1-bosqich ki 711-22 s guruh talabasining


Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1058920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HEMIS 1-joriy

8. Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud? 
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn 
yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan 
boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. 
Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga 
harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga 
ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar 
vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot 
maqsadimiz ba’zan qandaydir informatsiyani tinglovchiga etkazishga qaratilgan 
bo‘ladi. SHu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar 
beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish 
uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar 
o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi.
Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu 
orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda 
ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan 
foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, xususan, badiiy matnni quyidagi 
tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh 
mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli matn. 6.Buyruq mazmunli 
matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.
1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif - narrativ matn). Bunday matnda 
muallif yoki asar qahramoni o‘zi boshidan o‘tkazgan, eshitgan, o‘qigan yoki guvoh 
bo‘lgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va 
rivoyatlarni narrativ matn tipiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi asosan o‘tgan zamon 


shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko‘plikda ifodalanadi. Hikoya qilinayotgan 
voqea – hodisa kichik yoki keng qamrovli bo‘lishi mumkin. Sekin - asta ko‘tarilib 
boruvchi izchil va yaxlitlovchi ohang kuzatiladi. Biryoqlama ifoda uslubidan 
foydalaniladi. Ya’ni, matn shakllanishida asosan, hikoya qiluvchi (roviy) etakchi 
faktor hisoblanadi. Monologik nutq ko‘rinishi bunday matnlar uchun juda mos va 
qulay bo‘ladi. O‘rni bilan diologik nutq ko‘rinishlariga murojaat qilinganligini 
kuzatishimiz mumkin. Shunda ham hikoya matnining motivatsion butunligi roviyga 
bog‘liq bo‘ladi. Bu tip matnlarda tasviriy, izoh, xabar, hissiy ifoda mazmunli matnlar 
birdaniga ishtirok etishi mumkin. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling