1. Boybo`ri ukasi Boysaridan zakot olish uchun uning huzuriga nechta mahramini yuboradi? J: 14 mahramini


Download 19.3 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19.3 Kb.
#197461
Bog'liq
1 Alpomish dostoni


1 Alpomish dostoni.

1.Boybo`ri ukasi Boysaridan zakot olish uchun uning huzuriga nechta mahramini yuboradi? J: 14 mahramini

2.”Majlisi kun bo`lsa, to`rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo`sag`aning oldida kovishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish bo`lib, paygabetda yotar edi”. Bu ta`rif qaysi personaj haqida?

J: Yortiboy oqsoqol.

3.Alpomishga “Boybo`ri o`lib , moli senga qoldimi?”- deya do`q urgan personaj kim? J: Qultoy.

4.Barchin Alpomish haqida ko`rgan tushini qaysi kaniziga aytib undan tushning ta`birini so`raydi? J: Suqsuroy.

5.”Ko`kqamish ko`lidan suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bo`laman”. Ushbu so`zlarni Alpomish kimga aytgan? J:Qorajonga

2 Ikki eshik orasida

1.Ikki eshik orasida romanida urush davridagi o`zbek onalarining siymosi qaysi obrazda mujassamlashgan? J:Qora amma

2.Qora amma nechta farzandini yerga bergan edi? J:Oltita

3.Romandagi “taqdir kulib boqmagan, onasidan erta yetim qolib,otasi tarbiyasida ulg`aygan qiz” kim? J: Robiya

4.” …qovjiragan guldek ko`zimning oldida so`lib boryapti. Yoshi o`ttizga qarab ketyapti.Sovchilar “qari qiz” deb qadamini uzib qo`yganigayam ancha bo`ldi”. Parcha qaysi asardan olingan va kim haqida? J: Ikki eshik orasi romani, Robiya haqida.

5.”Ikki eshik orasi” romanidagi oqsoqolning ismi…? J: Orif

3. Xamsa


1.Xamsa asari qachon yaratilgan? J:1472-1476-yillarda

2.”Layli va Majnun” dostonida sevishganlarning ilk uchrashuvi qaysi faslga to`g`ri keladi? J: Bahor fasliga

3.Alisher Navoiy 1484- yilda qaysi uchta dostonni yaratgan?

J:”Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “ Sab`ayi Sayyor” kabi ishqiy-sarguzasht dostonlari

4.”Farhod va Shirin” dostonini muallif qanday doston deb ataydi?

J: Shavq dostoni

5.Dostonlar qanday muqaddima qismlari bilan boshlanadi? J: Hamd va na`t qismlari bilan. Yani Hamd-Yaratuvchimiz Allohni ulug`lash,unga shukronalik, Na`t esa – payg`ambarimiz Muhammad alqovidir.

4. Sohibqiron

1.Sohibqiron asarida Amir Temurning o`z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani qaysi timsol orqali aks ettirilgan?

J:Sulton Boyazid

2.Sohibqiron asarida Amir Temurning ezgu amalli kishilarni taqdirlashi qaysi timsol orqali aks ettirilgan? J: Qosimbek

3.”Sohibqiron” dramatik dostoni qachon yozilgan? J: 1996-yilda

4. Sohibqiron dramatik dostonida Buqalamunning asl ismi….? J:Itolmas

5.Sohibqiron dramatik dostonida Amir Temur qo`shinining o`ng qanotini kimga topshiradi? J: O`g`li Mironshohga.

5.Me`mor

1. Mirmuhsinning Me`mor romani qachon yozilgan? J:1974-yilda

2. Me`mor asarida Movarounnahrni “Dunyodagi eng mamlakat” deya kim ta`riflagan?

J: Me`mor

3.Me`mor asaridagi Badianing muhabbatiga sazovar bo`lgan yigit kim? J:Zulfiqor

4.Me`mor asarida aravakash yigit kim edi? J:Horunbek

5.Me`mor umr bo`yi ichib kelgan, suvi totli daryo qaysi edi? J: Zarafshon

6. Guliston

1.Guliston asari qachon yozilgan? J: 1258-yilda

2.Sa`diyning qaysi asaridagi bir hikoyatdan yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir degan xulosa chiqadi? J: Guliston asarida

3.”Guliston” asarida qaysi shoh buloq boshiga “ Ko`plar ham bu chashma boshiga yetdi, suv ichdi, dunyodan ko`z yumib ketdi….” Degan so`zlarni yozdirgan? J: Jamshid

4.”Qorning to`q asa arpa noni yaxshi ko`rinmas “ misralari She`roziyning qaysi asaridan olingan? J: Guliston

5.”Erta kun arpaga zor bo`lmay desang, Bukun ek. Shoyadki bug`doy non yesang” hikmatli so`zlar kim tomonidan aytilgan? J: Sa`diy She`roziy

7. Ichindagi ichindadir

1. Rumiy “Ichingdagi ichingdadur” asarida qaysi asaridagi murakkab falsafiy muhokama va mushohadalarni soda shaklda tushuntirib bergan? J: Masnaviy

2.Qaysi ijodkor uchun muhabbat butun borliqni harakatni keltiruvchi kuch edi? J:Jaloladdin Rumiy

8. Ot kishnagan oqshom

1.”Ot kishnagan oqshom” Ziyodulla kalni kim doim o`rtoq Qurbonov deb chaqirardi? J:Pochtachi

2.”Ot kishnagan oqshom” asarida “shu-shu deb turadigan, familiyasi ham “Shu”dan boshlangan baliqchi kim? J: Shukurov

3.”Ot kishnagan oqshom” asarida bozorda mayizning narxi osmonda akanligini aytib, Ziyodulla kalni mayiz sotishga undagan hamsoyasi….?

J:Qulmat polvon

4. Oldiniga kal deganlaridan ranjigan, keyin esa kal demaganlardan ranjigan Ziyodulla kal qaysi asar qahramoni? J: Ot kishnagan oqshom qissasi

5.”Ot kishnagan oqshom” asarida Ziyodulla kal otining nomi…..?

J: Tarlon

9. Ufq

1.”Ufq” trilogiyasining “Qochoq” parchasidagi rais tog`aning ismi kim?

J: Rayim

2.”Ufq trilogiyasidagi Tursunboyning sevgilisining ismi kim? J:Zebi

3.Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi haqida kim:”Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan, hech qayerda tutilmasdan, ishtahasi bo`g`ilmasdan o`qib chiqadi… Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg`usi, quvonchi, muhabbati, g`azabi, og`zidan chiqadigan har bir so`zi rost”,- deydi? J:Abdulla Qahhor

4.”Odam qiyofasi yillar o`tishi bilan, sharoit ta`siri bilan o`zgarib ketishi mumkin. Faqat odamning ko`zi o`zgarmaydi”.Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J:”Ufq” trilogiyasi “Qochoq” parchasidan

5.”Ufq” trilogiyasida Kasalmandligi uchun urushga olinmagan, odamlar uchun har qanday yumushni bajarishga tayyor bo`lgan, hatto mehnat haqi olishdan ham bosh tortgan qahramon kim? J:Nizomjon

10.Qorako`z Majnun

1.”Qorako`z Majnun” hikoyasi qachon yaratilgan? J:1999-yil yanvarda

2.Qorako`z Majnun asarida “U yoshligida juda chiroyli qiz bo`lgandi. Sochlari taqimini o`pardi. Taraganda shamshod taroq ushlagan qo`llari sochining uchigacha yetmasdi”,- deb kimga ta`rif berilgan?

J: Saodat ayaga

3.”Qorako`z Majnun” hikoyasida Saodat aya qiz nevaralariga, kelin-u qizlariga albatta nima olib borardi? J: O`sma

4.”Qorako`z Majnun” hikoyasida “ Ellik bir yoshda yetmish yashar chol bo`lib qo`ya qopti”- deb kimga nisbatan aytilgan? J:Bo`rixonga

5.”Qorako`z Majnun” hikoyasi uchun nimalar epigraf tarzida keltirilgan? J:Baqara surasi, 217-oyat; Al-jome al-Kabir, hadisi sharif

11. Ulug`bek xazinasi

1.Mirzo Ulug`bek oltin quymalarini tilla tangalarga almashtirishda Ali Qushchiga kim yordam bera olishini aytadi? J: Xo`ja Salohiddin zargar

2.Mirzo Ulug`bekning suyukli navkari kim edi? J:Bobo Husayn Bahodir

3.Ulug`bek xazinasi romanida Kech qal`asi dorug`asi kim edi? J:Amir Kamoliddin

4. Mirzo Ulug`bekni “shohi shashir” – buzuq shoh deb e`lon qilgan kim?

J:Gavharshodbegim

5. Ulug`bek bobosidan qolgan xazinani nimaga sarflash niyatida edi?

J:Saltanatni obod qilmoq, madrasa qurib ilm-fan rivojiga sarflamoq

12.Alvido bolalik

1.”Baxtli bolalik emas, alvido bolalik deya insho yozsak bo`lmaydimi” – degan o`quvchining ismi? J:Zoirali

2.Alvido bolalik asarida Qamariddinning qanday nuqsoni bore di?

J:Ko`zlari g`ilay edi

3.Alvido bolalik asarida “Otasi aravakash, dars tugashi bilan somonbozorga yuguradi”- degan ta`rif kim haqida? J:Ergash

4. Alvido bolalik qissasidagi adabiyot fani o`qituvchisining ismi kim edi?

J:Samad aka

5.Alvido bolalik asarida “Pul dengiz bo`lib mavjlanadi ularning uyida.Biroq o`zlari xohlaganicha ishlata olmaydi.”- parcha kim haqida?

J:Otaulla

13.Dunyoning ishlari

1. Dunyoning ishlari qissasi haqida qaysi adib “…dostondek o`qiladi. Uni o`qib o`z onalarimizni o`ylab ketamiz.” -degan? J: Said Ahmad

2. Dunyoning ishlari qissasidagi “Qarz” hikoyasida Hakima aya qo`shni bolalarga nimalar olib beradi? J:Tufli, ko`ylak, uch oyoqli velosiped

3. Dunyoning ishlari qissasidagi “Gilam paypoq” hikoyasidagi tabib buvaning ismi kim? J: Hoji buva

4. Qaysi hikoyada onasi undan “ Meni ham kitob qilgin o`g`lim” –deb so`raganini esga oladi? J: Iltijo

5.Gilam paypoqni Kavkaz tomonlarda qanday atashadi? J:Juba , jurabi

14.Navoiy romani

1.”Navoiy”romanida Navoiy kimga “Yaxshilik bilan nom qoldirmoqning o’zi ulug’ bir mukofotdir”deydi? J:Darveshaliga

2.”Navoiy “ romanining ikkinchi bobida Navoiyga Darveshali bir bino tarhini chizib beradi. Bu qaysi bino edi? J:Kutubxona

3.”Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar ,xalqni parvarish etsalar ,hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin-degan fikrlar qaysi asardan olingan? J:” Navoiy” asaridan

4.Xo’ja Afzal Navoiyga kim edi? J: Do’sti

5. “Navoiy “romanida “Belidan yuqorisi kengayib brogan ,qabariq ko’krakli ,miqti gavdali “-deya kim ta’riflangan? J:Husayn Bayqaro

15. Yulduzli tunlar

1.Yulduzli tunlar romanidagi qaysi parcha yozuvchi tomonidan ataylab asarga qo`shilgan? J:Onasi tomonidan Boburga Amir Temurning xotirotlari bitilgan daftarining taqdim etilishi.

2.Yulduzli tunlar romani mustabid tuzumi tazyiqi ostida chop etilmay yotdi? J: 6 yil

3.Yulduzli tunlar romanida Andijonni yashirincha Ahmad Tanbalga topshirgan tog`asi kim edi? J:Ali Do`stbek

4.Bobur necha yoshida Samarqand taxtida 100 kungina o`tirib, Andijonni fitnachilar qo`lidan qutqarmoq uchun ortga qaytadi?

J: 16 yoshida

5. Yulduzli tunlar asarida Axsi dorug`asi kim edi? J:Uzun Hasan

16. Hayotga muhabbat

1.Hayotga muhabbat hikoyasida qanday fikr yuritilgan? J: Umid achchiq haqiqat bilan hisoblashishni istamasdi

2. Hayotga muhabbat hikoyasida kim oyog`I cho`loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi? J:Bil

3. Qaysi asarda adib o`quvchini o`lim chegarasida turgan inson va bo`rini qiyoslashga imkon beradi? J:Hayotga muhabbat qissasi

4. Hayotga muhabbat qissasida hikoya qahramonini kimlar topib oladi?

J:Kit ovlovchi “ Bedford” kemasidagi ilmiy ekspeditsiya a`zolari

5. Jek London qayerda tug`ilgan? J:Koliforniya shtatining San- Fransisko shtatida fermer oilasida

17.Oq kema

1.Oq kema asarida bolaning eng sevimli toshi qaysi edi? J:Tank

2.”Oq kema “asarida Mo’min chol nimadan g’oyOlabosh atda faxrlanar edi? J:Bug’u avloidan bo’lganligi bilan

3.”Oq kema “asarida O’rozqulning o’zidan boshqa hech kimni minishga ruxsat bermaydigan oti….. J: Olabosh bo’z ot

4.Oq kema”asarida bola uchun qaysi o’simlik eng birinchi dushman edi?

J:Chaqirtikanak

5.”Oq kema “ qissasi qahramonlarini sanang? J:Bola,Mo’min,O’rozqul, Bo’key, Guljamol

18.“Kichkina Shaxzoda”

1.“Kichkina shaxzoda” falsafiy ertagi qachon yaratilgan? J:1943-yil

2. “Kichkina shahzoda” ertagida yozuvchining samolyoti buzilib,qayerga tushib qoladi? J:Sahroyi Kabirda

3.”Kichkina shahzoda” ertagidagi qahramonlar qanday qahramon edi? J:Ramziy xarakterga ega qahramon edi

4.”Kichkina shahzoda” ertagida baobab daraxti nimaning ramzi?

J:Yovuzlikning

5. “Kichkina shahzoda” ertagidagi qaysi qahramon ramziy xarakterga ega emas? J:Uchuvchi

19.Graf Monte Kristo

1.Graf Monte Kristo asarining bosh qahramoni kim?

J:Edmon Dantes



2.Graf Monte Kristo asarining muallifi kim? J:Aleksandr Dyuma

3.Graf Monte Kristo asari o`zbek tiliga tarjima qilinganiga necha yildan oshdi? J: 40 yildan oshdi
Download 19.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling