1. Boylik, etishmovchilik va mo‘l-ko‘lchilik. Uning echimlari va yo‘nalishlari. Xususiy va xo‘jalik mulki
Download 133.5 Kb.
|
2-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Uning echimlari va yo‘nalishlari. F.Akvinskiyning iqtisodiy g ‘oyalari.
- Avgustin Blajenniyga (Avliyo Avgustin) (353-430)
Fiziokratlar (lot. - tabiat, hukmronlik) - XVIII asrdagi ffansuz iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‘tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. 0‘sha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan bo‘lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‘jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo‘jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. Ulaming fikricha boylik faqat qishloq xo‘jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko‘ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o‘tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar.
2. Uning echimlari va yo‘nalishlari. F.Akvinskiyning iqtisodiy g ‘oyalari. G‘arbiy Yevropadagi ancha ko‘zga ko‘ringan iqtisodiy fikrlar muallifi, deb odatda, Italiya monaxi Foma Akvinskly (Akvinat) (1225-1274) tan olinadi. UIV asming oxiri - V asming boshida iqtisodiy muammolarga diniy-etnik yondashuvning nomuqobil dogmatik prinsiplarini kiritgan, dastlabki kanonizm maktabi asoschilaridan biri hisoblangan Avgustin Blajenniyga (Avliyo Avgustin) (353-430) muxoliflik qildi va uning g‘oyalarini ijodiy davom ettirdi. V-XI asrlar davomida bu prinsiplarga amal qilib kelindi. Akvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin dastlabki va keyingi kanonizmning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Olrta asming dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki kanonistlar g‘oyasi savdo foydasini va sudxo‘rlik foizini qat’iy qoraladi. Ular noto‘g‘ri ayirboshlash va birovning mehnatini o‘zlashtirish natijasi sifatida tavsiflanib, gunoh sanaldi. Faqat «Odil narx» o‘matilgan sharoitdagina ekvivalentli va proporsional ayirboshlash bo‘lishi mumkinligi uqtirildi (“Odil narx” - mehnat va moddiy sarflar bilan ifodalanadigan narx). Shuningdek, cherkov qonunlari mualliflari antik dunyo qarashlariga xos bo‘lgan jismoniy mehnatga nisbatan nafratli munosabatlarga, ko‘pchilik aholining zarar ko‘rishi hisobiga ayrim shaxslaming boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik savdo, ssuda operatsiyalari gunohli ish sifatida, umuman man etilgan. Ammo jamiyatning tabaqalashuvi kuchaygan, shaharlaming soni va iqtisodiy qudrati oshgan, unda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik, savdo va sudxo‘rlik rivojlana boshlagan, ya’ni tovar- pul munosabatlari jamiyat va davlat taqdiri uchun muhim ahamiyatga aylangan 0‘rta asming oxirgi davriga kelib, keyingi kanonistlar iqtisodiy muammo va ijtimoiy tengsizlik sabablarini tushuntimvchi «dalillar» doirasini ancha kengaytirdilar. Bu yerda shu narsa nazarda tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan metodologik baza eng awalo, avtoritarli isbotlash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari asarlaridan dalil (izoh) keltirish vositasi orqali) va iqtisodiy kategoriyalaming axloqiy-etnik tavsifi (shu jumladan «odil narx» to‘g‘risidagi qoida ham) bo‘lgan. Bu prinsiplarga keyingi kanonistlar izohlash, aniqlash, qo‘shimcha qilish yo‘li bilan o‘rganilayotgan konkret xo‘jalik hodisalaming va iqtisodiy kategoriyalaming awalgi tadqiqot ma'nosini o‘zgartirish va hatto qarama-qarshi ma’no keltirib chiqarish imkonini bemvchi yana ikkiyoqlama baholash prinsipini qo‘shdi. Akvinat undan foydalangan holda boylik, qiymat (qimmat), pul, savdo foydasi, sudxo‘rlik foizi singari boshqa iqtisodiy kategoriyalami tadqiq qildi. Ulami quyidagi tartibda ko‘rib chiqamiz. Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling