1 bosqich 22. 02 guruh talabasi turg’unboyeva gulnihol botanika fanidan mustaqil ish bug’doydoshlar yoki qo’NG’irotboshdoshlar oilasi
Download 0.69 Mb.
|
BUG’DOYDOSHLAR YOKI QO’NG’IROTBOSHDOSHLAR OILASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘ng‘irbosh (Poa) turkumi.
- Betaga (Festuca) turkumi
- Yaltirbosh (Bromus) turkumi.
Sholi (Oryza) turkumi. Bu turkumga bir yillik o'simliklar kiradi. To'pguli yirik, ro'vaksimon. Boshoqchasi bir gulli, ikki jinsli. Boshoqcha qipig'i (tangachabargi) 4 ta. Gul qipig'i qiltiqli yoki qiltiqsiz, doniga yopishgan. Changchisi 6 ta. Bu turkumga 23 tur kiradi. Yovvoyi holda Afrika va Hindistonda o'sadi. Bizda ekiladigan sholi - Oryza sativa juda qadimdan ckilib kclinayotgan bir yillik o't o'simlik. U yctilishiga qadar suvda o'sadi. Sholi bug'doy, makkajo'xori kabi insonlarning asosiy oziqbop o'simligidir.
Qo‘ng‘irbosh (Poa) turkumi. Bu turkumga bir yillik va ko'p yillik o't o'sim liklar kiradi. To'pguli ro'vak, ikki-o'n gulli. Gul qipiqlaripardasimon, hamisha qiltiqsiz. Ostki qipig'i 3-5 tomirli. Ustki qipig'ipardasimon, ikki tomirli. O'rta Osiyoda bu turkumning 28 turi, O'zbekistonda esa 18 turi tarqalgan. Qo'ng'irboshlaming hamma turlari ham yaxshi yem-xashak hisoblanadi. Piyozchali qo'ng'irbosh (Poa bulbosa) ko'p yillik, popuk ildizli, chim hosil qilib o'suvchi o't. Poyasining bo'yi 10-50 sm, poyasining tubipiyozsimon yo'g'onlashgan. Ro'vagining uzunligi 6 sm gacha yetadi. O'zbekistonda cho'ldan tortib tog'largacha bo'lgan hududlarda keng tarqalgan. Betaga (Festuca) turkumi. Bu turkum vakillari ko'p yillik, ba’zan bir yillik o't o'simliklardan iborat. To'pguli siyrak ro'vaksimon. Boshoqchasi ko'p gulli. Boshoqchaning ostki qipig'i bir tomirli, ustkisi uch tomirli. O'rta Osiyoda bu turkum vakillaridan 12 tur, O'zbekistonda esa 6 turi o'sadi. O'zbekistonda keng tarqalgan turlaridan biri Valeziy betagasi (Festuca valesiaca) ko'p yillik chim hosil qiluvchi o't o'simlik. Barg novining yuqori qismi kengaygan. Ro'vagi biroz tig'iz. Hosilsiz novdalarining barglari ingichka, uzunasiga bo'lingan. Aprel-may oylarida gullab, urug'laydi. Asosan adir va tog'larda tarqalgan. Muhim yem-xashak o'simlik. Yaltirbosh (Bromus) turkumi. Turkum vakillari bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklaridan iborat. Barglari qalami, yassi. Ro'vagi siqilgan yoki yoyiq. Boshoqchalari ko'p gulli, yirik, yon tomonidan siqilgan. Boshoqcha qipiqlari ikkita, ostkisi 1-3, ustkisi 3-7 tomirli. O'rta Osiyoda bu turkumning 22, O'zbekistonda esa 15 turi o'sadi. Qiltiqsiz yaltirbosh, suv bug'doyiq - Bromus inermis. Ko'p yillik, uzun ilodizpoyali o't o'simlik. Poyasi 30-100 sm, tuksiz yoki bo'g'imlarining tagi tukli. Bargi keng qalami, cni 4-9 mm. Boshoqchasi yirik, uzunligi 2-4 sm, gulli qipiqlari qiltiqsiz yoki qisqa qiltiqli. Iyun-avgust oylarida gullab urug'laydi. Adir va tog'ning pastki qismlarida keng tarqalgan. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling