1. Botanika o‘simliklar haqidagi fan


Hayvonlarni klassifikatsiya qilish


Download 282.48 Kb.
bet9/11
Sana30.04.2023
Hajmi282.48 Kb.
#1403327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-Ma\'ruza. O\'simlik va hayvonot olami

Hayvonlarni klassifikatsiya qilish. O‘zaro o‘xshashligi va qon-qarindoshligiga binoan hayvonlar bir necha sistematik guruhlarga ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi. O‘simliklar singari hayvonlarda ham eng kichik sistematik birlik tur hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va yashash sharoiti o‘xshash bo‘ladi. O‘zaro yaqin turlar urug‘ga, urug‘lar oilaga, oilalar turkumga, turkumlar sinfga, sinflar esa tiðga birlashtiriladi. Barcha tiðlar birgalikda hayvonot olamini tashkil qiladi. Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir hujayralilar va ko‘p hujayralilarga; umurtqa pog‘onasining rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilar (xordalilar)ga ajratiladi. Umurtqasizlar 20 dan ortiq, umurtqalilar esa faqat bitta tiðdan iborat. Tana haroratining qanday bo‘lishiga binoan barcha hayvonlar sovuq qonlilar va issiq qonlilarga ajratiladi. Sovuq qonlilarning tana harorati tashqi muhit harorati ta’sirida o‘zgarib turadi. Ularga barcha umurtqasiz hayvonlar va хordalilar tipining baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilar sinflari kiritiladi. Issiqqonlilarning tana harorati doimiy, ya’ni tashqi muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lmaydi. Ularga хordalilar tipining qushlar va sutemizuvchilar sinflari kiritiladi. Sistematik guruhlar lotin tilida nomlanadi. Turlar ikki nom (urug‘ va tur nomi), turdan yuqori guruhlar esa bitta nom bilan ataladi. Hayvonlarni klassifikatsiya qilish bilan sistematika fani shug‘ullanadi.
8. Hayvonlarni muhofaza qilish va “Qizil kitob” haqida.
Odamlar qadimdan yovvoyi hayvonlarni ovlashgan; ularning go‘shti, terisi va boshqa mahsulotlaridan foydalanishgan; hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishgan; ulardan uy qo‘riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyinchalik aholi sonining ortib borishi, ov qurollarining tobora takomillashuvi, hayvonlar uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta’sirida Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi), Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo‘q bo‘lib ketdi; Prjevalskiy oti, zubr, bizon, jayron, xongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tug‘ildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi. Respublikamiz hududida noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarni asrab qolish va ko‘paytirish maqsadida Badayto‘qay, Qizilqum, Zarafshon, Surxon va Hisor davlat qo‘riqxonalari, Chotqol biosfera qo‘riqxonasi, bir qancha milliy bog‘lar va buyurtma qo‘riqxonalar tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ning so‘nggi 2016-yilgi nashriga noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarning 205 turi kiritilgan.


Download 282.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling