1-bosqich ki 711-22 s guruh talabasining


ular mikromatn va makromatndir


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1058920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HEMIS 1-joriy

ular mikromatn va makromatndir. 
Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal 
matn hisoblanadi.Maksimal matn mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik 
abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to`g`ri keladi. Bunday 
matn tarkibida epigraf, so`zboshi (muqadddima), so`ngso`z (epilog) kabi yordamchi 
qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g`oyasiga, shuningdek, 
mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo`shimcha izoh, sharh 
bo`lib keladi. Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan 
tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan 
yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu 
ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga 
makromatn deyiladi. 
Makromatnning tashkillanishini quyidagi sxema asosida yanada yaqqolroq 
ko‘rishimiz mumkin:  
 
Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik 
bo‘lib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo‘lgan qismi» 
hisoblanadi. Abzats qisqa xabar (abzatsda aytilmoqchi bo‘lgan mavzu haqidagi 
dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi 
Makromatn
Qism yoki fasllar
Bo‘limlar
Abzatslar
Mikromatn


vositalar (bog‘lovchi vositalar abzatsni o‘zidan oldingi abzatsga bog‘laydi, 
shuningdek, abzats ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga bog‘laydi), xabarning 
to‘ldirilishi (dastlabki xabar to‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar 
yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o‘z ichiga oladigan butunlikdir. Oddiy 
kundalik hayotdagi so`zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn yaratmaymiz. 
Ehtiyojimizga ko`ra turli matn turlaridan foydalanamiz. Ba'zan boshimizdan o`tgan 
yoki o`zimiz guvoh bo`lgan qoqealarni kimgadir aytib beramiz. Insonlar o`rtasidagi 
muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson 
hissiyotlarini, tuyg`ularini, hayajonlarini, azob va qayg`ularini ifodalash, shu orqali 
tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni istaydi.Anna shunday hollarda ba'zan 
mubolag`a ba'zan o`xshash – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling