1-bosqich ki 711-22 s guruh talabasining


Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1058920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HEMIS 1-joriy

3. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi? 
Matn hajm va mazmun bеlgisiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1.Hajmiga ko‘ra matn tiplari.(
Hajmiga ko’ra ham ikkiga bo’linadi birinchisi 
mikromatn bu o’z ichiga matallar, maqollar, latifalarni qamrab oladi). 
2.Ifoda mazmuniga ko‘ra matn tiplari ( makromatn bu matn turiga 
hikoyalar, 
qissalar 
, romanlar va dostonlar kiradi. Endi ifoda mazmuniga ko’ra esa 
har hil tasviriy axborotlar , fantastik , dedektiv asarlar kiradi). 
4. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering
Hajmiga ko‘ra matn tiplari. Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy 
faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq 
ko‘rinishidir. Matnni hajm bеlgisiga ko‘ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn va 
maksimal matn
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda, biror mavzuni yoritishga 
bag`ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va 
aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, 
umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik 
tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli 
shakldagi bog`lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. 
Maksimal matn deyilganda, keng ko`lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan 
yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, 
epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi.Maksimal matn 
mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob 
(qism yoki fasl)larga to`g`ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so`zboshi 
(muqadddima), so`ngso`z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi 


mumkin. Ular asar mazmuni va g`oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va 
yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo`shimcha izoh, sharh bo`lib keladi. 
Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo`lib, 
“matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo`lgan qismi” hisoblanadi. 
Oddiy kundalik hayotdagi so`zlashuv nutqida har doim ham yangidan matn 
yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko`ra turli matn turlaridan foydalanamiz. Ba'zan 
boshimizdan o`tgan yoki o`zimiz guvoh bo`lgan qoqealarni kimgadir aytib beramiz. 
Insonlar o`rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib 
qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg`ularini, hayajonlarini, azob va qayg`ularini 
ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta'sirlantirishni istaydi.Anna 
shunday hollarda ba'zan mubolag`a ba'zan o`xshash – qiyoslash kabi tasviriy 
vositalardan foydalanamiz. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling