy muhit. Kapital migratsiyasi jarayonlariga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining saqlab turilishi;
- jahon iqtisodiyoti va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar;
- ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va koopera- tsiyasining chuqurlashuvi;
- jahon iqtisodiyotining transmilliylashishi;
- ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi va integratsiyaviy jarayonlarning rivojlanishi;
- bozorlarning o‘ta to‘yinishi ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini cheklaydi;
- rivojlangan mamlakatlardagi sotuvchilar o‘rtasidagi keskin raqobat;
- milliy bozorning yirik moliya-sanoat guruhlari tomonidan monopollashtirilishi;
- harakatdagi texnologiyalarni takomillashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi;
- sanoati rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlari- ni, bandlik darajasini, ilg‘or sanoat tarmoqlarining rivojlanishini saqlab turish uchun salmoqli hajmda kapitallarni jalb qilishga yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosati;
- xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro investitsiyaviy bo‘shliqni erkinlashtirish siyosatining yuritilishi, investitsiyaviy sheriklikning universal me’yorlarini ishlab chiqish;
- mamlakatlar o‘rtasida daromadlar va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi xalqaro kelishuvlar, ular savdo-sotiqning rivojlanishi va investitsiyalarning jalb qilinishiga ko‘maklashadi.
Xorijiy investitsiyalar butunjahon iqtisodiyotiga va xalqaro biznesga quyidagi tarzda jiddiy ta’sir ko‘rsatadi:
- kapital ekspansiyasi milliy xo‘jalik hayotini baynalmilal- lashtirish missiyasini bajaradi;
- kapital ekspansiyasi yangi texnologiyalar va “nou-xau”larni butun dunyoga tarqatib, jahon bozorlarining diversifikatsiyasini yana- da chuqurlashtiradi, jumladan, jahon ishlab chiqarishi xalqaro bozori- ning umumiy samaradorlik darajasini, uning raqobatbardoshligini oshiradi;
- kapital ekspansiyasi va uning jahon iqtisodiyotining daromadli o‘sish nuqtalariga ko‘chib o‘tishi uzoq istiqbolda ishlab chiqarish shart-sharoitlarini tenglashtirish, milliy narxlarning jahon narxlariga yaqinlashishi, ish haqi va foiz stavkalarida milliy farqlarning yo‘qo- lishi tendensiyasini yuzaga keltiradi;
- o‘zi uchun bevosita yoki uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish uchun tramplin sifatida barqaror bozorni ta’minlash;
- xalqaro korporatsiyalarning turli mamlakatlarda o‘z “ichki bozor”larini, u yoki bu tarmoqlarini yaratishi natijasida ishlab chiqarish va kapitalning baynalmilallashuvi jarayoni bilan to‘ldiriladi;
- o‘z manfaatlarini mintaqaviy va yuqoriroq xalqaro darajadagi davlatlararo munosabatlarga kiritish;
- sherik mamlakatlarning ichki ishlari va davlatlararo munosa- batlariga aralashmaslik, tenglik, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish, investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar milliy an’analari va madaniy qadriyatlarini, mehnatkashlar huquqlarini hurmat qilish bo‘yicha umume’tirof etilgan tamoyillarga rioya qilgan holda xalqaro investitsiyalarni xalqaro hamkorlikning muhim omili sifatida belgilash. Mamlakatning xalqaro kapital migratsiyasidagi ishtirok etish darajasi qator ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Birinchi guruh ko‘rsatkichlarga quyidagi mutloq ko‘rsatkichlar kiradi: kapital eksporti va importining hajmi, kapital eksporti- importi qoldig‘i, mamlakatdagi xorijiy kapitalli korxonalar soni, ulardagi bandlar soni va h.k. Kapital eksporti-importi qoldig‘idan kelib chiqib, jahon mamlakatlari kapital eksport qiladigan (Yaponiya, Shveysariya), kapital import qiladigan (AQSh, Buyuk Britaniya) hamda eksport va import hajmi taxminan bir xil bo‘lgan mamlakatlarga (Germaniya, Fransiya) ajratiladi.
Boshqa guruh ko‘rsatkichlar nisbiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular xalqaro kapitallar migratsiyasining markazlari va mamlakatning kapital importi-eksportiga bog‘liqligini aks ettiradi:
1. Kapital importi koeffitsiyenti – xorijiy kapitalning mamlakat YaIMdagi ulushini ko‘rsatadi.
2. Kapital eksporti koeffitsiyenti - eksport qilinadigan kapitalning YaIMdagi ulushini aks ettiradi.
3. Xorijiy kapitalning mamlakat kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan ichki ehtiyojidagi ulushini aks ettiruvchi kapital.
4. Boshqa nisbiy ko‘rsatkichlar: xorijiy yoki aralash kompaniya- larning milliy ishlab chiqarishdagi ulushi, kapital eksporti-importining oldingi davrga nisbatan o‘sish sur’atlari, mamlakat aholisi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xorijiy investitsiyalar summasi.
Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol migra- tsiyasi zamonaviy jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabat- larning eng muhim ajratib turuvchi tomoniga aylandi.
Xalqaro kapital migratsiyasi-kapital egasi uchun foyda keltiruvchi, davlatlar orasidagi qarama-qarshi harakatdir. Har bir davlat bir vaqtning o‘zida kapitalning importyori va eksportyori bo‘lib hisob- lanadi. Jahon iqtisodiyotida katta foyda uchun kapital olib chiqishning eng muhim sabablari quyidagilardan iboratdir:
- kapital olib chiqilayotgan davlatda uning ortiqcha to‘planganligi;
- jahon xo‘jaligining turli zvenolarida kapital talabi va taklifining mos kelmasligi;
- mahalliy bozorni monopol qilish imkoniyati mavjudligi;
- kapital eksport qilinadigan davlatda arzonroq xomashyo va ishchi kuchining mavjudligi;
- barqaror siyosiy holat va umuman qulay investitsion muhitning mavjudligi.
Amaliy hayotda investitsiya qilish zaruriyati o‘zida investitsion muhitning barcha qismlarini mujassamlashtirgan sabablar kompleksi va shuningdek, ayrim bozorlarning nisbiy ustunligi tamoyillari bilan belgilanadi.
4. Keys. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun 126 mln. so‘mlik material xarajatlari sarflanadi. Material xarajatlari 650 mln. so‘mni tashkil etdi. Mahsulotning aniq miqdorini hisoblang.
Javob: Mahsulot miqdori=Material xarajatlari/bir birlik mahsulot xarajatlari=650/126=5 birlik mahsulot ishlab chiqariladi.
1. Korxonada hisob kitoblarni amalga oshirish tizimi

Hisob va hisobotjuda qadimdan xo‘jalik faoliyatining zaruri- yati va ehtiyoji sifatida yuzaga kelgan. Hisob-kitob bozor iqtisodi- yotini shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga o‘tish davrida respublikamiz iqtisodiyotining ahamiyati beqiyos ravishda oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob-kitobni to‘g‘ri tashkil etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


Bugungi kunda hisobning quyidagi turlari mavjud:

  • operativ hisob;

  • statistik hisob;

  • buxgalteriya hisobi.

  • Operativ hisob ishlab chiqarishning ayrim bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan xo‘jalikjarayonlari va xo‘jalik muomalalari haqida zarur ma’lumotlarni tezkor holatda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Xo‘jalik muomalalarini amalga oshirishda bu hisob yordamida rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar haqiqatda erishilgan ko‘rsatkichlar bilan ham miqdor, ham sifat jihatdan solishtiriladi, olingan ma’lumotlardan korxona yoki uning bo‘linmalari faoliyatini boshqarishda foydalaniladi.

Statistik hisob muayyan sharoitda xalq xo‘jaligining butun miqyosida hamda ayrim sohalarida ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy ifodada o‘rganadi. Demak, statistik hisob ommaviy-ijtimoiy hodisalami o‘riganish va nazoriat qilish tizimidan iboriatdiri.
Buxgalteriya hisobi — bu kundalik va umumiy ma’lumotlari olish maqsadida korixonalari xo‘jalik faoliyatini uzluksiz riavishda kuzatish va nazoriat qilish tizimidan iboriatdiri.
Buxgalteriiya hisobi yagona xalq xo‘jaligi hisobi tizimining biri turi bo‘lganligi sababli hisobga xos bo‘lgan hamma umumiy vazifalari unga tegishlidiri.
Buxgalteriiya hisobining statistik va operiativ hisobdan fariqli tomonlarii quyidagilaridiri:

  • korixonalari mablag‘larining joylanishi va ularining tashkil topish manbalariida bo‘ladigan o‘zgarishlariga olib keluvchi hamma xo‘jalikjariayoni va muomalalarini yoppasiga qayd qiladi;

  • bu jariayon va o‘zgarishlari ikkiyoqlama yozish usuli bilan muntazam, uzluksiz hamda o‘zario bog‘langan ravishda qayd qilinadi;

  • yozuv faqat hujjatlarigagina asoslanadi;

  • hamma xo‘jalik muomalalari buxgalteriiya hisobida pul ifodasida aks ettiriladi.

Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish,
moliyaviy natijalarni aniqlash, xullas, barchajarayonlar hujjatlarda aks
ettiriladi. Bu esa, korxonada amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari
ustidan nazorat o‘rnatish bilan birga, ish yuritishda muayyan tartibintizomni yo‘lga qo‘yadi va oqibat natijada hisobni mustahkamlaydi.
Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat to‘g‘ri rasmiylashtirilgan
hujjatlar, ya’ni belgilangan texnik andozalarda ko‘zda tutilgan barcha
rekvizitlari to‘ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi
hujjatlarining rekvizitlari quyidagilardir:
— korxonaning nomi;
— hujjatning nomi;
— uning raqami va sanasi;
— xo‘jalik muomalasining qisqacha mazmuni;
— uning miqdoriy puldagi ifodasi;
— mazkur xo‘jalik muomalasi uchunjavobgar shaxslarning ismsharifi;
— mazkur xo‘jalik muomalasi uchun javobgar shaxslarning
shaxsiy imzolari;
— xo‘jalik muomalalarining xarakteri va hisob axborotiga ishlov
berish texnologiyasiga bog‘liq holda birlamchi hujjatlarga boshqa
zarur rekvizitlar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
— o‘z vaqtida tuzish;
— to‘liq va ishonchli bo‘lishi;
— xo‘jalik faoliyati ustidan dastlabki va joriy nazoratni olib
borish.
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar bir nechta belgilari
bo‘yicha tavsiflanadi:
— tuzilganjoyi bo‘yicha;
— aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarining hajmiga ko‘ra;
— qamrab olish usuliga ko‘ra;
— maqsadiga ko‘ra
2. Milliy xavfsizlik tushunchasini mohiyati. Milliy xavfsizlik turlari va ularning guruhlanishi
Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala bo ‘lib, bunda davlat asosiy rolni o'ynaydi.
Milliy xavfsizlik – inson, jamiyat va davlat hayotining turli sohalarida muhim manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash. Zamonaviy dunyoda har qanday davlat fuqarosining hayotida o'ziga, yaqinlariga va oxir-oqibat butun jamiyatga nisbatan xavfsizlik hissidan muhimroq narsa yo'q. Bu xavfsizlik holati inson hayotining normal yo'nalishini ta'minlaydi, barcha muhim ijtimoiy sohalarda farovonlik va barqaror rivojlanishga erishishga yordam beradi.
“O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimizning jahon xo‘jaligi tizimida va jahon hamjamiyatida munosib joyni egallashiga erishish — davrimizning asosiy vazifasidir”, - deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi. Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq. Shuning uchun iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi.
Milliy xavfsizlik quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • davlat xavfsizligi — davlatning tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanish darajasini tavsiflovchi tushuncha;

  • jamoat xavfsizligi - shaxs va jamiyatning, asosan, umumiy xavfli xarakterdagi ichki tahdidlardan himoyalanish darajasida ifodalangan tushuncha;

  • texnogen xavfsizlik — texnogen tahdidlardan himoyalanish darajasi;

  • ekologik xavfsizlik va tabiiy ofatlar tahdididan himoya qilish ;

  • iqtisodiy xavfsizlik

  • energiya xavfsizligi

  • axborot xavfsizligi

  • shaxsiy xavfsizlik

  • fuqarolik protsessual xavfsizligi

  • kimyoviy va biologik xavfsizlik

Milliy xavfsizlikni ta'minlash - bu xalqning normal hayotini ta'minlash, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, sog'liqni saqlash, harbiy va huquqiy chora-tadbirlar majmuidir.
Milliy xavfsizlikni ta'minlash quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • fuqaroning ushbu davlat hududida yashovchi boshqa fuqarolarga nisbatan yaxshilangan barqaror iqtisodiy holatini shakllantirish.

  • davlat tizimini himoya qilish ;

  • ijtimoiy tartibni himoya qilish ;

  • hududiy yaxlitlik va suverenitetni ta'minlash ;

  • millatning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash;

  • millat salomatligini ta'minlash ;

  • jamoat tartibini muhofaza qilish ;

  • jinoyat nazorati ;

  • texnogen xavfsizlikni ta'minlash va tabiiy ofatlar tahdididan himoya qilish;

  • kimyoviy va biologik xavfsizlikni ta'minlash

Milliy xavfsizlikni ta'minlovchi organlar - armiya, aviatsiya, dengiz floti, razvedka va kontrrazvedka xizmatlari, huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar, tibbiyot organlari.

3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatini qo‘llash sohalari


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - bu asosiy iqtisodiy jarayonlarni tuzatish va o'rnatish uchun davlat tomonidan qo'llaniladigan chora-tadbirlar, harakatlar majmuidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash va jamiyat barqarorligini saqlash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. Ayrim olimlar bu maqsadni yalpi milliy mahsulotning zaruriy o‘sishi, ishsizlikni kamaytirish, narxlarni barqarorlashtirish, qulay tashqi iqtisodiy siyosat yuritish kabi vazifalar bilan to‘ldiradilar.
Davlat quyidagilar uchun javobgardir:

  • Fiskal siyosat (byudjet, soliqlar);

  • Pul-kredit siyosati (naqd pul, kredit bozorini tartibga solish);

  • Tashqi savdoni tartibga solish ;

  • Daromad taqsimotini nazorat qilish.

  • Fiskal (fiskal) siyosat - davlatning soliqqa tortish, davlat xarajatlarini va davlat byudjetini tartibga solish sohasidagi faoliyati. U iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, inflyatsiyaning oldini olish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.

  • Pul-kredit (pul) siyosati - iqtisodiyotdagi pul massasini nazorat qilish. Uning maqsadi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling