1. Botanika o‘simliklar haqidagi fan


Download 282.48 Kb.
bet5/11
Sana30.04.2023
Hajmi282.48 Kb.
#1403327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-Ma\'ruza. O\'simlik va hayvonot olami

7-rasm. Bir yillik o‘tlar
Shunday qilib, gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, ko‘p yillik, ikki va bir yillik o‘tlardan tashkil topgan.
4. O‘simliklar sistematikasi haqida tushuncha.

0‘simliklami bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilaming o‘xshashlik darajasiga qarab o‘simliklar dunyosini ma’lum tartib - sistema (tizim)ga solish o‘simliklar sistematikasi deb ataladi. 0‘simliklar sistematikasi botanika fanining asosiy qismi bo‘lib, unda o‘simliklar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlar - sistematik birliklarga bo‘linadi.


0‘simliklar sistematikasida quyidagi sistematik birliklar qabul qilingan: tur, turkum, oila, sinf (ajdod), bo‘lim va o‘simliklar dunyosi.
0‘simliklar sistematikasidagi eng kichik birlik turdir. Tur - hamma organlari bir-biriga o‘xshash, ma’lum may- donda uchraydigan o‘simliklami o‘z ichiga oladi. Masalan, sariq do‘lanani olaylik. U bitta tur. Lekin tog‘larda bu turga kiradigan o‘simlik tuplari keng tarqalgan. Ular guli, meva- si, bargi va boshqa belgilari bilan juda o‘xshash. Shuning uchun ular bir turga kiradi.





Turkum - bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan. Fanda o‘simliklami qo‘shaloq (ikki) nom bilan - tur va turkumning nomlari bilan atash (binar nomenklatura) qabul qilingan. Tumi ikki nom bilan atashni birinchi bo Tib shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) fanga kiritgan. Ma- salan, sarimsoq piyoz yoki anzur piyozdagi sarimsoq va an- zur so‘zlari turga tegishli, piyoz so‘zi esa turkumga tegishli nom bo Tib, bu shu turlaming piyoz turkumiga oid ekanli- gini bildiradi.
Fanda har bir turning mahalliy nomlaridan tashqari yana ilmiy, ya’ni «lotincha» nomi ham bor.
Istalgan o‘simlikning ilmiy nomini maxsus kitoblar (flo- radan yoki o‘simliklar aniqlagichi)dan topish mumkin. Bir- biriga yaqin turkumlar qo‘shilib oilam tashkil qiladi. Masa- lan, bodom, olma, o‘rik, na’matak, doTana kabi turkumlar birlashib, ra’nodoshlar oilasini tashkil etadi (79-rasm).
Ayrim belgilari bilan bir-biriga juda o'xshagan va ke- lib chiqishi jihatidan yaqin boTgan oilalar birlashib, sinf­ul tashkil qiladi. Masalan, bir urug‘pallali o‘simliklardan tashkil topgan loladoshlar, bug‘doydoshlar (boshoqdoshlar), chuchmomadoshlar kabi oilalar to‘planib, bir urug‘palla- li o‘simliklar sinfini hosil qiladi. Ikki urug‘pallali o‘sim- liklardan tashkil topgan ra’nodoshlar, ituzumdoshlar, gulxay- ridoshlar kabi oilalar birlashib, ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfini tashkil qiladi.
Bir urug‘pallalilar va ikki urug‘pallalilar sinfiga oid o‘simliklaming hammasi ham gulli o‘simliklar bo‘lganligi uchun bu ikkala sinf qo‘shilib, gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar boTimini vujudga keltiradi.

Download 282.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling